MESOPOTAMIYADA DAVLAT VA JAMIYATNING PAYDO
BO‘LISHI. SHUMER SHAHAR-DAVLATLARI.
SHUMER-AKKAD DAVLATI
1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. 2. Shumer shahar-dav-
latlari ning siyosiy tarixi. 3. Akkadning yuksalishi. Sargon
davlati. 4. III Ur sulolasi.
1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. Mesopotamiya (yunon-
cha – «Ikki daryo oralig‘i», Dajla va Frot oralig‘idagi o‘lka) Fors
qo‘ltig‘i, Arabiston cho‘li, Suriya, Arman Tavri va Zagros tog‘lari
bilan chega ralangan. Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga
bo‘linadi. Quyi Mesopotamiyada Old Osiyoning eng unumdor
yerlari bor, lekin mineral xomashyo va yog‘och taqchil. Sun’iy
sug‘orishga asoslangan dehqonchilik mo‘l-ko‘l hosil olishga
imkon yaratdi. Lekin qadimda bu hududda keng miqyosdagi
sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirilishi tuproqning sho‘rlani-
shi va hosilning pasayishiga olib keldi.
Mil.avv. XI–VIII ming yilliklar (mezolit davri)da Dajla va Frot
daryolarining vodiylariga qo‘shni tog‘li hududlarda terimchilik,
hayvonlar va o‘simliklarni ilk madaniylashtirish jarayoni bora-
di. Ilk paxsa binolar paydo bo‘ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-Sha-
nidar va Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo‘lgan.
Neolit davrida taraqqiyot sur’ati kuchayadi. Zagros vodiy-
sida Jarmo madaniyati manzilgohlari paydo bo‘ladi. Mil.avv.
VII ming yillik oxiri – VI ming yillik boshlarida Tel-Satto o‘troq
manzilgohlari shakllanadi.
Mil.avv. VI ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Mesopotamiyada
Xassun madaniyati rivojlanadi. Mil.avv. IV ming yillik oxiri – III
ming yillik boshlarida Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va
qalay mehnat qurollari ishlatila boshlandi.
Mil.avv. IV ming yillikda Mesopotamiyaning janubida shu-
merlar kelib o‘rnashadi. Mil.avv. III ming yillikda Mesopotamiya
janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o‘rta oqimi-
da akkad, shimolda xurrit xalqlari jamoa davridan davlat va
jamiyatga o‘ta boshladilar. Qo‘shni jamoa urug‘ jamoalari deh-
qonchilik bilan shug‘ullanib, ma’lum bir hududlarni egallab,
o‘zlarining kichik-kichik davlatlarini tuzdilar. Shimolda yirik
shahar markazlari Ashshur, Mari, Nine viya va boshqa sha-
92
harlar paydo bo‘ldi. Mil.avv. III ming yillikning birinchi yarmi-
da Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar: Eredu, Ur,
Larsa, Uruk, Kish va Lagash paydo bo‘ladi. Hunarmandchilik
yuqori darajada rivojlanadi. Metallurgiya sanoati birinchi o‘rin-
ga chiqib oladi. Metall quyish, kavsharlash, payvandlash usul-
lari o‘zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib chiqadi.
Jamoada maxsus savdogarlar – tamkarlar faqat tovar ayir-
boshlash bilan shug‘ullana boshlaydilar. Yerni sotish va sotib
olish boshlanadi. Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urush-
lar qulchilik manbai bo‘lgan. Qullar «begona mamlakat erka-
gi (ayoli)» deb yozilgan ideogrammalar bizgacha yetib kelgan.
Qullar xo‘jalikning turli sohalarida ishlatilgan. Ibodatxonalarda
qul mehnatidan foydalanilgan. Qullar soni podsho, ibodatxona
xo‘jaligida o‘rtacha 100-200 ni tashkil qilgan. Xususiy xo‘jalik-
da 1-3 ta, podsho xo‘jaligida bir necha o‘n qul bo‘lgan. Tax-
minlarga ko‘ra, Lagash davlatida 80-100 ming erkin kishiga 30
ming qul, Shuruppakda 30-40 ming erkin kishiga 2-3 ming qul
to‘g‘ri kelgan.
Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushgacha sotilgan (1 sikl – 8
gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari, o‘z yeri bo‘lma-
gan yoki yeridan ajralganlar, boshqa jamoalardan kelganlar,
kambag‘al oilaning kichik a’zosi, ibodatxonaga bag‘ishlangan
qaram kishilar ko‘p bo‘lgan. Bunday qaram kishilar ibodat xona
va xususiy xo‘jaliklarda qullar qatorida mehnat qilganlar. Ilk
sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini boyib
ketgan dehqonlar, urug‘ oqsoqollari, kohinlar va harbiy bosh-
liqlar tashkil qilgan. Ular yaqin kelajakdagi zodagonlar, amal-
dorlar, saroy a’yonlari qatlamining ilk vakillari edi. Mayda ish-
lab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer ulushiga ega bo‘lgan
hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil
qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan: jamoa va
ibodatxona yerlaridan iborat bo‘lgan.
Shahar-davlat hokimiyati jamoa homiysi bo‘lgan xudo ibo-
datxonasi atrofida shakllangan. Shu sababli shahar hayotida
markaziy o‘rinni ibodatxona egallagan. Ilk hokimlar «ensi» (ko-
hin – quruvchi) kohinlardan bo‘lgan. Ibodatxonalar xudo mulki
hisoblangan yerlarga egalik qilganlar. Bu yerlar bo‘linmagan va
kohinlar ixtiroyida bo‘lgan. Ibodatxonaning bir qism yerlariga
qaram kishilar tomonidan ishlov berilgan, bir qismi esa bo‘lak-
larga bo‘linib, ijaraga berilgan yoki ibodatxona xizmatchilari-
ga, shuningdek, ibodatxonaga xizmat ko‘rsatadigan savdo-
93
gar-hunarmandlarga xizmatlari uchun foydalanishga berilgan.
Ibodatxonaning o‘z harbiy qismi bo‘lib, ularning ta’minoti ham
ibodatxona zimmasida bo‘lgan. Ibodatxonaning katta miqdor-
dagi moddiy mablag‘lari uzoq davom etadigan diniy bayramlar-
ni tashkil qilishga (bu bayramda shaharning barcha aholisi
qatnashgan), boshqa qo‘shni shahar-davlatlar bilan mahsulot
ayirboshlashga sarflangan. Bir qism mahsulot zaxira sifatida
fav qulodda vaziyatlar uchun saqlangan. Ibodatxona yer-mulki,
uning kirim-chiqimlari qat’iy hisob-kitob qilib borilgan.
Ilk sulola davri (mil.avv. XXVIII – XXVII asrlar)da shahar-dav-
lat tepasida «En» (janob) – oliy kohin turgan. Ehtimol, u saylab
qo‘yilgan. «En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini
boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi, sug‘orish inshoot-
larini barpo qilish va shuningdek, jamoa mulki hamda uning
iqtisodiyotini boshqarish bo‘lgan. Mil.avv. III ming yillik o‘rta-
larida «En» unvoni o‘rniga «Ensi» («kohin – quruvchi» shahar
boshqaruvchisi) va «Lugal» («katta odam», «podsho», akkadcha
«sharru») paydo bo‘ladi.
«Ensi»ning vazifasi sug‘orish inshootlari va ibodatxonalar
qurishga rahbarlik qilish bo‘lgan. Shu sababli u devoriy tas-
virlarda ko‘pincha boshida qandaydir qurilish materiallari bi-
lan to‘ldirilgan savat ko‘targan tarzda tasvirlangan. Jamoa va
ibodatxonani boshqarish, soliqlar to‘plash uning vazifasi edi,
ba’zida ibodatxona harbiy qismini boshqargan. «Ensi» vazifa-
si saylanadigan bo‘lib, shu sababli, uning boshqaruvi «navbat»
deb atalgan.
«Lugalning» funksiyasi «Ensi»dan obro‘liroq va mavqei katta-
roq bo‘lib, yirik shahar, ba’zida shaharlar birlashmasi hukm-
doriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi
va yig‘ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan. Uning
faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa a’zoligiga qabul qilgan.
Hukmdor qoshida maslahat organi bo‘lgan. Mulkiy tabaqala-
nishning kuchayishi natijasida xalq yig‘inining mavqei tusha
boshlaydi. Hokimning iqtisodiy-siyosiy mavqei o‘sib boradi. En-
dilikda u ayrim muammolarni o‘zi mustaqil hal qila boshlaydi.
Uning tayanchi kichik harbiy qism bo‘lgan.
Ilk Shumer shahar-davlatlari hududi kichik bo‘lib, odatda u
kichik shahar va yaqin atrofdagi qishloq xo‘jalik okrugidan ibo-
rat bo‘lgan. Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U
bilan birga, qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi
Shuruppak tilga olinadi.
94
Mil.avv. III ming yillik boshlarida Mesopotamiyaning janubi
Shumer kichikroq, lekin aholi zich joylashgan hudud bo‘lgan.
Shumerda yuqori darajada hosil beradigan sug‘orma dehqon-
chilik ko‘p sonli aholini yetarli ozuqa bilan ta’minlashi mum-
kin edi. Uning asosiy markazlari bo‘lgan Ur, Uruk, Larsa, Kish,
Lagash va Umma shaharlari
bir-biridan bir necha km uzoqlik-
da joylashgan edi. Shahar va uning atrofida dehqonlar, hunar-
mandlar, kohinlar yashagan. Mil.avv. III ming yillikda Mesopo-
tamiya shahar-davlatlari natural xoj’alikka asoslangan sug‘or-
ma dehqonchilik asosida yashagan. Xo‘jalikning natural holati,
mahsulot ayirboshlashning deyarli yo‘qligi, o‘zi ishlab chiqar-
gan mahsulotini o‘zi ishlatishi, iste’mol mollariga ehtiyojning
cheklangani har bir shahar-qishloqni mustaqil yashashiga im-
kon yaratdi. Faqat ayrim xomashyo chetdan olib kelingan yoki
ayirboshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |