RADIATSION, KIMYOVIY VA BAKTERIOLOGIK XAVFLARNING
NAZARIY ASOSLARI
MAVZU: RADIATSION XAVFLAR
Reja:
1. Radiatsion xavflar va radiatsion xavfli ob’ektlar.
2. Yadro quroli va uning zararlovchi omillari.
3. Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri.
4. O‘tkir nur kasalligi va unda bemorlarni parvarish qilish.
Tayanch so‘zlar: radiaktiv moddalar, radiasion zararlanish o‘chog‘i, yadro, quroli va uning zararlovchi omillari, zarb to’lqini, yorug’lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya, joylarni radiaktiv moddalar bilan zararlanishi, o‘tkir va surunkali nur kasalligi.
Radiatsion xavflar va radiatsion xavfli ob’ektlar.
Hozirgi kunda har bir sanoat va fan-texnika sohasida radiaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan keng foydalanilmoqda. Yadro enyergetikasi jadal rivojlanmoqda. Respublikamizning Jizzax viloyati hududida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanish jarayonida. Yadro materiallarini tashilishi, saqlanishi va qayta ishlanilishi jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar atrof-muhitning ifloslanishi, odamlar, hayvonlar va o‘simliklar dunyosiga zarar etishi uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi.
Tuproqda, suvda yoki havoda radiaktivlik darajasi yo‘l qo‘yiladigan konsentrasiyadan ortib ketsa, radiaktiv ifloslanish yuzaga keladi. Bu favqulodda holat sifatida aholini himoya qilish bo‘yicha tegishli xizmatlarning keyingi harakatlari va hududni hamda undagi ob’ektlarni zararsizlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
Radiatsion xavfli ob’ektlar – bu xalq xo‘jaligi faoliyatida qo‘llaniladigan ionlantiruvchi nurlantirish manbalaridir.
Radiatsion xavfli ob’ektlarga quyidagilar kiradi:
Atom elektr stansiyalari
Yadroviy yonilg‘i ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari
Radioaktiv chiqindilar kumiluvchi korxonalar
Yader reaktorlari bilan ishlovchi ilmiy-izlanuvchi tashkilotlar
Harbiy ob’ektlar
Yadroviy moslamalarni tashish
Radiatsion avariyalar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Lokal: birgina binoning o‘zida kuzatiladigan radioaktiv avariyalar
2. Mahalliy: AES binosi va xududida kuzatiladigan radiasion avariyalar
3. Umumiy: AES hududi va undan tashqari kuzatiladigan radiasion avariyalar
Radiatsion avariyalarning asosiy zararlovchi omillari:
Tashqi nurlanish ta’siri ( γ-rentgen, β-γ, γ-neytron nurlanish)
Radionuklidlarni odam organizmi ichiga tushishi natijasida ichki nurlanish (α va β-nurlanish)
Odam organizmiga radiasiyaning ham ichki, ham tashqi ta’siri
Radiatsion va noradiasion omillarning ta’siri (mexanik va tyermik jarohat, kimyoviy kuyish va intoksikatsiya).
O‘zbekiston hududida ham bir qator radiasion xavfli ob’ektlar faoliyat yuritadi. Uran rudalarini qazib olish va birlamchi ishlov byerish bilan shug‘ullanuvchi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Angren ko‘mir koni, Chorkesar qishlog‘i va Yangiobod qo‘rg‘oniga yaqin joydagi radiaktiv chiqindilar, Uchquduq, Zafarobod va Nurobod shaharlari atrofidagi ruda konlari va b. shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |