Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Exnaton (Amenemxet IV)ning diniy-siyosiy islohoti



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Exnaton (Amenemxet IV)ning diniy-siyosiy islohoti 

(mil.avv. 1365–1348-yillar). Misr jamiyati mafkurasi, ta’lim 

sohasi kohinlar qo‘lida bo‘lgan. Kohinlar diniy marosim, diniy 

vazifalari bilan bir qatorda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madani-

yat-san’at bilan shug‘ullanganlar. Ular savodli, oliy ma’lumotli 

bo‘lganlari uchun davlat hokimiyatida yuqori mamuriy-sudya-

lik lavozimlarni egallaganlar. Kohinlar me’mor, haykaltarosh va 

rassom sifatida ulkan inshootlar qurilishida boshchilik qilgan-

lar. Misr iqtisodiyotining asosi sug‘orma dehqonchilik ishlari 

kohinlarning yo‘l-yo‘riqlari asosida bajarilgan. Qaram yerlar va 

Misr aholisining talanishi natijasida hukmron tabaqa, ayniq-

sa, ko‘p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ket-

gan. Ibodatxonalar minglab gektar yerlar, chorva mollari, qul-

lar va boshqa moddiy boyliklarga egalik qilganlar. XVIII sulola 

davrida  fir’avnlarning  homiysi  Amon  ibodatxonasi  Misr  bosh 

xudosi sifatida alohida ta’sirga ega bo‘lgan. Xudo Amon bay-

rog‘i ostida Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar. 

Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obro‘-e’tiborga 

ega bo‘lgan. Fir’avnlar tomonidan bu ibodatxonaga o‘n minglab 

qullar, yer, minglab bosh qoramol, oltin-kumushlar hadya qi-

lingan. Karnak va Luksorda xudo Amon sharafiga hashamatli 

ibodatxonalar qad ko‘targan. Mamlakatda Amon ibodatxona-

si kohinlarining mavqei kuchayib ketgan. Ular Misr iqtisodiy 

va ijtimoiy-siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaganlar. 

Jumladan, Amon ibodatxonasining oliy kohinlari taxt vorisining 

nomzodini ko‘rsatishdek imtiyozli huquqni olganlar. Boy Amon 

ibodatxonasining oliy tabaqa kohinlarini kuchayib ketishi, dav-

latning ichki va tashqi siyosatiga aralashuvi, ularning boyib 

ketishi, zodagonlarni chetga surib qo‘yish hukmron tabaqaning 

noroziligiga sabab bo‘lgan. Bu holat davlat hokimiyatida kat-



51

ta muammolarni tug‘dirgan. Natijada Amenxotep IV hukmron 

tabaqaga suyanib, Amon xudosi kohinlarining kuch-qudratini 

sindirishga jur’at qiladi. U diniy islohot o‘tkazadi. Amenxotep 

IV (mil.avv. 1365–1348) davrida Misr xudolaridan Aton – «Quyosh  

shu’lasi» xudosi birinchi o‘ringa qo‘yila boshlanadi. Fir’avn 

Amenxotep hukmronligining oltinchi yilida Aton Misrning yago-

na va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. U o‘zini Atonning yago-

na o‘g‘li deb Amenxotep («Amon rozi») ismini Exnaton («Atonga 

yoqa digan») ismiga almashtiradi.

Shu bilan birga, Exnaton Fiva kohinlari bilan uzil-kesil alo-

qani uzib, Fivadan chiqib ketadi. O‘rta Misrda (hozirgi Tell  

Amarna) go‘zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan yangi 

poytaxt Axetaton (Aton shahri)ga ko‘chib keladi. Uning barcha 

saroy amaldorlari va yangi Quyosh xudosining kohinlari bilan 

birga Axetaton shahriga joylashadilar. 

Aton butun dunyoni va Misrni yaratuvchisi hisoblanib, odat-

dagidek, hayvon qiyofasida emas, balki Quyoshning yerga nur 

sochayotgan qo‘llari – shu’la sifatida ifodalangan. Aton Misr-

ning hukm dori deb e’lon qilinadi, Aton o‘z o‘g‘li Exnaton bilan 

Misrni boshqaradi. Quyosh xudosini yagona va sevimli o‘g‘li 

sifatida faqat Exnaton Atonning bevosita o‘zidan vahiy olishi 

va fuqaro, kohinlarga amr-farmon qilishi mumkin edi. Yangi 

xudoga sig‘inishni istamagan zodagonlar qatl etilib, ularning 

jasadlari yoqiladi.

Bu davr yozuvlarida mirzolar boshqa xudolarni eslash-

dan qochdilar. Eskin yozuvlardan boshqa xudolarning nom-

lari o‘chirib tashlandi. Yozuvlarda yerda va osmonda barcha 

xalqlar, mamlakatlar uchun bitta xudo, u suzadigan, uchadi-

gan va o‘rmalaydigan har qanday mavjudotga hayot beradi. Bu 

xudoning yagona tanlagani fir’avn Exnaton deb uqtiriladi. 

Exnaton tomonidan o‘tkazilgan bu diniy islohot ko‘ngildagidek 

natija bermadi. Exnaton Fiva kohinlari va nomlaridagi quldor 

zodagonlarning  qudratini  vaqtincha  zaiflashtirishga  muvaffaq 

bo‘ladi. Juda katta yer-suv, moddiy boylikka ega bo‘lgan ko-

hinlar Exnatonning qat’iy chora–tadbirlariga qarshi chiqishga 

jur’at eta olmadilar va vaqtinchalik chekindilar. Ular payt poy-

lab turadilar. Exnatondan keyin taxtga o‘tirgan fir’avnlar uning 

diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Islohotchi fir’avn va-

fotidan so‘ng, eski e’tiqod kohinlari hujumga o‘tib, o‘z mavqela-

rini tiklashga qat’iy kirishdilar. Fiva kohinlari Exnaton va u 

barpo qilgan shaharlarni la’natladilar. Shunday qilib, bu diniy 




52

islohot qattiq qarshiliklarga uchragan. Exnatonning vafotidan 

keyin poytaxt Memfisga ko‘chirilgan.

Exnatonning kuyovi fir’avn Tutanxaton (mil.avv. 1347–1338- 

yillar) Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini qaytadan 

tiklashga va hatto o‘z ismini ham shunga yarasha o‘zgartirib, 

Tutanxamon «Amonning tirik qiyofasi» deb atashga majbur 

bo‘lgan. Tutanxamon 9 yoshida taxtga o‘tiradi. Misrni amalda 

Atonning bosh kohini Eye va harbiy boshliq Xoremxeb boshqar-

gan. Tutanxamon 20 yoshga yet may vafot qiladi (mil.avv. 1338-

yil). Uning bevasi o‘z siyosiy mavqeini saqlab qolish uchun xett 

shahzodasiga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi. Xett shahzoda-

si Misrga keladi, lekin Misr zodagonlari uni o‘ldiradilar. Tutan-

xamonning bevasi kohin Eye bilan nikoh qurishga majbur bo‘la-

di. Eye XVIII sulolaning so‘nggi fir’avni edi (mil.avv. 1338–1334- 

yillar). Mil.avv. 1334-yil harbiy boshliq Xoremxeb Eyeni taxtdan 

tushirib, o‘zi taxtga o‘tiradi. Uning vorisi XIX sulolaning (mil.

avv. 1305–1197-yillar) birinchi fir’avni Ramzes I taxtni egallab, 

faol tashqi siyosat yuritdi. Falastin, Finikiya, Janubiy-marka-

ziy Suriyani xettlardan tortib oldi. Ramzes II davrida (mil.avv. 

1290–1224-yillar) xett davlati bilan uzoq davom etgan raqobat 

tugadi. Misr-Xett tinchlik shartnomasi tuzilib (mil.avv. 1280-yil) 

Falastin, Finikiya va Buruja hududlarida har ikki tomonning 

ta’sir doiralari belgilandi. Ramzes II 87 yil yashadi va Misrni 

66 yil boshqardi. Mil.avv. XIII asr ning II yarmida Bolqon yarim 

oroli va Egey havzasidagi xalqlarning migratsiyasi yoki dengiz 

xalqlari hujumi boshlandi. Liviyaliklar va boshqa xalqlarning 

Misrga  hujumi  boshlandi  (mil.avv.  1219-yillar  atrofida).  Misr 

zaiflashib, chet elliklarning bosqiniga qarshi o‘zida zo‘rg‘a kuch 

topdi. Misrda qo‘zg‘olonlar, isyonlar natijasida XIX sulola qula-

di (mil.avv. 1192-yil). 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish