5. Me’morchilik va san’at. Maurilar davridan so‘ng ming
yil davomida hind me’morchilik va tasviriy san’atining noyob
yodgorligi bo‘lgan g‘ordagi Ajanta ibodatxonasi (qurilish mil.
avv. II asrdan milodiy VII asrigacha davom etgan) va budda
monastirlari yaratildi. Ajanta ibodatxonasi 29 g‘orda qurilgan
budda majmuasi bo‘lib, ichki devorlari va shiftlari tasvirlar bi-
lan qoplangan. Budda hayotidan keltirilgan turli manzaralar,
har xil mifologik mavzular budda afsonalarini tasvirlaydi. Bun-
dan tashqari, kundalik hayot va saroy mavzusidagi (podsho ovi,
elchilar qabuli va boshqalar) holatlar tasvirlangan. Ajanta ibo-
datxonasi tasvirlariga o‘xshash noyob tasvirlar Shri-Lankadan
ham topilgan.
Qadimda ko‘p inshootlar yog‘ochdan bunyod qilingani uchun
ular saqlanib qolmagan. Salavkiylar elchisi Megasfen yozuvlari-
ga ko‘ra Mauriylar podshosi Chandraguptaning ulkan saroyi
yog‘ochdan qurilgan. Hind arxeologlari Chandraguptaning
poytaxti Pataliputraning poytaxtida faqat tosh ustunlarning
qoldiqlarini qazib topganlar. Milodiy I asr boshlarida qurilishda
toshdan keng foydalanila boshlandi. Bu davr diniy me’morchili-
gi hinduizm, buddizm ibodatxonalarining g‘or majmualarida o‘z
aksini topdi. Ana shunday g‘or majmualaridan Karle (Bombey
yaqini) va Ellordagi ibodatxonalardir. Karledagi g‘or ibodatxo-
nasining balandligi 14 m, kengligi ham 14 m, uzunligi 38 m ga
yaqin. Markaziy zalda tosh ustunlar, ko‘plab haykallar va ibo-
dat uchun stupa mavjud. Ellordagi g‘or ibodatxonasi majmuasi
qurilishi Guptalar davrida boshlanib, bir necha asrlar davom
etgan.
Maurilar davridan so‘ng g‘isht va toshdan qurilishda keng
foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan obidalar ichida g‘arbiy
Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor. Yer us-
tidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida
tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob
san’at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir. Bu
ustunlar mamlakatning turli viloyat va shaharlaridagi may-
don, ko‘chalarga qo‘yilgan. Bu yozuvlarda mamlakatning ijti-
moiy-iqtisodiy va madaniy hayoti uchun muhim bo‘lgan Ashoki
qonunlari, yo‘riqnomalari aks etgan.
Maurilardan so‘ng haykaltaroshlikning mahalliy maktab-
lari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari Shimoliy-G‘ar-
272
biy Hindistondagi Gandxara, Shimoliy Hindistonning markaziy
qismidagi Madxur va Dekan viloyatidagi maktablardir. Milo-
diy I asridan Gandxara maktabida O‘rta Osiyo, Ellin va Rim
madaniyatlarining ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Gandxara uslubi Ku-
shon podsholigi davrida Markaziy va Sharqiy Osiyoning budda
madaniyatiga ta’sir qildi.
Madxur va Dekan maktablari Hind tasviriy san’ati an’analari
bilan ko‘proq bog‘langan. Ana shu maktablar asosida o‘rta asr-
lar Hind va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati
shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |