Tayvan‘ Xitoy Xalq Respublikasi viloyati ammo alohida davlat sifatida faoliyat yuritadi. Tayvan‘ o‘z atrofidagi bir qancha orollardan iborat. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustaqil taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. Hududi 36.180 kv. km.. aholisi 21.6 mln. kishiga yaqin. Poytaxti Taybey – 2.5 mln. ga yaqin aholi yashaydi. YaMM 257 mlrd. AQSH dollar atrofida. jon boshiga 12.1 AQSH dollarga to‘g‘ri keladi. Jahondagi bir qancha davlatlar bu mamlakatning tan olishiga qaramay to‘la mustaqillika ega emas.
XX asrning birinchi yarmida Xitoydagi siyosiy rivojlanish barqarorlikka yuz tutdi va natijada bu mamlakatda fuqarolar urushi kelib chiqadi. 1949 yilda bu urush kommunistlar g‘alabasi bilan tugaydi. Mag‘lub bo‘lgan Xitoy zodagonlari Tayvan‘da o‘z davlatlarini tuzishadi. Bu davlatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki. tez taraqqiyot sur‘atlariga ega va yangi industrial mamlakatlar guruhiga kiradi. Tashqi savdo aylanmasi 162.1 mlrd. AQSH dollarga teng. Kichik bir mamlakatning eksport qudrati nihoyatda yuqori bo‘lib. jahonda 13-o‘rinni egallagan. Valyuta zahiralari 80 mlrd. AQSH dollardan ortiq. iqtisodiy rivojlanishda besh yillik rejalardan foydalanadi. Temir yo‘llari uzunligi 4600 km. atrofida. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi esa 20.1 ming km. Asosiy dengiz portlari: Gaosyun. TSzilun. Xualyan‘. Asosiy savdo
sheriklari: AQSH. Yaponiya. Gonkong va XXR bilan ham bevosita savdo munosabatlarini olib boradi.
1997 yilda Tayvan‘ XXR si tarkibiga yirik portlar. savdo markazlari. moliyaviy va turistik markaz sifatida qayta qo‘shiladi. Unga Xitoy ichida o‘z kapitalistik tuzimini 50 yilgacha saqlab qolish huquqiga ega bo‘lgan avtonomiya beriladi. Xozirgi kunda xalqaro turizm Tayvan‘ (Syangan) avtonomiyasida chet el valyutasi tushumi manbai sifatida 3-o‘rinni egallaydi. Tayvan‘ga turistlar asosan SHou Tur. Teatr. madaniy xordiq. ot sporti hamda har yili o‘tkaziladigan turli xil festivallarda ishtirok etish uchun kelishadi. SHuningdek Syanganda
«Sun» imperatorligi davridan qolgan yodgorliklar saqlanib qolgan. Ularni ham ko‘plab turistlar ziyorat qiladilar. Tayvan‘ turizm bozorini: Yaponiya. Germaniya. Buyuk-Britaniya. AQSH. Tailand. Avstraliya. Koreya. Yangi Zelandiya mamlakatlari ta‘minlaydi. Tayvan‘ aholisi asosan: Singapur. Indoneziya. Xitoy. Tailand. Avstraliya. Filippin mamlakatlariga sayohatga chiqadilar.
Tayvan‘ mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi ko‘rsatishicha jahon turistik tashriflarining 0.38%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qilingan tashriflarning 2.1%i Tayvan‘ mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 4.2% ga ko‘paygan (5.6.1-jadval).
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.89%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tushumlari bo‘yicha 4.4% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 11.7% ga o‘sganligi kuzatilgan.
2002 yilda har bir xorijiy tashrif 1539 AQSH dollarni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha o‘rtacha 720 AQSH dollarni tashkil etgan. jahon bo‘yicha 675 AQSH dollarni tashkil qilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki. bu mamlakatning iqtisodiyoti rivojlanish tajribasini o‘rganish boshqa mamlakatlar uchun xususan o‘zbekiston uchun foydalidir.