Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


«Fanlar»  asarida dehqonchilik, ritorika, harbiy ish va tibbiyot to‘g‘risida  turli ma’lumotlarni jamladi. 6. Tarix



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 «Fanlar» 

asarida dehqonchilik, ritorika, harbiy ish va tibbiyot to‘g‘risida 

turli ma’lumotlarni jamladi.

6. Tarix. Ilk imperiya davrida tarixiy asarlar va tarjimayi hol-

lar yozish janri keng rivojlandi. Mil.avv. 59-yil – milodiy 17-yil-

larda Paviya shahrida yashagan notiq Tit Liviy lotin tilida «Sha-

harga asos solinganidan keyingi Rim tarixi» nomli 142 jildli ta-

rix asarini yozdi. Tit Liviy voqealar bayonini mil.avv. 9-yilgacha 

olib bordi. Yangi era boshlarida Pompey Trog «Jahon tarixi»ni 

44 jildda lotin tilida yozdi. Yana bir «Jahon tarixi» yunon tilida 

Yahudiya podshosi Irod I ning maslahatchisi damashqlik Ni-

kolay tomonidan 144 jildda yozildi. Asarda voqealar mil.avv. IV 

asrgacha yoritilgan.

Mil.avv. I asrda Korneliy Nepot «Mashhur kishilar to‘g‘risi-

da» biografik asarini yozdi. Mil.avv. I asr oxirida galikarnaslik 

Dionisiy «Rim qadriyatlari» nomli tarixiy asarini yozdi. Bizga-

cha bu asardan faqat 9 tasi yetib kelgan. Italiya va uning 

provinsiyalari tarixi va geografiyasi to‘g‘risida qimmatli ma’lu-

motlar  Strabonning  «Geografiya»  asarida  (17  kitob)  beriladi. 

Strabonning yana bir asari «Tarixiy yozishmalar» bizgacha ye-

tib kelmagan.

Milodiy I asrda Velley Paterkulning «Jahon tarixi» nomli 

2 jildli kitobi, notiq Valeriy Maksimning «Mashhur ishlar va 

so‘zlar» nomli 9 kitobda tarixiy latifalar keltiriladi. Kvint Kur-

siy Ruf «Makedoniyalik  Aleksandr tarixi» nomli 10 jildli kitob 

yozdi. Imperatorlar Vespasian va Titning klienti yahudiy Iosif 

Flaviyning 7 jildli «Yahudiya urushi tarixi», 20 jildli «Yahudi-

ya qadimiyatlari» asarlari sharqiy provinsiyalar to‘g‘risida boy 

ma’lumotlar beradi. Davlat arbobi, tarixchi, yozuvchi Gay 




584

Pliniy Sekund (24–79-yillar) san’at, madaniyat va fan soha-

larida noyob ma’lumotlar to‘plami – «Tabiiy tarix» nomli 37 

jildli ensiklopedik asar yozdi. Bu ulkan asarda 500 muallif, 

2 ming kitobdan olingan ma’lumotlar umumlashtirilgan. Ta-

rixchi Publiy Tatsit (mil.avv. 58-120 yillar) prokurator oila-

sida tug‘ilgan, pretor (88 yil), konsul (97 yil), Osiyo provinsi-

yasi prokonsuli (112/113-yillar). Tatsit 16 jildli «An’analar», 

14 jildli «Tarix» asarlarini yozdi. Bu asarlar Yuliy Klavdiy va 

Flaviylar sulolalarining 14–96-yillardagi tarixini qamragan 

davrni aks ettiradi. Tatsitning «Germaniya» asari german qa-

bilalarining ijtimoiy tuzumi, dini va turmushi to‘g‘risidagi ta-

rixiy-geografik ocherk hisoblanadi.

Imperator Adrianning kotibi Gay Svetoniy Trankvill 

(70–140-yillar) «O‘n ikki Sezar hayoti tasviri» asarida Sezardan 

Domitsiangacha  bo‘lgan  Rim  imperatorlarining  biografiyasi 

to‘plamini yaratdi. Tatsitning zamondoshi, 46–126-yillarda 

yashagan yunon yozuvchisi Plutarx 210 ta turli xil asarlar 

yozgan. Bizgacha ulardan 150 tasi yetib kelgan. Plutarx mash-

hur yunon-rim arboblarining 50 biografiyasi, bitta makedon 

– Aleksandrning va bir fors – Artakresks I ning biografiyasini 

yozadi.


Makedoniyalik Appian 160–165-yillarda 24 jildli «Rim ta-

rixi» asarini, Rim senatori Dion Kassiy Koksian (155–235-yillar) 

yunon tilida 80 jildli «Rim tarixi»ni yozdi. Dion Kassiyning bu 

kitobidan 25 jildi va ko‘p sonli parchalar bizgacha yetib kelgan. 

Dion Kassiyning kichik zamondoshi Gerodian «Markdan keyin 

imperator hokimiyati» (Mark Avreliyning o‘limidan so‘ng Gor-

dian III hukmronligigacha, 180–238-yillar) 8 jildli tarix kitobini 

yunon tilida yozdi.

Mashhur davlat arbobi Gay Yuliy Sezar (mil.avv. 100–44-yil-

lar) Rim tarixiga oid bir necha asarlar yozdi. Bizgacha uning 

faqat «Galliya urushlari to‘g‘risidagi yozuvlar» (7 kitob) va 

«Fuqarolik urushi to‘g‘risidagi yozuvlar» (3 kitob) asarlari ye-

tib kelgan. Tarixiy monografiya janrining asoschisi Gay Sal-

lyustiy Krisp (mil.avv. 86–35-yillar) keksalik paytida «Katili-

na fitnasi to‘g‘risida», «Yugurta urushi to‘g‘risida» hamda mil.

avv. 78–67-yillar voqealarini qamrab olgan «Tarix» asarini 

yozgan. 

III–IV asrlarning ikkinchi yarmida Rim tarixshunosligi tush-

kunlikka yuz tutdi. IV asrda «Imperatorlar tarixi yozuvchilari» 



585

nomi  bilan  II–III  asrlar  imperatorlari  biografiyalari  to‘plami 

paydo bo‘ldi. Bu to‘plam materiallarida Antoniylar boshqaruv 

davridan imperiyaning yemirilish davriga o‘tishi yaqqol ko‘rsa-

tiladi. So‘nggi mashhur Rim tarixchisi Ammian Martsellin 

(330–400-yillar) edi. Uning kelib chiqishi yunon bo‘lib, lotin ti-

lida «Faoliyat» nomli 31 jildli tarixiy asarini yozdi. Bu asar Tatsit 

«Tarix»ini davom ettirib, 96–378-yillardagi voqealarni o‘z ichiga 

oladi. IV asrda so‘nggi imperiya davrining siyosati va mafku-

rasi tarixi bo‘yicha imperatorlarga maqtovlar, notiq Libaniyning 

nutq va xatlari paydo bo‘ldi. IV asrda xristian tarixshunosligi-

ning shakllanishi boshlandi. Xristian cherkovi tarixi bo‘yicha 

«Cherkov tarixlari» lotin va yunon tilida paydo bo‘ldi. Ularning 

orasida kesariyalik taniqli tarixchi va ilohiyotshunos Yevse-

viyning «Buyuk Konstantin tarjimayi holi» va «Cherkov tarixi» 

asarlari alohida o‘rin tutadi. Rimning parokandalik davri sa-

bablarini xristian tarixchilari ham o‘z nuqtayi nazarlari bo‘yicha 

yoritdilar. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish