Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining turizmi



Download 1,22 Mb.
bet57/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining turizmi


Janubiy-Sharqiy Osiyoning turizm industriyasi rivojlangan mamlakatlari Singapur. Malayziya. Indoneziya. Tailand. Filippin. Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarida xalqaro turizm tez sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu hudud tarkibidagi turli mamlakatlar turizmning turli xil moddellariga ega.1990 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatalariga 21.5 mln. xorijiy turistlar tashrifi kuzatilgan bo‘lsa. 1995 yilga kelib ularning soni 29.2 mln. kishiga yetadi. Besh yil ichida o‘sish sur‘atlari 37.2% ga o‘sganligi kuzatilgan. 2000 yil ushbu mamlakatlar turizm markazlariga 37 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 2001 yilda bu ko‘rsatkich 40.2 mln. kishini tashkil etgan.

Malayziya davlatining turizmi


Malayziya XX asr oxirlarida iqtisodiy rivojlanish sur‘atlari jihatidan Osiyo-Tinch okeani hududidagi davlatlar ichida yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan davlatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Malayziya Janubiy-Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat bo‘lib. uning hududi 332.8 ming kv. km. Ma‘muriy-hududiy jihatidan 13 shtat va 2 federal okrugga (Kuala Lumpur va Labuan orollari) bo‘linadi. Aholisi 20.1 mln. tub aholisi 55% ni tashkil etadi. Aholisi tarkibi turlicha. agar Yaponiya. Koreya. Xitoyda mahalliy aholi xal qiluvchi o‘rinni egallasa. bu yerda boshqa xalqlar aholining deyarli yarmini tashktl etadi. Davlat tili – malay tili. ingliz. xitoy. tamil‘ tillari rasmiy tillar sifatida tan olinadi.
Malayziya XVI asrdan boshlab Portugaliyaning. 1641 yildan Niderlandiyaning. 1824 yildan Buyuk-Britaniyaning mustamlakasi bo‘lgan. 1941-1945 yillari esa uni Yaponiya bosib oladi.
Malayziya mustaqillig 1957 yilning 31-avgustda e‘lon qilingan. va qaramlikdan ozod bo‘lgan. 1963 yilning 16 sentyabrida mamlakat Singapur. Sarovan va Sabax orollari bilan birlashib. Malayziya federatsiyasi nomini oladi. 1967 yildan buyon Malayziya ASEAN tashkilotiga a‘zo bo‘lib. bu mamlakatga Bruney. Indoneziya. Filippin. Singapur. Tailand. Malayziya va V‘etnam mamlakatalari kiradi.
XX asrning 1980-90 yillari mamlakatda yuksalish davri bo‘ldi. Iqtisodiyot yiliga
o‘rtacha 7.5-11% ga o‘sib borishi kuzatildi. Savdo va xizmatlar ko‘rsatish tovar aylanmasi esa bundan ham tezroq rivojlana boshladi. Xo‘sh bu davlatdagi iqtisodiyotning taraqqiyot sirlari nimada? Ular bir nechta bo‘lib. ayrimlarini sanab o‘tamiz.
Davlat iqtisodiyotda faol rol‘ o‘ynaydi. davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish va sof bozor munosabatlari o‘zaro qo‘shilib ketgan. Iqtisodiyot uzoq davrga rejalashtiriladi: erkin bozor va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. davlat tomonidan investitsiyalash keng yo‘lga qo‘yilgan. Turli millat vakillari va dinlar o‘rtasida ixtilof va kelishmovChilik deyarli bo‘lmagan.
Malayziyaning iqtisodiy rivoji asosan uch omilga: kauchuk. pal‘ma yog‘i qalay ishlab chiqarishga bog‘liq. Mamlakat shu uch mahsulotni eksport qilish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi.
1982-92 yillar oralig‘ida ayniqsa. xususiy tarmoq yuqori unumdorlikka erishdi. ishlab chiqarish tarmoqlari bilan bir qatorda. nisbatan yangi xizmat ko‘rsatish sohalarida muhim muvaffaqiyatlar qozonildi. An‘anaviy sohalar vujudga keldi va eng muhimi ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyo raqobat kurashida yengib chiqib yetakchi o‘rinlarni ekalladi. Elektron sanoatni rivojlantirish yetakchi soha deb hisoblanadi va bu borada boshqa ilg‘or mamlakatlar bilan yaxshi va samarali hamkorlik olib borilmoqda. Ayniqsa Yaponiya va AQSH ishbilarmonlari bu mamlakatga alohida mehr bilan intilmoqdalar.
Mamlakatda temir yo‘llar uzunligi 1800 km.. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi esa
39.100 km. Asosiy portlari: Jorjtaun. Kelang. Kuangan. Kota-Kinabalu. Kuching. Miri. Sandakan. Sibu.
YaMM – 166.8 mlrd. dollar. jon boshiga 8650 dollarni tashkil etadi.
Malayziyaning yetakchi mutaxasislari mamlakatning iqtisodiy rivojlanish omillarini quyidagicha ifodalamoqdalar: xususiy va davlat tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlik. nazorat va intizomning mavjudligi. bilimli. ahloqli ishchi kuchi. ijobiy o‘zgarishlarni istovchi va yangi sharoitlarga tezlikda moslasha oluvchi hukumat borligi. Demak erkin bozor munosabatlari mavjudligi bilan birga. davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishga faol ishtiroki muvaffaqiyat garovidir va undan tashqari. rivojlanishning yana bir muhim omili. xalq xo‘jaligiga chet el kapitali. ya‘ni sarmoyalar qo‘yilishining o‘sib borishidir.
Mamlakatda yirik ishlab chiqarish bilan birga. kichik ishbilarmonlik. xizmat sohalari va ayniqsa turizmning o‘sish sur‘atlari. iqtisodiyotga ijobiy ta‘sir etib kelmoqda.
Malayziya. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari xalqaro turizm faoliyatini rivojlanishida juda katta rol‘ o‘ynaydi. asosan Singapur mamlakati. har yili chet ellardan tashrif buyuradigan mehmonlarning 58-60%i Singapur mamlakatidan keladigan mehmonlar tashrifiga to‘g‘ri keladi. Malayziya turizm bozorini 9.3-9.5%i Tailand mamlakatiga. 7-7.5%i Yaponiyaga. 7% dan oshig‘rog‘i Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Oxirga yillarda Xitoy Xalq respublikasi va Tayvan‘ mamlakatidan kelayotgan xorijiy turistlar soni jadal sur‘atlarda o‘sib bormoqda. Bundan tashqari Malayziya turizm bozoriga AQSH. Koreya. Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlari turistlarining qiziqishlari ortib bormoqda.
Malayziya mamlakatining iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli. mamlakat aholisi juda ko‘p chet el sayohatlariga chiqadilar. Sayohatchilarning katta qismi Singapur mamlakatiga to‘g‘ri keladi. yiliga savdo va ko‘ngil ochar sayohatlar uchun bu mamlakatga 9.5 mlnga yaqin Malayziya aholisi sayohatlar uyushtiradi. Bundan tashqari Tailand va Indoneziya turizm bozorlarini ta‘minlovchi asosiy mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
2000 yil Malayziya mamlakatiga 10.2 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurganligi kuzatilgan. 1999 yilga nisbatan 28.9% ga tashriflar soni ko‘paygan.
2002 yilda esa 13.3 mln. chet ellik xorijiy turistlar tashrif buyurgan. o‘sish sur‘atlari 2001 yilda. 2000 ilga nisbatan 25% ni. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan esa 4% ni tashkil qilgan.
Malayziya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 1.9%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qilingan tashriflarning 10.1%i Malayziya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 4% ga ko‘paygan.
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 1.43%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tushumlari bo‘yicha 7.2% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 6.4% ga o‘sganligi kuzatilgan (5.9.1-jadval).
2002 yilda har bir xorijiy tashrif 510 AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha o‘rtacha 720 AQSH dollarini tashkil etgan. Har bir xorijiy turistik tashriflar ko‘rsatgichi jahon bo‘yicha 24.% ga kam bo‘lgan. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha 29.2% ga past bo‘lgan.
Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 21 fevralda o‘rnatilgan. Mustaqil O‘zbekistonning Malayziya bilan iqtisodiy. madaniy va boshqa sohalardagi munosabatlari tobora mustahkamlanib bormoqda.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish