Kombinasion jamlagich - kirish yo’llariga qo’shiluvchilarning kodlari bir vaqtda berilishi bilan chiqish yo’llarida yig’indi va keyingi (katta) ko’chirish qiymati signalini hosil qiluvchi mantiqiy qurilmadir. Qo’shiluvchilarning signallari biri olib tashlanishi bilan kombinasion jamlagichning chiqish yo’lidagi yig’indi qiymati yo’qoladi.