2. Sais sulolasi. Misr davlatining so‘nggi yuksalishi. Mil.
avv. 656–yilda osuriyaliklar Misrdan haydab chiqarildi. Sais
hukmdorlari Misrni birlashtirishga boshchilik qildilar. Sais
Quyi Misrning yirik nomlaridan biri bo‘lib, bu shahar delta-
ning g‘arbiy qismida joylashgan. Atrofi botqoq bilan o‘ralgan
Saisda 665-yildan boshlab Psammetix hokimlik qilgan. Psam-
metix (mil.avv. 656–610-yillar) Tefnaxt avlodidan bo‘lib, liviya-
lik aslzoda urug‘idan kelib chiqqan. U Ash shurbanipalning yor-
damida ish ko‘rgan. Osuriyaliklarning sodiq ittifoqchisi bo‘lgan
Psammetix butun Misrni o‘z qo‘li ostiga birlashtirib, yangi XXVI
sulolaga asos solgan.
Sais sulolasi faol tashqi siyosat yuritdi. Fir’avnlar Suriya, Falas-
tin va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida Misrning o‘tmishda-
gi ta’sirini tiklashga harakat qildilar. Fir’avn Nexo II Suriya-
da Misrning hukm ronligini o‘rnatishga harakat qildilar. Mil.
avv. 608-yilda Yaxudiya davlati qo‘shinlari Falastin shimolidagi
Megiddo shahri yonida Misr qo‘shinlariga qarshi jang qildi va
yengildi. Shundan so‘ng Yahudiya Misrga oltin va kumush bilan
katta miqdorda o‘lpon to‘lay boshladi. Uch yildan so‘ng mil.avv.
605-yilda Bobil Misrni Suriya va Falastin ustidan hukmronli-
gini tugatdi. Misr Yahudiyani Bobilga qarshi kurashda qo‘llab–
quvvatladi. Fir’avn Apriy Finikiya shaharlaridan biri Sidon floti
ustidan g‘alaba qildi. Mil.avv. 586-yilda Misr qo‘shinlari Qud-
dusda paydo bo‘ldi, lekin tez orada Bobil tomonidan bu hudud-
dan siqib chiqarildi.
Sais sulolasi davrida Misr so‘nggi bor o‘z taraqqiyotining
yuqori bosqichiga chiqadi. Biroq bu Misr davlati va madani-
yatining so‘nggi marta, lekin kuchsizroq rivoj topgan davri edi.
Uzoq davom etgan urushlar va osur qo‘shinlarining mamlakatni
xarobaga aylantirgan hujumlari natijasida tinkasi qurigan Misr
endi o‘z chegaralarini dushmandan himoya qilishi va Osiyoda-
gi obro‘sini saqlash uchun zarur bo‘lgan ko‘p sonli qo‘shinni
to‘play olmadi. Shu sababli, Sais fir’avnlari Kichik Osiyodagi
yunonlardan yolangan askarlarga tayanib ish ko‘rishga maj-
bur bo‘ladilar. Bu davrda yunonlar Misrga jadal kirib kela
60
boshladilar. Yunon tarixchisi Gerodot yunon savdogarlari, yol-
lanma askarlarining Misrga kirib borganligi to‘g‘risida yozib,
Sais fir’avnlarining «Yunonistonga moyilligi» va o‘sha zamon-
da misrliklar bilan yunonlar o‘rtasida juda yaqin madaniy alo-
qa bo‘lganini ko‘rsatadi. Psammetix I taxtga o‘tirgandan so‘ng,
yunon yollanma askarlari va savdogarlariga tayanishga urina-
di. Yunonlarning Navkratisdagi savdo koloniyasiga katta-katta
imtiyozlar va yengilliklar beradi.
Sais fir’avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik harbiy aslzo-
dalar, Mirs kohinlari va yunon savdogarlari bilan muvozanat-
da bo‘lgan muomala-munosabatni yo‘lga qo‘yadilar. Fir’avnlar
Misrning nufuzli kohinlariga qarshi, shuningdek, haligacha
ham ba’zi bir mustaqillikka ega bo‘lishni da’vo qilib kelayotgan
ko‘p mahalliy hokimlarga qarshi kurash olib bordilar. Mam-
lakatda qonunchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Davlat hokimiyati
jamiyatda adolat o‘rnatishga harakat qilgan. Adolat o‘rnatish-
ning bir yo‘li jinoyatchining ikkinchi marta jinoyat qilishini
oldini olish bo‘lgan. Misol uchun soxta pul yasovchilarning
ikki qo‘li kesilgan. Davlat sirlarini oshkora qilganlarning tili
kesilgan. Hujjatlarni soxtalashtirganlarning bir qo‘li kesilgan.
Oldi-sotdi shartlari, garov majburiyatlari aniq belgilanib, gu-
vohlar ishtirokida muhr bilan tasdiqlangan. Foiz berilgan qarz
miqdoridan oshib ketmasligi belgilangan. Qarzi uchun qul qi-
lish bo‘lmagan. Qulni o‘ldi rish erkin misrlikni o‘ldirish bilan
teng jazolangan. Qasamni buzganlar ham shunday jazolangan.
Psammetix I Fiva kohinlarini o‘z ta’siri ostiga olish uchun o‘z
qizi Neytikertni Amonning oliy kohini Shepenopet II («Xudoning
qallig‘i»)ga qiz qilib beradi. To‘g‘rirog‘i, kohin Shepenopet II ni
shunga maj bur qiladi. Bu ma’lumot alohida hujjatga yozilgan
bo‘lib, bizgacha yetib kelgan.
Psammetix I o‘zini tushkunlikka yuz tutib borayotgan sobiq
homiy si Osuriyaga yordam berishga harakat qiladi. Chunki bu
vaqtga kelib, Bobil davlati kuchayib, Misrga tahdid sola boshladi.
Psammetix I Osuriya davlatining barqaror turishidan manfaat-
dor edi. Old Osiyoda kuchlar nisbatining muvozanatini saqlab
turish, Bobilning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Misr
halokat sari borayotgan Osuriyani qo‘llab-quvvatladi.
Psammetix I Osuriyaga urush ochgan Bobil hukmdori
Nabopalasarga qarshi Osuriyaga yordam berish maqsadida,
Frot daryosi bo‘ylarida paydo bo‘ldi. Psammetix I ning o‘g‘li
61
Nexo ham Osuriyaga yordam berishga harakat qildi. Nexo
mil.avv. 611-yilda taxtga chiqib, Xarranni bosib olish uchun
o‘z qo‘shinlarini Osuriyaga yordamga jo‘natdi. Misr-Osuriya
qo‘shinlari Karxamesh shahrini ishg‘ol qildilar. Navuxodonosor
misrliklar bilan osuriyaliklarni ittifoqchi qo‘shinlariga zarba
berdi. Karxameshda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar nati-
jasida misrliklar bilan yunon yollanma askarlarining bu sha-
harda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi muhim dalillar topildi. Xusu-
san, yunon buyumlari, Gorgonaning surati tasviri tushirilgan
ioniy qalqon, shuningdek, jezdan yasalgan haykalchalar, fir’avn
Nexoning nomi bitilgan tasvirlar va Psammetix nomi yozilgan
uzuk topilgan.
So‘nggi podsholik davrining Sais sulolasi hukmronligi davri-
da yunonlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatildi. Gero-
dotning yozishicha, yunonlar Psammetix II huzuriga elchi
yuborib, Olimpiya musobaqalarini qanday qilsak, yaxshiroq
o‘tkazishimiz mumkin deb misrliklardan maslahat so‘raganlar.
Qadimgi misrliklarning donishmandligi va ularning madaniy
taraqqiyoti yuksak bo‘lganligi yunonlar tomonidan har doim
zavq bilan maqtalgan.
Sais davrining keyingi podsholari Uaxibra (Apriy) bilan Yax-
mos II (mil.avv. 569–525-yillar) (Amazis) o‘tmishdoshlari siyo-
satini davom ettirganlar. Korinf dubulg‘asida podsho Uaxibra-
ning tasviri saqlanib qolgan. Misr fir’avni kiyinishda yunonlar-
ga taqlid qilganligi ma’lum. Podshoning yunonlarga moyillik
siyosati Misr aholisi o‘rtasida norozilik tug‘dirgan va qo‘zg‘olon
ko‘tarilgan. Yaxmos isyonchilarga bosh bo‘lib, asosan yunon
yollanma askarlaridan iborat qo‘shinlarni tor-mor keltirgan va
hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan.
Yaxmos II yunon ibodatxonalariga katta sovg‘alar yuborib,
bu bilan yunonlarning o‘ziga nisbatan do‘stona munosabatda
bo‘lishiga, ularni yordam berishi va qo‘llashiga erishadi. Yax-
mos II ning faol tashqi siyosat olib borgani Bobil yozuvlarining
birida aks etgan. Bu yozuvda Misr qo‘shinlarining hujumlari
to‘g‘risida so‘z yuritiladi va Amazisning nomi tilga olinadi. Le-
kin bu davr Misr davlati mustaqilligining so‘nggi yillari edi. Bu
vaqtda sharqda Ahmoniylar Eroni kuchayib, butun Sharq dun-
yosini o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilayotgan edi. Eronning
yaxshi qurollangan qo‘shini hujumini qay tarishga Misrda yetar-
li kuch yo‘q edi. Fir’avn Yaxmos II dan so‘ng, Amazis hukm-
62
ronligi davrida (mil.avv. 570–526-yillar) mamlakatning ahvoli
yanada yomonlashdi. Eron podshosi Kambiz 525-yilda Misr
yerlariga bostirib kirib, Pelusiya yonida bo‘lgan jangda Misr us-
tidan g‘ala ba qozondi. Fir’avn Psammetix III taxtdan tushirildi.
Kambiz Misr podshosi deb e’lon qilindi (XXVII sulola). Misr bir
necha bor forslar hukmronligidan qisqa vaqtda mustaqil bo‘ladi
(XXVIII-XXX sulolalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |