Шахсий ҳаёт безовталиги ҳолатлари
Qoida bo‘yicha ish byeruvchi yaralangan (jarohat olgan) yoki kasal hodiminig shaxsiy hayotini himoya qilishi talab qilinadi. Ish byeruvchi xodimning shaxsiy hayotidagi bezovtalik bo‘yicha yoza turib, uning ismini OShA 300 jurnaliga yozmasligi kyerak. Ish byeruvchi xodimlarning ishi va ismini alohida nomyer bilan ro‘yhat qilib, hukumat so‘ragandagina unga taqdim qilishi kerak. Agar ish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohat yoki kasallik jinsiy tajovuzga olib keladigan tananing intim qismini yoki ko‘payish tizimini o‘z ichiga olsa; psixik kasalliklarga olib kelsa;
VICh-infekiya, sariq kasalligi(gepatit), sil kasalligiga olib kelsa; birovning qoni yoki boshqa potensial yuqumli matyeriallar bilan ifloslangan ukol yoki o‘tkir jarohatlar natijasida yoki boshqa kasalliklar va jarohatlarda xodim mustaqil ravishda va o‘z ixtiyori bilan OShA 300 jurnaliga uning ismi kiritilmasligini so‘rasa, buni shaxsiy hayotining bezovtaligi hodisasi deb hisoblanadi.5
MAVZU: ISHLAB ChIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
YOPIQ VA OCHIQ SHIKASTLANISHLAR VA ULARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
Reja:
1. Shikastlanishlar haqida tushuncha va shikastlanish turlari.
2. Yopiq shikastlanishlar, sabablari, turlari, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
3. Ochiq shikastlanishlar, sabablari, turlari, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Tayanch so‘zlar: shikastlanish, lat eyish, qon quyilishi va ko‘karish (gematoma),
shikastlanish toksikozi, immobilizasiya, transport immobilizasiyasi, gemartroz.
Shikastlanishlar haqida tushuncha va shikastlanish turlari.
Shikastlanish - deb tashqi omillar ta’sirida odam organizmi to‘qimalarining anatomik butunligining va funksiyasining buzilishiga aytiladi.
Shikastlanishning quyidagi turlari bor:
1. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar:
a) sanoatda b) qishloq xo‘jaligida
2. Ishlab chiqarishdan tashqaridagi shikastlanishlar:
a) uy-ro‘zg‘ordagi b) transportdagi v) sportdagi
3. Qasddan bo‘ladigan shikastlanishlar.
4. Harbiyda bo‘ladigan shikastlanishlar
Ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra
1. Mexanik: urilganda, yiqilganda, portlovchi to‘lqin ta’siri.
2. Fizik: kuyishlar, sovuq oldirishlar, elektr toki ta’siri, singuvchi radiasiya.
3. Kimyoviy: kislota, ishqor va zaxarli moddalar ta’siri.
Olinayotgan jarohatga ko‘ra shikastlanishlar yopiq va ochiq turlarga bo‘linadi.
Yopiq shikastlanishlar - teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmasdan kechadi.
Ochiq shikastlanishlar – teri va shilliq qavatlarning butunligini buzilishi bilan kechadi.
2. Yopiq shikastlanishlar, sabablari, turlari, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Turli favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarning ko‘pchiligini yopiq shikastlanishlar tashkil qiladi. Yopiq shikastlanishlarda tyeri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmaydi. Lekin zararlanish turli organ va to‘qimalarga, yumshoq to‘qimalarga, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i organlariga, bosh miyaga, bo‘g‘imlarga, siydik tanosil organlariga tarqalishi va ularda lat eyish, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, bo‘g‘imlarning chiqishi, yumshoq to‘qimalarni tuproq, buzilgan binolar va inshootlarning bo‘laklari bilan ezilishini vujudga keltiradi.
Lat eyish - yopiq shikastlanish bo‘lib, qattiq jismlar bilan urish yoki qattiq jismga urilish natijasida vujudga keladi va yumshoq to‘qima-larni qorin va ko‘krak bo‘shliqdagi turli organlarni zararlanishi bilan xaraktyerlanadi. Lat eyish natijasida vujudga keladigan o‘zgarishlar xaraktyeri va og‘ir engilligi urilish kuchiga jismning kattaligiga, og‘ir-ligiga , shakliga, shikast byeruvchi jismning yo‘nalishi va davomiyligiga, tananing zararlangan joyini kattaligiga va ahamiyatliligiga va shikast byerish vaqtidagi anatomo – fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Lat eyish vaqtida tyeri osti yog‘ qavatidagi limfatik va qon tomirlar u yoki bu darajada zararlanib, lat eyish belgilarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lat eyishning belgilari unchalik ko‘p emas, lekin ular shunday aniq va ravshan yuzaga keladiki, tashxis qo‘yish juda oson bo‘lib qoladi: og‘riq, shish, ko‘karish ( qon quyilishi, gemotoma) funksiyaning buzilishi. Og‘riq - har xil intensivlikda bo‘lib, zararlanish zonasi va nyerv va qon tomirlari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Ba’zan kuchli og‘riqlar travmatik shokka olib kelishi mumkin (oyoq yoki qo‘lning yumshoq to‘qimalarini ezilishi, qorinni lat eyishi, yirik nyerv tolalarining yopiq shikastlanishi) Og‘riqning xaraktyeri organizmning og‘riqqa shaxsiy moyilligiga ham bog‘liq.
Shish - yumshoq to‘qimalarga qonning shimilishi va aseptik yallig‘lanish natijasida ro‘y byeradi. Shishning kattaligi yog‘ qavatini kattaligiga bog‘liq: yog‘ qavati qancha katta bo‘lsa shish ham katta bo‘ladi.
Qon quyilish va ko‘karish (gematoma) - qon tomirlarining urilish zahoti yoki bir necha soat keyin uzilishi natijasida ro‘y byeradi. Uning kattaligi uzilgan tomirning kalibiriga, qonning ivishiga, teri osti yog‘ qavatiga bog‘liq. Teri qavatlari dastlab to‘q ko‘kimtir rangga, keyinchalik gemoglabinni parchalanishi natijasida yashil va sariq rangga kiradi. Funksiyaning buzilishi dastlab organizmning shikastlanishga qarshi himoya reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi va uni lat eyish joyiga, shikastlangan odamni og‘riqqa bo‘lgan reaksiyasiga va shikastlanish natijasida ro‘y byergan o‘zgarishlar xaraktyeriga bog‘liq. Organning funksiyasini buzilishi uning to‘qimala-rida qon va limfaning shimilishi natijasida ro‘y byeradi. Mahalliy va umumiy haroratning ko‘tarilishi katta gematomaning so‘rilishi yoki uning yiringlashi natijasida ro‘y byeradi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish – lat eyish ro‘y byergan zahoti o‘sha joyga siqib turuvchi bog‘lam qo‘yish, iloji bo‘lsa, lat egan joyga dam – badam sovuq jismlar bosish, muz xaltasini qo‘yish 40-50 minutdan keyin 10-15 minut dam byeriladi. Yana qaytariladi. Sovuqning qo‘llanilishi qon quyilishini kamaytiradi, to‘xtatadi, og‘riqni kamaytiradi. Siqib bog‘lash natijasida zararlangan tyeri osti qon tomirlari bosilib, shishni kamaytiradi. Katta miqdordagi lat eyishlarda bemorni harakatlari chegaralanib, (immobilizasiya) og‘riqni qoldiruvchi vositalar byeriladi.
Davolash – lat egan vaqtdan 2-3 kun o‘tgach issiq muolajalar qo‘llaniladi (iliq isitgich qo‘llash, isituvchi kompress, su vvannalari) massaj (uqalash), davolash gimnastikasi qo‘llaniladi. Katta o‘lchamli lat eyishlarda, rentgen orqali tekshirib, suyaklar sinishi bor yo‘qligini aniqlash kyerak. O‘zicha so‘rilib ketmaydigan katta gematomalarni punksiya qilinib, ketidan antibiotiklar yuboriladi, ba’zan jarrohlik yo‘li bilan ivigan qon olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |