Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

TEXNOLOGIYALAR 
Ergashova Munisa Hoshim qizi, 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika universiteti 1-bosqich magistranti 
Rasulova Oydin Zoirjon qizi, 
Ohangaron shahar MTB ta’lim sifatini 
ta’minlash va metodik xizmatini tashkil etish metodisti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola bugungi kun davr talabi hisoblangan ilm - fan sohasidagi zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish haqida yoritilgan.Texnoligiyalar va ularni maktabgacha 
ta’lim tashkilotlaridagi rivojlantiruvchi markazlarda mashg‘ulot-faoliyaytlar jaroyonida samarali qo‘llash 
haqida. 
Kalit so‘zlar: 
Innovatsiya, novatsiya, pedagogik texnologiya, metod, usul, yondashuv. 
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o‘qitish 
texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim 
muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik 
texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, 
entsiklapediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning 
uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina ta’riflari mavjud. Hozirgi davr ta’lim taraqqiyotida 
yangi yo‘nalishi – innovatsion pedagogika maydonga chiqdi.Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: 
-
Innovatsiya nima? 
-
Innovatsion pedagogik jarayon va texnologiya nima? 
-
Pedagogik texnologiya nima? 
Innovatsion pedagogika termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQShda 60- 
yillarda paydo bo‘ldi.Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers 


145 
tomonidan ishlab chiqilgan.U yangilik kiritish bosqichi ishtirokchilarining toifalarini tasnifi,uning 
yangilikka bo‘lgan munosabatini,uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. 
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda 
davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi 
va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg‘ulari 
tizimi shakllantiriladi. Bugungi kundagi zamonaviy ta’limning asosiy qismlaridan biri bu, yangicha 
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar hisoblanadi.Ushbu pedagogik texnologiyalarni qo‘llash 
orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonlarini tashkil etish va bolalarning erkin va 
amaliy faoliyatlarining natijadorligiga xizmat qiladi. 
Prezidentimizning bunday shijoatli so‘zlarini eshitganimizdan so‘ng biz tarbiyachi pedagoglarning 
burchimiz va vazifamiz nechog‘liq muhim ekaniga va ularning ishonchi bizda ekanligiga amin 
bo‘lamiz.Ta’lim jarayonini ilg‘or va innovatsion tashkil etish,uni samarali boshqarish pedagoglarning 
oldida turgan eng asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash orqali bolalarlarda quyidagi kompitensiyalar rivojlanadi: 
-
har tomonlama intelektual salohiyatli bugungi zamon talablariga raqobatbardosh bo‘lishlarini 
taminlaydi; 
-
ta’lim va o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi 
-
bolalarda kreativ fikrlash va yangi g‘oyalar shakllanadi 
-
innovatsion tajribalar va yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanadi 
-
berilayotgan topshiriqlarga noodatiy yondashish usullarini o‘ylab topishadi. 
Bugungi kunda ta’lim tizimida va jarayonida qanday texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalarga 
erishishimiz uchun zamin yaratadi.Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladiga muhim talablardan biri 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay,qisqa vaqt ichida yuksak va samarali natijalarga 
erishishdir.Qisqa vaqt mobaynida muayyan nazariy-ilmiy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish,ularda 
ma’lum faoliyat yuzasidan bilim,ko‘nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek o‘quvchilar faoliyatini 
nazorat qilish,ular tomonidan egallangan kompitensiyalarni baholash pedagogdan yuksak mahorat va 
ta’lim muhitiga yangicha yondashuvni talab etadi. 
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va 
vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’i nazar texnologiyalar:

pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;

o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro jamoani qaror toptirishi;

o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini 
ta’minlashi;

o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;

o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishi;

pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni 
kafolatlashi zarur.

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish