6. Arxeologik ma’lumotlar. Qadimgi Mesopotamiyadagi
birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o‘rtalarida uning shi-
moliy qismi Osu riya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-
yil Mosul shahridagi fransuz konsuli P.Botta Kunjik tepaligini
qazishni boshladi. Bu joy mahalliy afsonalarga ko‘ra, Osuriya
davlatining poytaxti Nineviya bo‘lgan. Ammo tepalikni qazishga
mahalliy aholi dushmanlik nazari bilan qaragani uchun nati-
ja bermadi, P.Botta bu yerda ishni tuga tib, Mosul yaqinidagi
Xorsabod qishlogida qazish ishlarini boshladi. Xorsabodda olib
borilgan arxeologik qazishmalar o‘z natijasini berdi. Bu yerdan
1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi
qoldiqlari topildi. P.Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyi ning
Osuriya kolleksiyasi asosi bo‘ldi.
1845–1847-yillarda sharq tillarini yaxshi bilgan ingliz diplo-
mati G. Leyard Nimrud tepaligi (Kichik Osiyo)da arxeologik qa-
zishma ishlarini boshladi. Qadimgi mualliflar Nineviya aylana-
si bilan 84 km ni tashkil qilib, baland devor va qal’alar bilan
o‘rab olinganini tasdiqla gan edilar. Leyardning qazishmalari
Nineviya keng hududga joylashganini tasdiqladi. Osuriya poy-
taxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepaligidan osur podsholari
saroyi, bu saroydan ulkan odam-ho‘kiz, odam-sher haykallari
topildi. Osuriya podshosi Sinaxxerib (mil.avv. VII asr) saroyi
uning nevarasi podsho Ashshurbanipalning loy kitob lar bi-
lan to‘la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyard topilmalari
Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi Sharq kolleksiyasining
asosi bo‘ldi. Leyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida
qazish ishlari ni davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlan-
gan ajoyib relyefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurba-
nipalning saroyi qoldiqlarini topdi. Rassam tomonidan Nimrud
yaqinidagi Balavat degan joydan mil.avv. IX asrga oid Osu riya
yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tas-
virlangan to‘rt jez taxta-Balavat darvozasi qoplamasi topildi.
Angliyalik o‘ymakor usta-xattot Jorj Smit kambag‘al oiladan
bo‘lib, o‘ymakorlik, naqshkorlik ustaxonasida usta bo‘lgan. U
87
hech qanday maxsus ma’lumot olmagan. Taniqli sharqshunos
G. Roulingson yordami bilan muzeyda xodim bo‘lib ishlaydi.
Nineviya xarobalariga uch marta uyushtirilgan ekspeditsiyaga
boshchilik qildi. U Ashshurbanipal kutubxonasidagi loy tax-
tachalarda Bilgamish dostonining ayrim parchalarini o‘qidi.
Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qa-
dimgi Shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi.
XIX asr ning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahridagi La-
gash va uning hukmdorlarining ko‘p sonli haykallari, Gudea-
ning kumush va alebastr vazalari, «Kalxatlar stelasi», ibodatxo-
na xo‘jaligini ochdilar.
XX asr boshlarida Amerika ekspeditsiyasi (rahbari Gilbrext)
Nippur shahridan saroy, maktab, turar joylar va xo‘jalik bino
larini topdilar. Shahardagi Enlil ibodatxonasi kutubxonasida
20 ming loy taxtacha bitiklari sof shumer tilida yozilgan. Bu
Ashshurbanipal kutubxonasidan yoshi yana 2000 yilga qa-
dimiy bo‘lgan kutubxona edi. Nippurda sopol suv quvurlari
ham qazib ochildi.
Nemis arxeologi Robert Koldevey 1899–1914 yillar davo-
mida hozirgi Bag‘dod shahri yaqinidagi Bobil xarobalarida ar-
xeologik qazishmalarni olib bordi. Arxeolog balandligi 91 metr,
aylanasi 91 metr bo‘lgan mashhur Bobil minorasi va afsonaviy
Bobil osma bog‘lari xarobalarini ochdi. Tarixdan ma’lumki, Bo-
bilning mashhur podshosi Navuxodonosor II o‘z rafiqasi Midiya
malikasi Ametis (Semiramida) uchun osma bog‘ barpo qiladi.
