yetgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Xalq yig‘ini eng
bo‘lgan. Faqatgina xalq yig‘inigina urush e’lon qilish huquqiga
ega edi. Sparta appellasi masalalar qizg‘in muhokama qilina-
ekklesiyasidan keskin farq qilar edi. Appellada oddiy sparta-
mas edilar, faqat ular ovoz berar edilar. Spartaliklarning davlat
Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Li-
yoshi kichik bo‘lganligi uchun davlatni boshqargan. Likurg is-
361
qonunlarni amalga oshirdi. Sparta fuqarolariga xo‘jalik faoli-
yati bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Fuqaro o‘ziga berilgan yer
ulushida ilotlar yetishtirgan mahsulotlarni olib, o‘z ehtiyojini
qondirgan. Hunarmandchilik bilan perieklar, dehqonchilik bi-
lan ilotlar shug‘ullanganlar. Qaram ilotlar olingan mahsulot-
ning yarmini o‘z xo‘jayinlari yoki davlatga toshirganlar. Spar-
tada katta binolar qurish, zeb-ziynat buyumlari, san’at asarla-
rini ishlab chiqarish keskin cheklangan. Kumush tanga o‘rni-
ga sav do ishlari uchun noqulay, qo‘pol, katta temir bo‘laklari
ishlatilgan. Bu tadbirlar savdo, hunarmandchilikning keskin
cheklanishiga olib keldi. Faqat qurol-aslaha ishlab chiqarish
bundan soqit edi. Likurg spartaliklarning tengligini saqlab qol-
ish uchun boylik to‘plashni taqiqladi. Sparta to mil.avv. IV as-
rning ikkinchi yarmigacha shu holatda yashadi.
Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat maj-
buriy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy
ta’limni o‘rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda
bo‘lganlar. Harbiy lagerda yashash bayram hisoblangan. Dush-
mandan tortib olingan o‘lja – ozuqa va ichimlik harbiy xizmat-
dagilar kayfiyatini yanada ko‘targan. Sparta jangchilari zich
saflanib (falanga) gulchambar bilan bezalgan qizil kiyimda sur-
nay, musiqa bilan jangga kirganlar. Faqat jangda halok bo‘lgan-
lar qizil kiyimda tantanali dafn etilganlar. Qo‘rqoq haqoratlanib
obro‘siz lantirilgan. Kimdir jangda qo‘rqoqlik qilib qochsa yoki
safni tashlab ketsa, u gimnastika o‘yinlarida, sissitiyalarda qat-
nashish huquqidan mahrum qilingan. Hech narsani sotib ol-
ishga jur’at qilmagan, xalqning oldida sazoyi qilingan. Sparta
shahari devorlar, mudofaa inshootlari bilan o‘rab olinmagan,
mudofaa faqat shahar fuqarolarining jasoratiga asoslangan.
Spartaliklar shaharlarni qamal qilishni bilmaganlar va yoq-
tirmaganlar. Yuzma-yuz jang qilish ularning qoidasi bo‘lgan.
Jangda qo‘shinning oldingi qismida ilotlar
, perieklar borgan.
Ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo‘lgan
keksalar jangga kirishgan. Qayrilgan qilich, uzun nayza, zich
saf – falanga va jangchilarning jasorati hamda mohirligi g‘ala-
bani ta’minlagan.
Sparta qo‘shini mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistondagi eng
yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo‘shin edi. Qo‘shinlar
12 ta harbiy qismga (loxga) bo‘lingan. Harbiy qism tepasida har-
biy boshliq (loxak) turgan. Qo‘shinga qo‘mondonlikni podsholar
362
amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar
yordam bergan. Qo‘shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi.
Suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo‘riqlaydigan, tinchlik
vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o‘ziga xos
otliq gvardiyani tashkil etgan.
Sparta Peloponnes urushidan so‘ng qisqa vaqt mil.avv.
404-yildan 379-yilgacha yunon dunyosida yetakchi o‘rinni
egalladi. Mil.avv. IV asrning II yarmidan butun yunon dunyosi-
ni qamrab olgan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar Spartaga ham
o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar
jamiyati buzildi. Spartaning harbiy qudrati mil.avv. 371-yilda
Fiva bilan urushdagi mag‘lubiyatdan keyin zaiflashdi va tush-
kunlikka yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: