Eron Janubiy-Farbiy Osiyodagi davlat bo‘lib. o‘rta-Sharq mamlakatlari guruhiga kiradi. Hududi 1648 ming kv.km. Aholisi 64.7 mln kishiga yaqin. Yirik shaharlari: Tehron (6.5 mln. aholi). Mashhad (1.8 mln). Isfaxon (1.1 mln). Tabriz (1.1 mln). SHeroz (965 ming). SHimolda Kaspiy dengizi. janubda Fors. Ormuz va Ummon qo‘ltiqlari bilan o‘ralgan. bu qo‘ltiqlardagi Keshm. Xo‘rmuz. Xark va boshqa orollar ham Eron mamlakatiga tegishli. Aholisining etnik tarkibi: forslar 65%. ozariylar 18%. kurdlar 5%. lurlar. arablar. turkman va blujlar. umuman 30 dan ortiq xalqlar yashaydi. Rasmiy tili Fors tili hisoblanadi. Islomning shia yo‘nalishiga aholining 90%i e‘tiqod qiladi.
Eron 1979 yilning 1-aprelida Islom Respublikasi deb e‘lon qilingan. Ungacha rasman
«Eron shaxanshoh davlati» deb yuritilar edi. 1979 yilning 11 fevrali milliy bayram kuni. ya‘ni SHoh hokimiyatini ag‘darilgan kun. Xozirigi kunda davlat qo‘shilmaslik harakatiga qo‘shilgan.
Bu mamlakat tarihida Iroq bilan bo‘lgan 1980-1988 yillardagi uzoq muddatli urushni alohida ta‘kidlab o‘tish zarur. chunki urush yillari yiliga 14-15 mlrd AQSH dollari hajmida harajatlarni talab qilar etdi. Oqibatda davlat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazildi.
Eron agrar industrial davlat bo‘lib. uning iqtisodiyotida neftni qazib olish va qayta ishlash sanoati muhim o‘rinni egallaydi. Bu soha yalpi ichki mahsulotning katta qismini tashkil
etadi. U davlat byudjetining uchdan birini tashkil etadi. Valyuta kirimining 37%ini ta‘minlaydi. 1960 yildan OPEK a‘zosi. neft‘ qazib oluvchi davlatlar ichida Saudiya Arabistoni va RF dan keyingi o‘rinda turadi. YaMM 310 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga esa 4720 AQSH dollarni tashkil etadi.
Mamlakatda temir yo‘llari uzunligi 4850 km. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi 140.1 ming km. ichki daryo yo‘llari 904 km.ni tashkil qiladi.
Mamlakatda ijtimoiy muammolar anchagina. mehnatga yaroqli aholining 20%ishsiz. valyuta-moliyaviy ahvoli ham ancha mushkul. davlat byudjetining kamomadi 3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Mamlakatning tashqi qarzi 12 mlrd. AQSH dollar. amaldagidan 2-3 marta ortiq. tashqi savdo aylanmasi 45 mlrd. AQSH dollari atrofida. kamomadi 5 mlrd. AQSH dollar. ya‘ni passiv sal‘do. Mamlakatning asosiy savdo sheriklari Yaponiya. Germaniya. Italiya va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar. ularga savdo aylanmasining 75%i to‘g‘ri keladi.
Mamlakat yer yuzasining yarmidan ko‘prog‘ini tog‘lar tashkil etadi. Eron jahondagi eng qadimiy davlat bo‘lib. tarixi va madaniyati nihoyatda boy. Eronda xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Lekin shunga qaramasdan turizm nihoyatda darajada sust rivojlangan. Xozirgi kunda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari. siyosatning demokratlashtirilgani tufayli turizm ancha jonlandi. 2002 yilda Eron Islom Respublikasiga 1.342 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgani kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 1.6% ga o‘sgan. Janubiy Osiyo mamlakatlariga qilingan tashriflarning 22% Eron Islom Respublikasiga to‘g‘ri kelgan.
Eron Islom Respublikasining xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 0.19%i. Janubiy Osiyo mintaqasiga qilingan tashriflarning 22%i Eron Islom Respublikasiga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 1.6% ga ko‘paygan.
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.2%i. Janubiy Osiyo mintaqasi tushumlari bo‘yicha 21.7%ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 1.5%ga o‘sganligi kuzatilgan (5.14.1-jadval).
Har bir xorijiy tashrif Eron Islom Respublikasida 750 AQSH dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha 11.1%ga. Osiyo mintaqasi bo‘yicha 4.2% ga yuqori bo‘lgan.
Qadimdan O‘zbekiston va Eron munosabatlarida hamma sohalarda mushtaraklik mavjud bo‘lgan.
Eron Islom Respublikasi 1991 yil 25 dekabrda O‘zbekiston Respublikasini tan oladi va 1992 yilning 10 mayida diplomatik munosabatlar o‘rnatiladi. o‘zaro elchixonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Buyuk Ipak Yo‘li Mashhad orqali o‘tganligi munosabati bilan siyosiy. iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixan rivojlangan. Hozirgi kunda Osiyo mintaqasida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarda muhim o‘rinni egallayotgan Eron Islom Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi munosabatlari yangi bir pallaga kirib bormoqda va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatilmoqda. O‘zbekistonda Eron Islom Respublikasi bilan 35 tadan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.