Bu kanonik formalar buyicha jamlagich sxemasini HAM, YoKI, EMAS elementlaridan foydalanib qo’rish mumkin (1 - rasm). Sxemaning kirish yo’llarida ai,bi, ri, signallari bilan bir qatorda ularning inversiyalari ai,bi, ri ishlatiladi. Agar qo’shiluvchilar raqamlar (ai va bi ) triggerli registrlardan olinsa, ularning inversiyalarini olish qiyin emas. Lekin chiqish yo’lidagi ko’chish qiymati signali keyingi xona uchun ri sifatida ishlatilishi sababli uning invers chiqish yo’li ham bo’lishi shart. Buning uchun sxemada EMAS elementidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |