Nazorat savollari: 1. Jonlantirish chora-tadbirlari ayting
2. Jonlantirish texnikasini ko‘rsating
3. Kishi yoshiga qarab jonlantirish xususiyatlari aytib byering.
4. Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini qanday tiklash usullari mavjud?
5. Sun’iy nafas byerish va yurakni yopiq massaj qilish usullarini ayting.
MarkA. Friend va James P. Kohn “Mehnat va sog‘liqni muhofaza qilish asoslari” Mavzu : ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLAR UCHUN ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO‘LASH VA HISOB-KITOBNI YURITISH
Bobning maqsadlari: Ushbu bobni nihoyasiga etkazgach siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:·
Ishchi-hodimlarga badal tushunchasini tushuntirib byerish
· Ishchi-hodimlarga badal to‘lash evolyusiyasini ta’riflash
· Ishchi-hodimlarga badal to‘lashga qo‘yiladigan har hil talablarni ta’riflash
Tez yordam ko‘rsatish holatlari Agar hodisa tez yordam bilan hal qilinsa, u ro‘yhatga olinishi shart emas. Ro‘yhatga olish maqsadida “tez yordam” faqatgina davo choralarini bildiradi (bu ro‘yhatga kirmagan har qanday davolash ro‘yhatni yuritish uchun tez yordam hisoblanmaydi):
- Ko‘p miqdorda retseptsiz sotiladigan dorilarning qo‘llanilishi
- qoqsholga qarshi emlashni o‘tkazish
- tyeri ustidagi yara(jarohatlar)ni tozalash, yuvish, nam tortishini kuzatish
- bandajlar, leykoplastirlar, doka bog‘ichlar va boshqalarning, yoki kapalak
bandaj yoki styeril taxta (tasma) lar kabi qoplamalarning qo‘llanishi
- issiq yoki sovuq tyerapiya (davolash muolajasi) ning o‘tkazilishi(qo‘llanishi)
- mahkam qilib ushlab turadigan har qanday bo‘lmagan vositalarning, masalan elastik bintlar, belni o‘rab turadigan moslama(o‘rov)lar, qattiq bo‘lmagan orqa belbog‘lar va boshqalar
- baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan ishchini vaqtinchalik immobilizatsion qurilmalar yordamida tashish
- pufakdagi suyuqlikning quritish yoki bosimini pasaytirish uchun qo‘l yoki oyoq tirnog‘ini parmalash(olib tashlash)
- ko‘z bog‘ichlarining qo‘llanishi
- ko‘zga kirgan yot jismni olib tashlashda yuvish (sprinsivanie) yoki paxta tampondan foydalanish
- ko‘zdan tashqari boshqa organlardagi oskolka yoki yot jismni olib tashlashda yuvishdan, pinsetdan, paxta tampondan yoki boshqa oddiy vositalardan foydalanish
- barmoq himoyalovchilarini qo‘llash
- massajlardan foydalanish
- issiqlik urishini engillashtirish uchun ko‘p suyuqlik ichish
Yozuvlarni kiritish maqsadida davolash shifokor yoki sog‘liqni saqlashning litsenziyali boshqa mutaxassisining faqatgina ko‘rib qo‘yishi va tavfsiyalari uchun qabuliga kirishini o‘z ichiga olmaydi. Shuningdek rentgen, qon tahlili kabi diagnastik muolajalar, faqatgina diagnostic maqsadlarda ishlatiladigan retsept bo‘yicha byeriladigan dorilar(masalan ko‘z qorachig‘ini kengaytiradigan ko‘z tomchilari) han\mda tez yordam ro‘yhatida bor har qanday davolash ro‘yhatga kiritilmaydi.(www.OSHA.gov)
O‘lim holatlari Agar ish joyida baxtsiz hodisa yuz byersa va uning natijasida ishchining o‘limi yoki 3ta va undan ko‘p ishchi (xodim)ning kasalxonaga tushib qolishi kuzatilsa, barcha ish byeruvchilar 8 soat davomida baxtsiz hodisa haqida OShAning eng yaqin offisiga batafsil ma’lumotlarni yetkazishlari kyerak (29SFR 1904.8). Ish beruvchi shaxsan OShAning viloyat ofisiga yoki shtat ofisiga telefon orqali hisobot byerishi kyerak. Jamoatchilik yo‘lida (shosse) yoki quruvchilik zonasida avtomobil avariyasi sodir bo‘lsa, xabar byerish shart emas.