bo‘lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklari-
ga qaraganda, soddaroq bo‘lgan. Aholining asosiy mashg‘ulo-
lar mavjud bo‘lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot darajasida
bo‘lgan. Janubiy podsholiklarda xan madaniyatini qabul qilish
309
Mil.avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan
biri Xuanxe daryosining quyi qismi va unga qo‘shni hududlar-
da Siszyan pastida vyetnamliklarning ajdodlari lakvyetlar joy-
lashgan davlat Namvyet edi. Markaziy Vyetnam hududida vyet-
namliklarning ajdodlari lakvetlarning vanlang qabila ittifoqi
mil.avv. IV asrda shakllandi. Hokimiyatni xung oilasi egalladi.
Asta-sekin qabila ittifoqi davlatga aylandi. Davlat tepasida xung
oilasidan chiqqan viong (hokim) turgan. Aholi sun’iy sug‘orish-
ga asoslangan plug dehqonchiligi va baliqchilik bilan shug‘ulla-
nadi. Bronza metallurgiyasi yuqori darajada rivojlanadi. Mul kiy
tabaqalanish jarayonida urug‘-qabilaning oqsoqollari, harbiy
boshliq, kohin va boy dehqonlardan oqsuyak-zodagonlar – lak-
chonglar ajralib chiqadi. Lakchonglar ichidan viong hokimiyati
shakllandi. Mil.avv. III asrning ikkinchi choragida Viong Kin
Zeong davrida lakvetlar davlati to‘la shakllanib bo‘ldi. Lakvetlar
qo‘shni qabila ittifoqi Teyvu bilan urushlar olib bordi va yengil-
di. Mil.avv. 257-yilda Aulak davlati tarkibiga kirdi. Aulakda
aholining asosiy qismini jamoachilardan iborat mayda ishlab
chiqaruvchilar tashkil qilgan. Turli manbalar Namvyet jamiyati-
da qullar mavjudligini ko‘rsatadi. Hukmron sinfl ar jamiyatda
katta yer-mulkka ega bo‘lgan tabaqa bo‘lib, ularga zodagonlar,
mayda ishlab chiqaruvchilar va qullar qaram bo‘lgan. Davlat
tepasida hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o‘ziga
xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e’tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va
suvda suzuvchi qushlarga sig‘inish keng tarqalgan.
Mil.avv. 221–214-yillarda Aulak, Tayau va Namvyet davlatlari
Sin imperiyasi bilan o‘z mustaqilliklari uchun urush olib bor-
dilar. Urushlar jarayonida Aulak o‘z mustaqilligini saqlab qoldi
va Tayauning bir qismini o‘ziga qo‘shib oldi. Namvyet bir necha
yil Sin qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Mil.avv. 207-yilda
Namvyet va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat mil.avv. II
asrda Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo‘lib, faqat
Xan imperiyasidan kuchsizroq bo‘lgan. Mil.avv. II asr boshlari-
da Namvyet viongi (hukmdori) o‘zini Xan imperatoriga teng deb
e’lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotining asosini sholikor hudud-
lar tashkil qilgan. Temir mehnat qurollaridan foydalanilgan. Bu
davlatda yirik shaharlar, rivojlangan ichki va tashqi savdo, hu-
narmandchilik mavjud bo‘lgan.
Mil.avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari urush-
lar va diplomatik yo‘l bilan qo‘shni davlatlarni qo‘shib olishga
harakat qiladilar. Ammo mil.avv. 111-yilda mamlakat Xan im-
310
peratori U-di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi mam-
lakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni var-
varlar boshqaradi» siyosatini olib boradi. Mil.avv. III–II asr-
larda Janubiy-Sharqiy Osiyoning tog‘li hududlarida qadimgi
tay xalqlarining Diyen va Yelan davlatlari (hozirgi Yunnan va
Guychjou viloyatlari) alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda
dehqonchilik zaif bo‘lib, chorvachilik yetakchi o‘rinni egalla-
gan. Shu bilan birga, bu yerda qandaydir birma tilli guruhlar
va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy
jamiyatlar shakllantirilgan. Qullarning safi mahalliy etnik bir-
liklarni qaram qilish hisobidan to‘ldirilgan.
Mil.avv. I asr boshlarida Xan ma’muriyati hozirgi Shimoliy
Vyetnamdagi lakvyetlarni ommaviy assimilatsiya qilish siyosat-
ini olib borgan. Bu siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zoda-
gonlar boshchiligida qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Milodiy 40–44-yil-
larida lakvyetlar «Ikki opa-singil» (opa-singil Chinglar) bosh-
chiligida qo‘zg‘olon ko‘tarib, Xan hokimiyatini ag‘darib tash-
laydilar va o‘z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan imperi-
yasi uzoq urushlardan so‘ng mamlakatda o‘z nazoratini qayta
tiklaydi. Lekin mahalliy aholini assimilatsiya qilish siyosatidan
voz kechishga majbur bo‘ladi. Milodiy I–III asrlarda Vyetnamga
Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi.
Buddaviylik XII–XIII asrlargacha hukmron dinga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: