rini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Milodiy I ming yilligi o‘rtalari
270
Qadimgi Hind adabiyotida diniy adabiyot yodgorliklari mar-
kaziy o‘rinni egallaydi. Ularning eng qadimgisi bo‘lgan vedalar
o‘qituvchidan o‘quvchiga og‘zaki uzatilgan. Veda madhiyalari-
ning katta qismi hinduizm dini qurbonlik rasm-rusumlariga
bag‘ishlangan. «Maxabxarat» (100 ming misra) va «Ramayana»
(24 ming misra) epik poemalari qadimgi Hind adabiyotining
haqiqiy ensiklopediyasi bo‘lib, qadimgi hindlar hayotining bar-
cha tomonlarini tasvirlaydi. Bu eposlarning obraz va syujetlari
mamlakat umummilliy an’analarining tarkibiy qismiga kirib,
teatr, musiqa va tasviriy san’atning asosiy syujetlari bo‘lib qol-
di. Har ikkala doston milodiy I asrda to‘liq shakllantirilib, tu-
zatildi. Ular didaktik ma’noga ega diniy-falsafiy g‘oyalar bilan
sug‘orilgan diniy mazmundagi to‘plamlarni o‘ziga singdirgan.
Maxabxarat poemasining asosiy syujeti – ikki podsho sulo-
lalari – Pandavlar va Kauravlarning raqobati, Kuru dalasidagi
18 kunlik jang to‘g‘risidagi qissani tashkil etadi. Poema muallifi
an’anaga ko‘ra, donishmand Vyasa hisoblanadi. «Ramayana»
qissasi asosida podsho Ramning devlar podshosi Ravan o‘g‘ir-
lab ketgan sevgilisi Sitani qutqarish uchun Lanka oroliga yuri-
shi to‘g‘risidagi hikoya yotadi.
Qadimgi Hindistonda adabiy ijod nazariyasi, jumladan, poe-
ziya yuqori darajada rivojlandi. She’r yozish qoidasi batafsil ish-
lab chiqildi. Poetika bo‘yicha traktatlar tuzildi. Poetika fanining
bir necha maktablari asta-sekin paydo bo‘ldi. Bu maktablarda
poeziyaning mohiyati, badiiy usullar, janrlar, poetik til to‘g‘risi-
da munozaralar olib borildi.
Mil.avv. I ming yillikning II yarmida budda adabiyoti shakl-
landi. Milodiy I–II asrlarda yashagan shoir Ashvagxosha «Budd
– xacharita» (Buddaning hayot tasviri) poemasida xalq poe-
ziyasining kuchli ta’siri seziladi. Ilmiy va didaktik ruhdagi ada-
biyotlardan biri bo‘lgan Panini tuzgan sanskrit grammatikasi
mil.avv. V–IV asrlarda yaratilgan. Bu asar mutaxassislarning
fikricha, jahon fanida XIX asrgacha tilning eng yaxshi bayon
qilingan asaridir. Hindistonda yozuv kechroq paydo bo‘lgan.
Uning ilk namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir.
Guptalar davrida qadimgi Hind teatri rivojlandi. Qadimgi
hind teatrida diniy motivlar asosiy o‘rinda turgan. Bu davrda
dramaturgiya bo‘yicha maxsus traktatlar paydo bo‘ldi. Milodiy
I asrda turli adabiy janrlarning rivoji davom etdi. Chandragup-
ta II davrida mashhur dramaturg Shakun Kalidasi ijod qildi. U
«Shakuntala» dramasining muallifidir. «Panchatatra» deb atal-
271
gan kitobda masallar to‘plandi. Uning arabcha tarjimasi «Kalila
va Dimna» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: