Natijani ketma-ket tuplashni talab qiluvchi amallarni (masalan, ko’paytirish va bo’lishni) bajarishda qushishni tezlatish uchun ko’chirish qiymati signallarini xotirada saqlovchi jamlagichlar ishlatiladi. Bunday jamlagich¬lar ikkita registrdan iborat bo’lib, birida qo’shishning oraliq natijasi saqlansa, ikkinchisida ko’chirish qiymati saqlanadi. Navbatdagi qo’shish bajarilganda i- xonadan uzatiluvchi ko’-chirish qiymati signali yig’indining (i+1) -xonasiga qo’shilmay, ko’chirish qiymati registrining (i+1)-xonasida saqlanadi. Qo’shishning har bir yangi boskichida i-xonada uchta raqam qushiladi: yig’indi registridagi raqam, ko’chirish qiymati registridagi raqam va yangi ko’shiluvchining raqami. Shuning uchun bunday jamlagichda ko’chirish qiymati signali bitta xonadan nariga o’tmaydi. Oxirgi natijani olish uchun yig’indi registri va ko’chirish qiymati registridagi sonlarni oddiy ko’chirishli jamlagichda qo’shish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |