3. Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi. Spartaliklar o‘z vaqt-
larini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o‘tkazib, cho-
dirlarda yashar edilar. Sparta Yunonistonda yagona profes-
sional qo‘shinni tashkil qildi. Spartaliklarda fuqaroning davlat-
ga sadoqat, qonunlarga so‘zsiz bo‘ysunish, katta yoshdagilarga
hurmat, mutlaq jasorat ruhida tarbiyalash yo‘lga qo‘yildi. Likurg
ta’kidlagan edi: «Spartalikni tarbiyalashning maqsadi goplitni
shakllantirishdir». Spartaga a’lo jangchilar zarur edi. O‘smir
yoshlar tarbiyasida birinchi o‘ringa jismoniy tarbiya qo‘yilib,
faqat xor qo‘shiqlari, harbiy musiqa, shoir Terpandrning harbiy
marshlari o‘rgatilar edi. Spartalik imkoniyat darajasida qisqa
va aniq so‘zlashi uqtirilar edi (lakonizm). Sport tayyorgarligida
ot sporti va atletika yetakchi o‘rinni egallagan edi.
Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi:
1. 7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7 yoshdan so‘ng
davlat nazorati ostiga o‘tgan.
2. O‘smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o‘smir
(iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirgan.
3. 16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya)
ga o‘tilgan.
Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hi-
soblangani uchun ularni jarlikka uloqtirar edilar. Davlat tar-
biyasining birinchi bosqichida 7-12 yoshgacha bolalarni agella
(«poda»)ga to‘plab, mashqlar va sinovlar muntazam o‘tkazilgan.
Bu bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash aso-
siy maqsad qilib qo‘yilgan. Bolalar badani momataloq bo‘lguni-
cha kaltaklash, tan jarohati yetkazish marosimidan o‘tar edi.
363
Kaltaklanayotgan og‘riqqa un chiqarmay chidashi, og‘riqni
sezdirmasligi lozim edi. O‘smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha
katta yoshli o‘smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)
ga kirganlar. Ular g‘arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda
o‘zlari yig‘ib kelgan qamish ustida uxlar edilar.
Harbiy mashqlar (qurollarni o‘zlashtirish, zich safda harakat
qilish, tez harakatlanish va taktika) harbiy o‘qish kursi, sport
va ov bilan to‘ldirilar edi. Bu davrda o‘qituvchilar spartalik yosh
o‘smirlarda ilotlarga nisbatan mensimaslik, nafrat tuyg‘usini
shakllantirganlar. Bu o‘qitish davri dala mashqlari (kriptiya) bi-
lan tugallanar edi. Keyinchalik bu mashqlar ilotlarni yo‘q qilish
marosimi shaklini oldi. Yosh spartaliklar mamlakat bo‘yicha
daydishga yuborilganlar. Ular ilotlarning suhbatlarini yashirin-
cha eshitishlari, ilotlar ichidan isyonchilik kayfiyatida bo‘lgan-
larini o‘z xanjarlari bilan o‘ldirishlari buyurilgan. Eng kuchli
va jasur ilotlar maxfiy o‘ldirilgan. Ilotlar 9 ming sparta oilasiga
xavf tug‘dirmasligi uchun bu ish muntazam amalga oshirilgan.
16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya)
boshlangan. Yosh spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi.
Bu yer ulushi uni va oilasini boqishi kerak edi.
Ayollar tarbiyasi ham qat’iy va sodda bo‘lgan. Ayollarni kuch-
li, sog‘lom, chiroyli bo‘lishi uchun gimnastika mashg‘ulotiga
asosiy e’tibor qaratilgan. Qizlar diniy marosimlarda qatnash-
ganlar. Ularga ozgina qo‘shiq va raqs o‘rgatilgan. Lekin aso-
siy maqsad sog‘lom bolani dunyoga keltirish edi. Sog‘lom ona
kuchli va to‘laqonli bolani dunyoga keltirishi shart edi. Sparta
davlati bola tug‘ilishiga mukofot belgilab, farzandsizlik uchun
jarimani kiritdi. Tarbiyaning qattiqligi o‘smirlarni Artemida ibo-
datxonasida har yili o‘tkaziladigan qiynoq sinovlarda o‘z aksi-
ni topgan edi. Sinalayotgan o‘smir qiynoqlarga dosh berishi va
og‘riqni sezdirmasligi shart edi.
Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta («Tenglar jamiyati»)
ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan
birgalikda o‘tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki filitiya)larga
ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik
har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar
edi. Spartaliklar birgalikda o‘tirib, uksus, tuz qo‘shilib, qonda
tayyorlangan cho‘chqa go‘shti bo‘tqasini iste’mol qilar edilar.
Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida
boshqa yunon polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy
364
ustunlik his-tuyg‘usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida
spartaliklarni qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo
yoqtirmasdilar.
Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan
aholisining qo‘zg‘olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili
ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo‘ysunish hissi-
ni tug‘dirish uchun ularni tunda o‘ldirishni (kriptiya) e’lon qil-
ganlar. Yosh sparta yigitlari qishloqlarda tunda aylanib yurib,
kuchli, isyonkor kayfiyatdagi ilotlarni o‘ldirganlar. Mil.avv. XI
asrdayoq spartaliklar o‘zlarini har xil «yangiliklar»dan himoya
qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi
dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy ho-
latning o‘zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani
muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari yog‘och-
dan bo‘lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat
etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyat-
dagi mavqeyiga qarab, spartaliklar bir xildagi kalta yoping‘ich
(plash) kiyar edilar va bu bilan o‘zlarini teng deb hisoblardilar.
Qonunga ko‘ra chet ellik Spartada belgilangan muddatdan or-
tiq qolmasligi, birorta ham spartalik vatandan tashqari uzoq
yashash huquqiga ega bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |