Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Saudiya Arabistoni mamlakati turizmi



Download 1,22 Mb.
bet63/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Saudiya Arabistoni mamlakati turizmi


Saudiya Arabistoni Janubiy-Farbiy Osiyodagi podshohlik Arabiston Yarim orolining 80% dan ortig‘ini hamda g‘izil dengiz va Fors qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi bir qancha orollarni qamrab olgan. hududi 2.15 mln kv. km. Poytaxti – Ar-Riyod. Boshqa yirik shaharlari Jidda. Makka. Madina. Al-Taif. Aholisi 18.8 million kishiga yaqin tub xalqi asosan arablardan iborat. rasmiy til arab tili. ingliz tili ham keng ishlatiladi.Davlat dini – Islom dinidir. Podshohlikda islom dinining asosiy muqaddas qadamjolari bo‘lgan Makkai-Mukkarama va Madinai-Munavvara joylashgan. OPEK a‘zosi. Jahonda neft‘ ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. 23 sentyabr podshohlik e‘lon qilingan kun – milliy bayram hisoblanadi. Davlat va din boshlig‘i podshoh bo‘lib. u bir vaqtning o‘zida hukumat boshlig‘i. qurolli kuchlar qo‘mondoni va bosh hakam hisoblanadi. hukumat vakillari asosan podshoh oila a‘zolaridan tashkil topadi. 1992 yilning 29 fevralida hukumatning maxsus yig‘lishida qirol Fahd uchta farmonni e‘lon qiladi. «hokimiyat tizimi asoslari». «hududiy tuzilish tizimi». «Maslahat kengashi to‘g‘risidagi nizom». Birinchi marta davlat qurilishi va davlatni boshqarishning umumiy tamoyillarini mustahkamlab. yuridik hujjatlar qabul qilingan. Yangi maslahat organi – Maslahat kengashi tashkil etildi. bu organ podshoh tomonidan to‘rt yilga tayinlanadi. Kengash mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro bitimlar to‘g‘risida xulosalar tayyorlaydi. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati rasman ta‘qiqlangan. Saudiya Arabistonining hozirgi chegarasi 1926 yilning yanvarida vujudga kelgan. 1970 yillardagi neftga bo‘lgan talab ortganligi tufayli. bu mamlakat katta boylikka ega bo‘ldi. undan tashqari mamlakat nihoyatda qulay harbiy strategik sharoitga ega. SHular tufayli jahonda ayniqsa musulmon davlatlarida uning nufuzi keskin ortdi. Neft‘ ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha 1960 yilda OPEK tashkilotiga a‘zo bo‘lgan. Bu mamlakat jahondagi barcha neft‘ zahiralarining 25% ni tashkil etadi. SHu sababli mamlakat iqtisodiyoti neft‘ sanoati bilan chambarchas bog‘liq. YaMM ning 80% shu soha bilan uzviy bog‘langan.
Saudiya Arabistoni uzoq vaqtlar tuyaChilik. finik xurmolar yetishtirish. xajga boruvchi musulmonlarga xizmat ko‘rsatishdan daromad qilar edi. Hozirgi kunda uning iqtisodiyotini asosini neft‘ qazib olish tashkil etadi: mamlakat eksportining 95% ni neft‘ tashkil qiladi.
Arabistonda hozirda o‘ta zamonaviy avtomobil‘ yo‘llari. aeroportlar. El Jubayl va
Yanbu singari yirik sanoat majmualari. obod shaharlar bunyod etilgan.
So‘ngi yillarda Fors qo‘ltig‘ining neft‘ qazib oluvchi mamlakatlari yirik imigratsiya rayoniga aylangan. Bu yerda arab va noarab mamlakatlaridan kelgan 6 mln. chet ellik yashaydi va ishlaydi. Ularning bu yerga ish haqining yuqoriligi jalb qilgan. CHet elliklar Saudiya Arabistonida ish bilan band barcha aholining yarmini tashkil etadi. Ular qo‘li bilan shaharlar va yirik avtomobil‘ yo‘llari quriladi. neft‘ qazib olinadi.
Saudiya Arabistonida butun dunyo musulmonlarining muqaddas shahri bo‘lmish Makkaga «Makkai Munavvaraga». bu yerdagi Masjidi jome xovlisida muqaddas Ka‘ba joylashgan va payg‘ambarimiz janobi Rasulullox Muhammad salallohu alayhi vasssalam dafn etilgan shahar – Madinaga «Madinai Mukarrama»ga yiliga 2 mln.ga yaqin musulmonlar hajga boradi. Boshqa dinlarga e‘tiqod qiluvchilarning bu shaharlarga kirishi man etilgan.
Saudiya Arabistoni poytaxti – Ar-Riyod dunyodagi eng tadrijiy rivojlanayotgan shaharlardan biridir. Uning aholisi 1960 yil 160 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa. 2000 yilga kelib 2 mln. dan oshib ketdi. Vazirliklar. banklar. mehmonxonalar odatda 7-8 qavat bo‘lib. o‘ziga xos nafis arxitekturasi bilan ajralib turadi. Ko‘chalar chekkasiga yashil o‘simliklar ko‘p ekilgan. sanoat korxonalari esa shahar tashqarisida joylashgan.
Saudiya Arabistonida asosan diniy turizm rivojlangan. har yili O‘zbekistondan 5 mingdan ortiq musulmonlar haj va umra amallarini bajarish uchun safar qiladilar.
Yaqin-Sharq mintaqasiga qilingan xorijiy tashriflarning 27.2%. xalqaro turizm tushumlarining 28.9% Saudiya Arabistoni mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan xalqaro turizm harakatlarining 12% ga o‘sganligi kuzatilgan.
Saudiya Arabistoni mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 1.07%i. Yaqin Sharq mintaqasiga qilingan tashriflarning 27.2%i Saudiya Arabistoni mamlakatiga to‘g‘ri keladi (7.3.1-jadval).
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.78%i. Yaqin Sharq mintaqasi tushumlari bo‘yicha 28.9% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistik tashriflar 11.7% ga. daromadlar miqdori 12.0% ga o‘sganligi kuzatilgan.
2002 yilda har bir xorijiy tashrif 497 AQSH dollarni tashkil qilgan. har bir xorijiy turistik tashriflar ko‘rsatgichi jahon bo‘yicha ko‘rsatgichdan 23.4% ga past. Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha 5.7% ga yuqori bo‘lgan. Tahlil natijalari Saudiya Arabistonida xalqaro turizm yaxshi rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston Respublikasini 1991 yil yanvarda tan olgan va 1992 yilning 20 fevralidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikki mamlakat o‘rtasida yaxshi siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar mavjud. Davlat elchixonalari faol ish olib bormoqda.

    1. Download 1,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish