Koreya Respublikasi Koreya yarim oroli Osiyo qit‘asining Shimoliy-Sharqiy qismida joylashgan bo‘lib. shimoldan janubga tomon uzunligi 800 km. g‘arbdan Sharqqa esa 360 km. dan 122 km. gacha cho‘zilgan. hududi 98.480 kv.km. Aholisi 45.522 mln. kishi. YaMM 680 mlrd. AQSH dollariga teng. aholi jon boshiga 15000 AQSH dollar.
Koreya Respublikasining temir yo‘llari uzunligi 6.763 km. avtomobil‘ yo‘llari 63200 km. ichki suv yo‘llari 1.609 km. Asosiy portlari: Pusan. Mokpxo. Asosiy savdo sheriklari AQSH. Yaponiya. Yevropa ittifoqi. ASEAN mamlakatlari va Xitoy Xalq Respublikasi.Koreya davlatini bugungi kunda «To‘rt ajdaho» yoki «Osiyo yo‘lbarsi» deb atashmoqda.Koreya Respublikasi jo‘shqin rivojlangan agrar-industrial mamlakat. Koreya yangi industrial mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotini yillik o‘sish sur‘atlari 8% ni tashkil qiladi.
Koreyada biotexnologiya. geninjeneriyasi. lazer kompazitsiya materiallari kashf qilish borasida faol ilmiy-texnik ishlar olib borilmoqda. Janubiy Koreya uyushmalari kundan-kunga rivojlanib. g‘arbning yetakchi kompaniyalari bilan raqobatlashmoqda. Samsung. LJ. DEU kompaniyalari jahonning yirik 100 ta korporatsiyalari qatoridan o‘rin oldi. Davlatning iqtisodiyotdagi faol ishtiroki natijasida milliy monopoliyalar soni ko‘paydi. Bugungi kunda dunyodagi 500 ta yirik korxonalardan 11 tasi Koreyada joylashgan.
Koreya Respublikasida boshqa sohalar qatorida turizm sohasiga ham katta ahamiyat berilgan. Turistik potentsiali juda katta. Mamlakatda turistik imkoniyatlarni mahsulot sifatida ishlab chiqarishning o‘ziga xos usul va uslublari o‘zlashtirilib olingan. Xalqaro turizm mamlakat iqtisodiyotining eng serdaromad sohasiga aylangan. «Pekij tur» va ishbilarmon turizm rivojlangan. 2000 yilda 5.322 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 1999 yilga nisbatan 14.2% ga o‘sish kuzatilgan. 2000 yilda jahon turizm harakatlari 5.8% ga o‘sgan edi. Koreya turizm bozorini asosan Yaponiya. Germaniya. Buyuk-Britaniya. AQSH. Tailand. Avstraliya. Yangi Zelandiya mamlakatlari ta‘minlaydi. Koreya aholisi Singapur. Indoneziya. Xitoy. Tayvan‘. Tailand. Avstraliya. Yaponiya. Filippin mamlakatlariga sayohatlar uyushtiradilar. Koreya Respublikasi xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 0.76%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qilingan tashriflarning 4.1%i Koreya Respublikasiga to‘g‘ri keladi.