Bobil Midiyaning Osuriyaga qarshi yaqin ittifoqchisi edi. Osma
bog‘lar Bobil shahrining janubida joylashgan. Osma bog‘ning
tomonlari 123x120 metrni tashkil etgan. Bog‘ 100 bo‘lim – xo-
nadan iborat bo‘lib, poydevori 14 kameradan tashkil topgan
edi. Bog‘ning devorlari xom g‘isht, qamish, sement va bitum-
dan iborat. Suv nasoslar bilan yuqoriga ko‘tarib berilgan. Tepa
qavatdagi bog‘larda asriy daraxtlarni o‘stirish mumkin. Osma
bog‘ning o‘rtasida katta maydon va basseyn bo‘lgan. Mil.avv. I
asrda geograf Strabon Bobilga borib, osma bog‘ning suv ta’mi-
notini tavsiflagan. Bobil Old Osiyodagi Nineviya kabi ulkan sha-
har bo‘lib, Osuriyaning halokatidan so‘ng butun Old Osiyoning
fan-madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Bobilning tashqi devorida yuz-
ta bronza darvozasi bo‘lgan. 1899–1917-yillarda Bobil shahri
xarobalaridan shahar devorlari, Navoxudonosor II (mil.avv. VII
asr) saroyi, ishtar darvozasidan boshlangan diniy marosimlar
ko‘chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi va ulkan zikkurat
88
qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903–1914-yil-
larda Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshur shahrini
qazib ochdi. 1933–1939-yillarda fransuz arxeologi Parro Mari
shahri qoldiqlarini qazib, bu yerdan podsho Zimrilim saroyi
(mil.avv.II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan ibo-
rat xo‘jalik-diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922–1924
yillarda ingliz olimi L.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan
oy xudosi Nannar, ma’buda Ningal ibodatxonalari, podsho
Ur-Nammu mil.avv. III ming yillik oxirida qurgan zikkurat,
ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joy-
lar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi.
Leonard Vulli Ur shahrida ilk Shumer qabristonida «Pod-
sho sag‘analari»ni topdi. Bu yerda odamlarning ommaviy
qurbonlik qilish dafn marosimi, oltin va lyapis-lazur (yoqut)
dan yasalgan buyumlar topildi. Ingliz arxeologi S.Lengdon
Ur shahridan 250 km shimoli-g‘arbda joylashgan shumerlar-
ning Kish shahrini qazib ochdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Dajla va Frot daryosining
quyi qismida fransuz arxeologi De Sarzek shumer madaniyati-
ni chuqur o‘rgandi. Sarzek 1877–1888-yillarda shumerlarning
Lagash shahrini qazib ochdi. Mashhur shumer yodgorligi «Kal-
xatlar lavhasi»ni, ko‘pgina haykallar, san’at asarlari, bir necha
ming loy taxtacha yozuvlarini ham De Sarzek topdi. Amerika
arxeologik ekspeditsiyasi diniy, madaniy va siyosiy markaz
bo‘lgan Nippur shahrini tadqiq qildi. Shaharda kutubxona bi-
lan xudo Bela ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonada topilgan loy
taxtachalar matnlari shumer tilida yozilgan. Kutubxonaning
qazib ochilgan 80 xonasidan 50 ming matn topilgan.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa va Amerika tad-
qiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlar-
da ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahri, Nineviya
xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini topdilar. XIX asr-
ning 50-80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgor-
liklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o‘rganila boshlandi.
Shu bilan birga, Mesopotamiyaning jamiyat tarixigacha bo‘lgan
paleolit davri (Shanidar manzilgohi mil.avv. XI–VIII ming yillik),
neolit (Jarmo manzilgohi mil.avv. VII–VI ming yillik; Xassun
manzilgohi mil.avv. VI ming yillikning o‘rtalari va II yarmi) yod-
gorliklari o‘rganila boshlandi.
XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator
tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerika-
89
lik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e’lon qildilar. Olimlar
A.Oppenxeym va Kramaerlar o‘zlarining tadqiqotlarida Qadim-
gi Mesopotamiya sivilizatsiyasining boy mazmun-mohiyatini
ochib berdilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo‘nalishlari
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: siyosiy tarix va
davlat qurilishi; Sharq davlatchiligining o‘ziga xos xususiyat-
lari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e’tiqod
etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli
xalqlar bilan aloqasi kabilar.
Qadimgi Mesopotamiya tarixining iqtisodiy va ijtimoiy muno-
sabatlari muammolari yetarlicha o‘rganilmagan. XIX asr oxiri
XX asr boshlarida E.Meyerning sikl konsepsiyasi bo‘yicha, har
qanday sivi lizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davri-
ga o‘tib, ichki qarama-qarshiliklar tufayli halok bo‘ladi. Shundan
so‘ng bu sikl yana takrorlanadi, ya’ni jamiyat yana feodalizmga
qaytadi. Shunga asoslangan holda tadqiqotchilarning ayrimlari
bu nazariya bo‘yicha Sharqda jamiyat abadiy feoda lizm holatida
turadi degan xulosaga keldilar. Shu sababli XX asr boshlari-
da nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlari da qadimgi
Meso potamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholandi.
Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni tahlil qilmay,
boricha qabul qilish bo‘ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy
tuzilish, xo‘jalikni tashkil etish, shaharlarning shakllanishi
va ularning o‘rni va roli, hunarmandchilik, savdo, ibodatxona
xo‘jaligi kabi qator muammolarga bag‘ishlangan mukammal
tadqiqotlar paydo bo‘ldi (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gel-
ba, V. Lemans va boshqalarning asarlari).
Mesopotamiya tarixini o‘rganish markazlari dastlab Angliya
va Fransiyada tashkil etildi. Keyin esa XIX asrda u Germa niyaga
ko‘chdi. Yevropada fashizmning paydo bo‘lishi ko‘pgina olimlar-
ni AQShga ko‘chishiga sabab bo‘ldi. Bu yerda hozir jahonga
mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu
bilan birga, hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya
va Iroqdagi osur shunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib
bormoqda.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |