Bir xonali kombinasion to’plovchi jamlagich
Kombinasion va to’plovchi jamlagichlarning afzalliklari kombinasion-to’plovchi jamlagichlarda mujassamlashadi. Bunday jamlagichda (8- rasm) ko’chirish qiymati kombinasion sxemada, tugal yig’indi esa sanoq kirish yo’liga bi va pi signallarning mod2 buyicha jamlash natijasi beriladigan triggerda shakllanadi (ai raqamning signali triggerga oldindan kiritilgan).
Ketma ket jamlog’ichlar Ko’p xonali ketma-ket jamlagich qo’shiluvchilarning ketma-ket kodini ular yigindisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko’p xonali sonlarni qo’shish kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar buyicha bajariladi. Qo’shish taktlarining soni qo’shiluvchilar xonalarining soniga teng bo’ladi. har bir i-taktda ri o’zgaruvchi sifatida oldingi taktda olingan ko’chirish qiymati ri+1 ishlatiladi. Ko’chirish qiymatlarini hosil qilish va ishlatish usullari bo’yicha ko’p xonali ketma-ket jamlagichlar ikki turga — ko’chirish qiymatlarini kechiktiruvchi va xotirlash jamlagichlariga bo’linadi.
Ko’chirish qiymatlarini kechiktiruvchi jamlagichlarda ri+1 signal jamlagichning ri kirish yo’liga kechiktirish vaqti k bo’lgan zanjir orkali beriladi. Kechiktirish vaqti k qo’yidagi munosabatdan aniqlanadi:
k =T- j
bu yerda T — qo’shiluvchilar kodlarining takrorlanish davri (bir taktning davomiyligi), j — bir xonali jamlagich hosil qilgan kechiktirish vaqti.
Rasm, a da kechiktirish vaqti maxsus element yordamida amalga oshirilgan ko’p xonali ketma-ket jamlagich sxemasi berilgan.
10-rasm, b da ko’chirish qiymatlarini xotirlovchi ko’p xonali ketma-ket jamlagichning sxemasi berilgan. Bu sxemada xotirlash vazifasini maxsus trigger elementi bajaradi.
Qo’shiluvchilarning tug’ri va teskari kodlari bir xonali kombinasion jamlagichning kirish yullariga hamda HAM1 va HAM2, mantiqiy sxemalar orkali triggerning alohida kirish yo’llariga beriladi.
HAM2 sxemaning chikish yo’lida = 1 signal bo’lsa, trigger nol holatiga o’tadi. Agar HAM1 sxemaning chiqish yo’lida aibi = 1 signal bo’lsa, trigger bir (1) holatiga o’tadi. HAM1 va HAM2 sxemalarning kirish yo’llariga taktlovchi signal V beriladi. Triggerning chiqish yo’llaridan ko’chirish qiymatlari signallari ri va olinadi hamda bir xonali kombinasion jamlagichning mos kirish yo’llariga beriladi, ya’ni ko’p xonali ikkili sonlarni qo’shish jarayonida (i-1)-kichik = xonadan i-katta xonaga ko’chish qiymati signalini uzatish amalga oshiriladi.
Ikkita n xonali sonni qo’shish uchun talab qilinadigan vaqt ko’yidagiga teng:
tc=nT
bu yerda T — taktlovchi signallar berilishi davri.
Ko’p xonali ketma-ket jamlagichlarning asosiy fazilati uskuna sonining kamligidir. Kamchiligi sifatida tezkorligining pastligini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |