maqsadga muvofiqdir.
Namunaviy mashqlar:
— «mokisimon» yugurish;
— «archasimon» yugurish;
«yulduzsimon» yugurish;
— maydonchada diagonal yo‘nalish (X)da yugurish;
— shu mashqlarni og‘irlik moslamalar bilan bajarish;
— 2, 3, 4-zonalarda to‘siq qo‘yish taqlidi;
— 2, 3, 4-zonalarda zarba berish taqlidi;
— turli zonalarda to‘pni yiqilib «olish» taqlidi va hokazo.
7.5.6. Sakrash chidamkorligi
Zamonaviy voleybolda deyarli barcha o ‘yin maiakalari (to‘p
kiritish, qabul qilish va uzatish, zarba berish va to‘siq qo‘yish)
aksariyat hollarda sakrab ijro etiladi. Demak, bir uchrashuv (o‘yin)
davomida sakrab o ‘yin malakasini ijro etish juda ko‘p marta
qaytariladi. Shuning uchun bu sifat aslida tezkor-kuch sifatini
ifoda etsa-da, uni rivojlantirishga va bu sifatni tarbiyalovchi
mashqlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
189
Namunaviy mashqlar:
— 20 kg shtanga (yoki biror yuk) 1,5 daqiqa o‘tirib turish;
— oyoq va belga joylashtirilgan og‘irlik moslamalari bilan imkoni
boricha sakrash;
— 1 daqiqa davomida har 30 sekund dam olishdan so‘ng to‘siq
malakasini taqlid qilish (3—5 marta);
— qurbaqacha sakrash estafetasi;
— kengurucha sakrash estafetasi;
— chumchuqcha sakrash estafetasi;
— qopni kiyib sakrash estafetasi;
— trenajorlarda mashq qilish va hokazo.
7.5.7. 0 ‘yin chidamkorligi
0 ‘yin chidamkorligi — yuqorida qayd etilgan barcha chidam-
korlik turlarini o ‘z ichiga oladi va shuni hisobiga voley-
bolchilarning butun o ‘yin davomida texnik-taktik malakalar
samarasi darajasini susaytirmasdan faoliyat ko‘rsatishiga zarnin
Do'stlaringiz bilan baham: |