Universitetining jizzax filiali "psixologiya" fakulteti "psixologiya va gumanitar fanlar" kafedrasi



Download 429,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana20.06.2022
Hajmi429,71 Kb.
#680265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shaxs ma’naviy dunyosi

 
 



I BOB. SHAXSNING MA’NAVIY DUNYOSI 
1.1. “Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. 
«
Shaxs
» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar 
sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fyenomyenlar aynan shu tushuncha 
atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim 
yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi 
masalasini chetlab o’ta olmagan. Shaxs — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning 
mahsuli, ongli faoliyatning sub’yekti bo’lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo’lgan 
eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga 
byevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’yekt, ham sub’yekt 
bo’lishlikdir. 
Odam insonshunoslik fanlari tomonidan har tomonlama o’rganilib 
kelinmoqda. Psixologiyada odam biologik evolyutsiya mahsuli sifatida, jamiyat 
ishlab chiqarishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida, ishlab chiqarish va 
boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’yekti sifatida o’rganiladi. Odamning boshqa 
shaxslar bilan, tashqi olam bilan bo’lgan munosabatlari xilma-xil bo’lganligi uchun 
unga xos bo’lgan psixologik sifatlar va fazilatlar ham nihoyatda xilma-xildir.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ - 
ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (es-hushi joyida) 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb 
atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ 
sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga 
aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik 
chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi
bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq 
shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan 



tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab 
chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb 
to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, 
uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil 
xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Shaxs tushunchasi 
insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va 
xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. 
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson 
sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i 
kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni 
intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama 
rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur 
ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy 
qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb 
yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. 

Download 429,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish