Afrika mintaqasining umumiy maydoni 30.3 mln. kv.km. Afrika mintaqasi hududi shimoldan janubga 8 ming km. ga. Farbdan Sharqqa tomon esa 7.5 ming km. ga cho‘zilgan.
Dunyodagi hech qaysi materik mustamlakaChilik zulmi va qul savdosi bo‘yicha Afrikachalik jafo chekkan emas. XX asr boshiga kelib butun Afrika mustamlaka materigiga aylandi va bu hol ko‘p jihatdan hamma sohalarda qoloq bo‘lib qolishini belgiladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakaChilik tizimi qadamma-qadam tugatila bordi va hozirgi kunda mintaqada 55 mustaqil mamlakatlar mavjud. Bularning deyarli barchasi ozodlikka erishgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Janubiy Afrika respublikasi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar toifasiga kiradi. Afrika ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatgichlari bo‘yicha boshqa mintaqalardan ancha orqada. Buning ustiga bu qoloqlik xatto hozirgi kunda ortib bormoqda.
Afrika mamlakatlarining ko‘pchiligi hududiga ko‘ra Yevropa mamlakatlaridan yirikdir. Afrika mintaqasida hududiga ko‘ra eng katta mamlakat Sudan (2.5 mln. kv. km.) hisoblanadi. U Yevropa mamlakatlarining eng kattasi bo‘lgan Frantsiyadan 4-5 baravar katta. Jazoir. Zoir. Liviya. Angola. Efiopiya. JAR ham maydoniga ko‘ra Frantsiyadan 2-3 baravar katta. Afrika mintaqasida yer resurslari ancha katta bo‘lishiga qaramasdan yer osti boyliklari. foydali qazilmalari. suv resurslari nihoyatda notekis taqsimlangan. bunday holat Afrika mintaqasi mamlakatlarini rivojlanishiga katta to‘sqinlik qiladi.
Afrika yer yuzidagi «eng issiq materik». binobarin u issiqlik resurslari bilan juda yaxshi ta‘minlangan. Biroq materik hududi bo‘ylab suv resurslari nihoyatda notekis taqsimlangan. Bunday holat qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarining rivojlanishiga va umuman aholisining hayotiga juda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Afrika mintaqasi aholisining etnik tarkibi bilan bog‘liq muammolar ham talaygina va juda xilma-xildir. Etnograf olimlar materikda 300 dan 500 tagacha etnosni. ya‘ni xalq. qabila. qavm. urug‘ elat va hokazolarni ajratadilar. Ularning ayrimlari. ayniqsa Shimoliy Afrikada. yirik millatga aylanib bo‘ldilar. biroq ko‘pchiligi hamon elat va qabila darajasida qolib kelmoqdalar. buning ustiga ko‘p joylarda urug‘-qabilaChilik tizimini qoldiqlari saqlanib kelmoqda.
Afrikaning ozodlikka erishgan mamlakatlarida ilgari. ya‘ni mustamlakaChilik davridagi chegaralar hamon saqlanib kelmoqda: vaholanki. ular bir vaqtlar aholining etnik xususiyatlarini hisobga olmay o‘tkazilgan edi. Buning natijasida ko‘plab yaxlit xalqlar davlat chegarasining ikki tomonida qolib kelmoqda. Bu hol hanuz etnoslararo ziddiyatlar va hududiy ixtiloflarga sabab bo‘lmoqda. ular ko‘pincha harbiy to‘qnashuvlarga. «etnik qochoqlar» sonining ko‘payib ketishiga olib kelmoqda. O‘tmish sarqitlaridan yana biri shuki. xanuz ko‘pChilik Afrika mamlakatlarida davlat tili sobiq metropoliyalar tili. ya‘ni ingliz. frantsuz. portugal tillari bo‘lib qolmoqda.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jiddiy muammolar mintaqada nafaqat xalqaro turizmini boshqa sohalarni ham rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatib kelmoqda.
Afrika juda katta tabiiy va aholi salohiyatiga qaramay. hamon dunyo xo‘jaligining hamma sohalari bo‘yicha eng qoloq qismi bo‘lib kelmoqda. Binobarin. mintaqa hozirgi rivojlanish bosqichining bosh vazifasi ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlarni jadallashtirish orqali. murakkab muammolarni o‘z vaqtida hal etishdan iboratdir.