Universitetining jizzax filiali "psixologiya" kafedrasi "psixologik trening asoslari"



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/68
Sana23.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#843503
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
2 5235565683579819279

3.
 
Trening guruhi boshlovchisining asosiy rollari. Trening guruhi tashkil etilgan kundan 
boshlab unda qatnashuvchilar o'rtasida rollarni faol taqsimlash amalga oshiriladi. Aksariyat trening 
guruhlarining rivojlanishi davomida bir yoki bir nechta etakchilar yuzaga kela boshlaydi. Bir guruhda 
bir nechta rahbar etakchilar paydo bo'lgan taqdirda, ularning ortasida yanada shiddatli o'zaro ta'sir, 
ehtimol, nizolarninig payda bo'lishi muqarrar. O'zini lider deb da'vo qiladigan shaxs psixologik 
jihatdan mukammallikka intiladi va qoida tariqasida guruh faoliyatida boshqalardan ustunlikka 
erishadi. Lider, treningning boshqa ishtirokchilariga nisbatan odatda faolroq va ko'p hollarda guruh 
dunyoqarashini his qiladigan, guruh qadriyatlari va guruh me'yorlarini tushunadigan shaxs bo'lishi 
talab etiladi. Qachonki, guruh manfaatlarini his qilib, nazoratga olib, a'zolarning harakatlarini aniq 
kuzatib, guruhning umumiy manfaatlarga zid kelmasligi va guruhning hamjihatligini buzmaslikka 
harakat qilgan lidergagina ishonch hosil qiladi. 
Rahbarlik va liderlik guruh boshqaruvi bilan bog'liq bo'lgan ikkita asosiy tushunchadir. 
Rahbarlikdan farqli o'laroq, liderlik psixologik xususiyatga ega va guruh ichidagi hodisa sifatida 
norasmiy munosabatlar tizimida alohida o'rin tutadi. Rahbarlik va liderlik tushunchasini turlicha 
izohlagan B. Karlof va S. Sedeberg rahbarlikni odamlarning shaxsiy fazilatlari bilan bog'liq 
bo'lmagan rasmiy imperial pozitsiya, liderlikni esa murakkab tushuncha sifatida quyidagi 
xususiyatlarini keltirib o'tadi:
7
- insoniy fazilatlar bilan bog'liqlik; 
-
izdoshlarni qollab - quvvatlash jarayoni
-
inson faoliyati natijasi. 
Trenerlik va liderlik tushunchalarini taqqoslagan olim 
B. D. Parigin
ularning mavqeining 
quyidagi umumiy va farqlovchi xususiyatlarini ta'kidlaydi
8
1.
Lider norasmiy ravishda tayinlanadi va asosan guruh ichidagi munosabatlarni tartibga 
soladi, rahbar rasmiy ravishda tayinlanadi yoki saylanadi va guruhning rasmiy munosabatlarini 
tartibga solishga chaqiriladi. 
2.
Trenerlik fenomeni kamroq barqarordir, liderlik nomzodi guruh hayotiga va undagi 
kayfiyatga ko'proq bog'liq bo'lib, rahbarlikka qaraganda barqarordir. 
3.
Trener bir nechta ijtimoiy rollarni bajaradi, shu jumladan tashqarida guruhning vakili 
hisoblanadi. Liderning faoliyati guruh ichidagi munosabatlar va o'zaro ta'sirlar bilan cheklangandir. 
4.
Guruh treneri, liderlardan farqli o'laroq, liderda bo'lmagan aniqroq sanktsiyalar tizimiga 
ega. 
5.
Trenerga huquqlar beriladi va u guruh faoliyati, uning natijalari, shu jumladan qonun oldida 
7
Карлоф Б., Седеберг С.
Вызов лидеров. — М.: Дело. 1996. 
8
Парыгин Б. Д.
Основы сотсиально-психологической теории. — М., 1971. — С. 310. 


javob beradi. 
6.
Lider shunga o'xshash huquq va vakolatlarga ega emas va guruh ishi uchun, undagi barcha 
narsalar uchun javobgar bo'lmaydi. 
Ijtimoiy psixologiyada liderlik turlarini tavsiflash va tasniflashga turli xil yondashuvlar 
mavjud. Ulardan biri doirasida trenerningning umumiy psixologik xususiyatining asosiy tarkibiy 
qismlari qyidagilardan iborat bo'ladi: hissiyotlilik, samaradorlik va xabardorlik.. 
Shuningdek, treningning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, uni o'tkazish zarurati tashkilot 
rahbariyati tomonidan tan olinishi va boshlanishi kerak. Ushbu turdagi amaliy ishlarga ixtisoslashgan 
tashkiliy psixologning roli shunchaki “buyurtma qilingan” xizmatlarni taqdim etish bilan 
cheklanmaydi. O'qituvchi o'zi kerakli bilim, ko'nikmalarga ega bo'lgan, tayyor va ularni boshqalarga 
qanday etkazishni biladigan bo'lishi kerak. U o'z talabalari tomonidan voqelikning yangi sohasini 
o'zlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi, uni boshqarishi, ish natijalari uchun javobgarlikni o'z 
zimmasiga olishi kerak. Uning vazifalari, shuningdek, o'qishga yuborilgan odamlar uchun 
buyurtmachilar tashkiloti rahbariyatining javobgarligini shakllantirishni o'z ichiga oladi. Bu tashkilot 
xodimlarining ortib borayotgan salohiyatidan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish uchun murabbiyning ma'muriyat bilan birgalikda ish olib borishda ishtirok etishini anglatadi. 
4.Guruhni boshqarish uslublari. Shunga ko'ra, trener uchta ekstremal turga bo'linadi: 
- Hissiy rahbar. Guruhning yuragi. Bu guruhning har bir a'zosi xayrixohlik uchun murojaat 
qilishi mumkin bo'lgan ‘yelkadosh' shaxs; 
- Biznes rahbari. Guruhning kuchi - quvvati. Biznesni tashkil etish, kerakli munosabatlarni 
o'rnatish, biznesning muvaffaqiyatini ta'minlash; 
- Axborot rahbari. Guruh ongi. Hamma unga savol bermoqda. U olim, hamma narsani biladi, 
tushuntirishi va kerakli ma'lumotlarni topishda yordam berishi mumkin 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish