Universiteti psixologiya kafedrasi


Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Download 282,2 Kb.
bet29/41
Sana16.06.2022
Hajmi282,2 Kb.
#677400
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
umumiy psixologiya

Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari


Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baxolashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon bo‘ladi. Ular shu kungacha mexnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mexnat maxsulining sifati ustida bosh qoidaga boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy xayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. U turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan xayot tajribasiga suyangan xolda munosabatda bo‘ladilar, xar bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Xayotda
qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda yetti o‘lchab, bir kes kabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. Shuning uchun ular umrning biror daqiqasi bexuda o‘tishiga achinadilar, yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmanddik bilan to‘ldirishga intiladilar.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. Shu sababli yosh davrining chegaralari faqat shartli belgilanadi Leu omil odamlar yashayotgan oila muxitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jug‘rofiy iqlim va xokazolarga xam bog‘liqdir. Mazkur yosh davrining o‘zgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muxit, uzlo‘qsiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi.
Y.N.Kulyutkin bir xil yosh davridagi odamlarda xar xil jarayonlar, xolatlar, xossalar, xususiyatlarning o‘sishi, o‘zgarishi baravar emas, balki ularning birovda oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda, aksincha, rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisining jadal sur’at bilan ustirishini o‘qtiradi.
Shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida ma’naviy va ruxiy jixatdan o‘zini anglashini yanada takomillashtiradi. Yetuklik davridagi erkak va ayollarning o‘zligini anglashdagi "Men" uch xil ko‘rinishda ifodalanadi: "Men" ko‘pincha "Men — obraz" shaklida o‘zi tomonidan ttalqin qilinadi. Shaxsning "Men — obrazi": 1) retrospektiv "Men"dan iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks etiradi; 2) aktual "Men" sifatida tasavvur etilib, o‘zining xozirgi davrini ifodalaydi; 3) ideal "Men" obrazi esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasavvur qilish tuyg‘usi bilan bog‘lik xolda yaratiladi. Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini xayotda to‘la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabxalarida o‘zining o‘tmish obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishidan xozirgi kunga, xozirgi kundan kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari xam mavjud bo‘lib, ular o‘zini o‘zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, ko‘lga olish, o‘ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar: a) tengdoshlari; v) o‘zidan kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi.
U mazkur yosh davridagi odamlarning ko‘rish maydonini o‘rgangan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 36-50 yoshli erkaklarda ko‘rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: normadan ortiq 4 foiz, normada 53 foiz, qolganlari normadan kam. Y.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8; 93,7; 99,0 birliklarga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni binokulyar va monokulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.
Qator olimlar (Klapared, Mayls, Bellis, Filip) mazkur yoshdagilarning tovush va yoruishkdan ta’sirlanish vaqti o‘zgarishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy axamiyatga ega bo‘lib, o‘z qimmatini xozirgacha saqlab kelmoqda. Fulds, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intellektning mantiqiy qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda esa 75 foiz bo‘lishini aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatga kirish xususiyatini faollik nuqtai nazaridan o‘rgangan V.SHevchuk 35 yoshdagi odamlarning 6,2 foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2 foizi qatnashishni xoxdaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Bu xolat shu tarzda davom etadi.
Z.F.Yesareva oliy maktab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishini aniqlagan.
Umuman, Yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mexnat va ijtimoiy faoliyatlarga bag‘ishlagani bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib borishi bilan farqdanadi. Chunki insonning keksayishi xam quvonchli, xam o‘kinchli damlarga, kechinmalarga, xis-tuyg‘ularga serobligi bilan boshqa yosh davridagi odamlardan ajralib turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqdashish
tuyg‘usi o‘rtasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, ya’ni mexnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan xolatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqlir.
Xozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyb bir yarim — ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi erkak va ayollarning jismoniy baquvvatligi, ma’naviyati va ruxiyati tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish xaqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobilshggi, kasbiy maxorati, turmush tajribasi, ongining yo‘qsakligi, ma’naviyatining boyligi, ruxtitining sofligi yangi zafar, mexnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.



Download 282,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish