Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Aghatehrani Morteza. Khajah Nasir Al-Din Tusi on the Meta-Mysticism of Ibn Sina (PhD) 
Dissertation, State University of New York at Binghamton, 2000. – 186 pp. 
2.
Amin, Wahid M. Nas
̣ı̄r al-Dı̄n al-Tūsı̄ and the Avicennan tradition : metaphysics and mental 
existence. Thesis (Ph.D.) University of Oxford, 2016. 
3.
Dabashi, Hamid. 
«Khwajah Nasir al-Din al-Tusi: The philosopher/vizier and the intellectual 
climate of his times». Routledge History of World Philosophies. Vol I. History of Islamic Philosophy. 
Seyyed Hossein Nasr and Oliver Leaman (eds.) London: Routledge. 1996. – P. 529; 
4.
Seyyed H. Badakhchani. 
Contemplation and Action: The Spiritual Autobiography of a Muslim 
Scholar: Nasir al-Din Tusi (In Association with the Institute of Ismaili Studies. I. B. Tauris (December 3, 
1999). 
G‘ARB OLIMLARINING AVESTO VA OLOV KULTIGA ILMIY MUNOSABATLARI. 
Karimova Feruza Mo‘minovna, 
BuxDU 2-bosqich tayanch doktoranti. 
Annotasiya: 
Ushbu maqolada G‘arb sharqshunos olimlarining “Avesto” va olov kultiga aloqador 
ilmiy munosabatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: 
Olov, cho‘g‘, kul, o‘choq, Avesto, totem, shamanlik, Xorazm, otashkada, 
Shagdurov, Tolstov, vandidod, asht, Mitra, marosim, urf-odat, Sinesarev, Urganch va hokazo. 
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda yuzaga kelgan katta 
siljishlar, g‘oyaviy-ma’rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar orqali takomillashish jarayonini boshdan 
kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan 
bir muncha oldinroq, shaklan va mohiyatan bir muncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keladiki, bu nafaqat 
ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida alohida voqea sifatida tan olindi va
insoniyat taraqqiyoti silsilasida muayyan ijtimoiy-tarixiy rol o‘ynadi. Bundan uch ming yil ilgari qadimiy 
Xorazmda dunyoga kelgan “Avesto” bashariyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur va tafakkur 
olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, yashash zavqi va mohiyati bilan bevosita bog‘liq 
yuksak insonparvar g‘oya sifatida yuzaga keldi. Inson-jamiyat-jarayon yaxlitligi va izchil taraqqiyoti, 
inson va tabiat o‘rtasidagi yuksak axloqiy munosabatlarni o‘zida jamlagan “Avesto” Yevropa ilm 
axlining katta qiziqishlariga sabab bo‘ldi. 1754-yilda Parijdagi Sharq xalqlari maktabining 20 yoshli 
o‘quvchisi fransiyalik Anketil Dyuperron (1731-1805) kutubxonada bo‘lganida, ushbu nodir asarni 
ko‘radi va unga qiziqib qoladi. Angliyada, Oksford univsersitetida saqlanayotgan “Vendidod” ning 
nusxasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
I.Meynersning “Zardushtning hayot yo‘li, nizomi, davatlari hamda asarlari” kitobi keng 
jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. 1778-1784-yillarda yozilgan 
ushbu kitob zardushtiylik falsafasi mohiyatini tushunishda muhim qo‘llanma bo‘ldi. 1820-1827- 
yillarda I.G.Rotning “Zend xalqlari”, N.Roskoning “Zend Avesto” singari kitoblari yuzaga keldiki, ularda 
qadimgi Baqtriya, Midiya va forslar tarixi, dini, jumladan, “Avesto” chuqur tadqiq etildi. 
O‘z davrining yirik tarixchisi, etnogrifi va faylasufi, Oksfort universiteti professori Tomas Gaid 
“Avesto” dunyoga kelgan makon xalqlari qarashlari va zardushtiylikning mohiyatini chuqur o‘rganib, 
1770-yilda “Qadimgi eronliklar: parfiyan va midiyaliklar dinining tarixi” asarini nashr ettirdi. Bu tadqiqot 
ishi avestoshunoslikka o‘ziga xos yondashuv sifatida katta ilmiy, nazariy va tarixiy ahamiyatga ega 
bo‘ldi. 
XIX asrga kelib rus olimlari ham “Avesto” ni o‘rganishga kirishadi. Sharqshunos A.Kossovich bu 
borada chuqur izlanishlar olib borib, 1860-yilda “Zend Avestodan to‘rt maqola” nomli kitob yozadi va 
nashr ettiradi. Asr oxirida V.V.Bartold, K.G.Zaleman, A.A.Pagodin, K.A.Inostarsef va boshqalar 
zardushtiylikning paydo bo‘lishi, uning vatani hamda Zardusht haqidagi jiddiy tadqiqot ishlarini amalga 
oshiradilar. XX asrga kelib Rossiyada Sharq tarixi, dini, madaniyatini o‘rganishga katta e’tibor berildi. 
Natijada bir qator yirik olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, Y.E.Bertels, I.M. Diyakonol, A.A.Freman, 
B.G‘.G‘afurov , I.S.Braginiskiy va boshqalar avestoshunoslikka muhim hissa qo‘shdilar. G.P.Snerasiv 
Zardushtiylikda olov muqaddas hodisa, vendidoddagi fikrlarga qaraganda, o‘t olov marosimlarida 
poklovchi vosita sifatida qayd qilinganini ta’kidlaydi. Avestoda olovni turli nopok marosimlarda harom 
qilishdan saqlash xususida jiddiy ko‘rsatmalar mavjud. So‘nggi davr marosim aqidalarida biz olovning 
musulmonlikkacha bo‘lgan davrda eng muqaddas poklash vositasi ekanligiga amin bo‘lamiz. Rasmiy 


300 
zardushtiylikda marosim amaliyotida olov o‘zining poklash xususiyatini yo‘qotgan qadimgi Eron 
dunyosining eng ibtidoiy va keng tarqalgan qabilaviy urf-odatlaridan takomillashib davlat diniga 
aylangan zardushtiylikda olovning ko‘plab vazifalari, shu jumladan, poklash xususiyati ham mavjud 
bo‘lib, xalq udumlarida mustahkam saqlangan va O‘rta Osiyo shomonchi- ligi amaliyotidan ham 
mustahkam o‘rin egallagan. Sinesariv O‘rta Osiyoda uchraydigan olovning muqaddasligi xususidagi 
etnografik ma’lumotlarga tayanib, uni faqar zardushtiylikning qoldig‘i deb hisoblash noo‘rin. Buni keng 
va atroflicha o‘rganib olish zarur ekanligini ta’kidlaydi. Sharqshunos olim Shagdurov “xotin” atamasini 
sansikrik tilidan olingan “xa-tun” - “olob bekasi” deb izohlaydi. 
XIX asr oxirida arxeolog N.I.Veseloviskiy tomonidan samarqandlik tujjor Mirzo Buxoriydan sotib 
olingan qadimiy o‘choqchalar Ermitaj muzeyida saqlanadi. Keyinchalik o‘tgan asrning 30-yillarida 
muzeyga O‘rta Osiyoga tegishli osori atiqalar to‘plami kelib tushgan bo‘lib, ularning orasida 
B.N.Kastaliskiy tomonidan taqdim etilgan o‘choqchalar ham mavjud bo‘lgan. G‘arb olimlari 
zardushtiylik dinining asosi bo‘lgan olov kultining analoglari-kul, o‘choq, o‘tin, sham, chiroq, olov 
kabilar turli xil ma’nolarni aks etishini ilmiy-nazariy asoslaganlar. G.P.Snesariv o‘z asarida shu holat 
bilan bog‘liq bir hodisani eslaydi: “Yo‘lning chorrahasida ixchamgina gulxan yoqilib, jabr ko‘rgan kishi 
olov atrofidan uch marta aylantirilgan yoki gulxan ustidan uch marta sakratib o‘tkazilgan”. 
Xulosa qilib aytganda, dunyo tamaddunida muhim o‘rniga ega bo‘lgan “Avesto” dunyo olimlar 
ahlining e’tiborini tortgan. G‘arb olimlari Avesto va zardushtiylikning o‘rganilishi bilan bog‘liq ko‘plab 
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish