ki dunyo qilgan») budda dinining asoschisi bo‘lgan. U Lum-
yoshida bu dunyo ne’matlaridan voz kechadi. U 7 yildan so‘ng
paydo bo‘ladi. Istaklardan xoli bo‘lish 8 yo‘l: to‘g‘ri qarashlar-
268
to‘g‘ri so‘z, to‘g‘ri fikrlar namunasi, to‘g‘ri xotira, to‘g‘ri turmush
tarzi, to‘g‘ri o‘zligiga kirishga intilish lozim. Budda dini inson-
ning axloqiga jiddiy e’tibor berdi.
Budda o‘z ta’limoti bilan bevosita xalqqa maydon va bozor-
larda tushunarsiz sanskritda emas, balki xalqning oddiy tili-
da murojaat qildi. U o‘z ta’limotini brahma ta’limotiga qarshi
qo‘yib, yerdagi barcha odamlar tengligini targ‘ib qildi. Bir-birini
og‘irini yengil qilish, yovuzlikka qarshi turishni aytdi. Gunoh
qilgan odam uchun og‘ir jazolar kerak emas, u qalban chuqur
tavba qilishi lozim. Buddani oddiy xalq qo‘llab-quvvatladi, uni
Veshnaning bir qiyofasi deb tushundi.
Budda ta’limotining o‘ziga xos xususiyati u hayotni azobla-
nish deb tushuntiradi. Azoblanish o‘lim va kasalliklar bilan-
gina bog‘liq emas. Budda ta’limotining mohiyati to‘rt haqiqat-
da ifodalanadi: birinchi haqiqat – hayot, ahmoqona yoki baxt-
siz hayot, lekin har qanday hayot, umuman hayot – yovuzlik,
azoblanish; ikkinchi haqiqat – hayotning va qayta tug‘ilishlar-
ning sababi istak-hayotga, huzur halovatga, hokimiyat va boy-
likka chanqoqlik; uchinchi haqiqat yozuvlikdan hayotni qutqa-
rish imkoniyati; to‘rtinchi haqiqat – bu qutulishga erishish
yo‘li mutlaq tinchlanish orqali har qanday hissiyot, istaklar-
dan ti yilish, saqlanish. Har bir dindor intilishi kerak bo‘lgan
oliy maq sad bu – nirvanaga erishish, ya’ni bu dunyoning har
qanday huzur-halovati, orzu-istaklaridan xoli bo‘lish; bunday
odam boshqa qayta tug‘ilmaydi.
Buddaviylikda ilk o‘qituvchini tasvirlash an’anasi yo‘q edi.
Faqat Budda ramziga tayanadigan asosiy e’tiqod inshooti stupa
– soyabon ostidagi sun’iy tepalik edi. Dindorlar stupa va undagi
Budda sochi yoki tishiga chapdan o‘ngga (quyosh bo‘yicha) o‘zi-
ni gunohlardan xoli qilish uchun bu dunyo hayotidan, oilasi-
dan, mulkidan, tashqi an’anaviy aloqalardan, ruhiy bog‘lanish-
lardan kechishi lozim. Buddaning izdoshlari qizg‘ish kiyimda,
sochlari taqir olingan. Ular qishloq va shaharlarni kezib, sadaqa
so‘rab yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar.
Budda dini uchun diniy marosim hech qanday ahamiyat-
ga ega emas edi. Dindorlar avvalgiday to‘y, o‘lim marosimlari-
ga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda matnlari mahalliy
so‘zlashuv tillaridan tuzilgan bo‘lib, aholiga tushunarli edi.
Braxmanlar esa sanskrit adabiyotini aholining juda ko‘p qis-
midan yashirar edilar. Budda dini, ayniqsa, shahar aholisi
o‘rtasida keng tarqaldi. Chunki shahar paydo bo‘lishining o‘zi
269
an’anaviy urug‘chilik, ijtimoiy aloqalarning yemirilishi, xususiy
mulkning paydo bo‘lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan
bog‘liq edi.
Buddaviylik e’tiqodi katta davlatlar hukmdorlarining homiyli-
gi ostida bo‘ldi. Chunki budda matnlarida jahon hukmronligi
g‘oyasi ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor orqali adolat podsho-
ligiga asos solinadi degan g‘oya mavjud edi. Adolatning tarqali-
shi, bir vaqtning o‘zida hukmdorning hokimiyatini kuchayishi
– diniy g‘oyaga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini
xudo sizlar dini edi. Chunki xudo har bir insonning qalbida,
u o‘zini anglab yetishi lozimligi g‘oyasi kuchli edi. Keyincha-
lik Buddaga nisbatan munosabat o‘zgardi. Uning tasviri pay-
do bo‘ldi. Ibodatxonalar qurilib, Budda ilohiy mavjudot ekan-
ligi aytila boshlandi. Dunyoning oxirati va uning kelajagida
qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana bosh-
ladi. Xudoga sig‘inish rasm-rusumlari, ibodat va qurbonlik
keltirish marosimlari paydo bo‘ldi, afsun o‘qish, tumorlar katta
ahamiyat kasb eta boshladi. Bu dunyodan voz kechgan Bud-
da ta’limotining targ‘ibotchilari – rohiblar din xizmatchilariga
aylandilar. Budda maktablari ikki asosiy yo‘nalish: «xinayana»
– «kichik arava» («qutilishning tor yo‘li») va «maxayana» – «buyuk
arava» («quti lishning keng yo‘li») dan iborat edi. Xinayanada
har bir dindor Budda ko‘rsatgan yo‘l bo‘yicha mustaqil borishi
lozim edi. Maxa yanada esa, u Budda bo‘lishga juda yaqinlash-
gan bodxisattva – avliyolar yordamiga tayanish mumkin edi.
Ularning birinchisi eng qadimiylikka da’vo qilib, Ashoki davri-
dayoq Lanka orolida va keyin Janubiy-Sharqiy Osiyoga tarqal-
di. «Buyuk arava» ta’limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi.
Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo‘nalish O‘rta Osiyo
orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: