3… Lug'atda inson qiyofasini ifodalovchi leksemalarning sinonimiyasi:
Hozirgi o‘zbek tilida yozilgan hamda davrimizni tasvirlaydigan asarlarda o‘tmish lug‘aviy birliklarini ishlatmagan ma'qul. Bunday lug‘aviy birliklarning hatto poetik nutqda ishlatilishini ham oqlab bo‘lmaydi.
Eski leksemani boshqa tilga mansub leksemani ishlatishdan farqlash kerak. Ba'zan na hozirgi o‘zbek tilida va na o‘tmish o‘zbek tilida yo‘q leksemani ishlatish ham uchraydi. Bunday leksema o‘zbeklar uchun mutlaqo notanish bo‘ladi, chunki bular o‘zbek tili lug‘atidan emas, balki boshqa til lug‘atidan olib ishlatiladi. Masalan, zufof- leksemasi asli arabcha zifofun - nikoh to‘yi ma'nosidagi leksema - G‘afur G‘ulom, "Qor"; bu she'rning keyingi nashrida zufof oqshom o‘rniga to‘y oqshomi deb berilgan) arab tili lug‘atidan olib, tulup- so‘zi po‘stin : Oyoqda valenka, egnida tulup.. - G‘afur G‘ulom, "Qish") rus tili lug‘atidan olib ishlatilgan.
Arxaizmning paydo bo‘lish sababini izohlash ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Arxaizm asli leksik birlikning biror jihati eskirib, o‘z o‘rnini boshqa leksik birlikka bo‘shata borishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu jarayon turlituman sabablar bilan voqe bo‘ladi. Arxaizm umuman sinonimiyaga asoslanadi, shunga ko‘ra arxaizmning paydo bo‘lishini izohlashda sinonimik munosabatdagi leksik birliklarning holatiga, taraqqiyotiga suyanish lozim. Bunda asosan quyidagi sabablar ko‘rsatiladi:
Sinonimlar nutqda bir xil ishlatilmasligi tufayli ulardan ba'zilari arxaizmga aylanadi: avvallari ko‘p yoki boshqalari bilan teng ishlatilgan leksik birlik o‘z sinonimlar)iga qaraganda nutqda oz ishlatilib, arxaik tus oladi. Masalan, yordam-, ko‘mak- sinonimlaridan ko‘mak- leksemasi arxaizmga aylangan.
Polisemem leksemaning o‘z sinonimi bor sememasi, bir tomondan, shunday sinonimning mavjudligi ta'sirida, ikkinchi tomondan, shu polisemem leksemaning boshqa sememasi ta'sirida o‘z o‘rnini bo‘shata boradi. Natijada bunday sememaning ham, sinonimning ham tildagi mavqei o‘zgaradi. Masalan, boq- leksemasida tarbiyala- , parvarish qil- sememasi ustun bo‘la borishi bilan bu leksemaning ko‘z tashla- sememasi arxaizmga aylanmoqda ko‘z tashla- ma'nosi hozir asosan qara- leksemasi bilan anglatiladi).
Yuqoridagi holatlar arxaizmning paydo bo‘lishini chuqur izohlab bermaydi. Arxaizmning paydo bo‘lishidagi asl sabablarni aniqlash murakkab lingvistik tekshirishlar o‘tkazishni talab qiladi. Chunki arxaizmning yuzaga kelishi tilda sodir bo‘lib turadigan hodisa bilan – leksemalarga xos semantik taraqqiyot, siljish, o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bunday jarayonni, bir tomondan, til taraqqiyotining faqat hozirgi bosqichi bilan chegaralangan holda o‘rganib bo‘lmaydi; ikkinchidan, arxaizmga olib keladigan har bir jarayon har gal individual yondashishni talab qiladi.
Arxaizm tilda avvalo uslubiy vosita sifatida yashaydi va shunga ko‘ra arxaizmdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
nutqqa ko‘tarinki, nazokatli ruh berish uchun. Bunday vazifa bilan arxaizm asosan she'rlarda ishlatiladi. Shunday xususiyat ayniqsa G‘afur G‘ulom she'riyatiga xos:
Siz ko‘kning q o p q a s i n qoqqan soatda Quyosh ko‘z uqalab uyg‘anar edi.
"Ko‘k b o‘ s a g‘ a s i d a"); Har bitta shaftolu misoli kulgu,
Shafaqday nim pushti, s a r i n, beg‘ubor.
"Sog‘inish");
nutqqa hazil-mutoyiba, kinoya, masxara ruhini berish uchun. Arxaizmdan bunday foydalanish avvalgisiga nisbatan oz uchraydi. Masalan, quyidagi matnda arxaizm achchiq kinoya ifodalash maqsadi bilan ishlatilgan: Bular ketgandan keyin Said Jalolxon g‘ayratiga chidolmay sh a m sh i r sug‘urdi va havoda o‘ynatib, askarga f a r m o n b e r d i Abdulla Qahhor, "Bashorat").
Arxaizmning kinoya, masxaralash ruhini hosil etish uchun ishlatilgani matndan ochiq sezilmasa, uni ohang yordamida, yozuvda esa qo‘shtirnoqlar vositasida maxsus ifodalash zaruriyati tug‘iladi. Masalan, quyidagi matnda bunday leksema qo‘shtirnoqlarga olingan: Yag‘rin tashlab, jilmayib o‘tar ekan, Biz aminning "ehson"iga minnatdor G‘afur G‘ulom, "Ikki vasiqa").
O‘tmish voqeligini nomlash zaruriyati bilan hozirgi tilda ishlatilgan eski leksik birlik istorizm deyiladi yunoncha historia - tekshirish , tadqiqot ). Masalan, bo‘nak-, qarol-, quloq- leksemalarining G‘afur G‘ulomning "Ko‘kan" asarida ishlatilgani kabi.
Istorizm leksemalarda qisman frazemalarda) uchraydi. Leksik istorizm ko‘pincha istorizm-leksema bo‘ladi, istorizm-semema juda oz. Masalan, qozi-, to‘ra- Abdulla Qahhor, "Anor"), amin-, pristav- Abdulla Qahhor, "O‘g‘ri") kabilar – istorizm-leksema; kartochka- non olish taloni - G‘afur G‘ulom, "Yangi yil she'ri"), saroy- xon qasri - G‘afur G‘ulom, "Alisher") kabilar - istorizm-semema.
Istorizmdan anaxronizmni farqlash kerak. Anaxronizm yunoncha аnа - orqaga , chronos - vaqt ) – bir davrga xos voqelikni nomlaydigan leksik birlik bilan boshqa davr voqeligini nomlab yuborish hodisasi. Bunday xato ko‘pincha o‘tmish haqida yozilgan asarda uchraydi. Masalan, XV asr tasvirlanayotgan asardagi personaj nutqida o‘zbek- leksemasining ishlatilishi – anaxronizmga teng: Shu davrda o‘zbek va fors tillaridagi ash'orlari.. – Oybek, "Navoiy" Shu personaj nutqining davomida Oybek "Fors ash'orida "Foniy", turkiy ash'orda "Navoiy" taxallus qo‘llagan.." deb to‘g‘ri ishlatadi).
Bular orasidagi asosiy farqlar quyidagicha:
Arxaizm – mavjud voqelikning nomi. Istorizm – o‘tmish voqeligi- ning nomi.
Arxaizm – mavjud voqelikning boshqa bir, o‘zgacha nomi. Istorizm esa o‘tmish voqeligining nomi bo‘lib, hozirgi tilda uning o‘rnini bosa oladigan boshqa leksik birlik yo‘q.
Arxaizm tilning tasvirlanayotgan davri lug‘atiga xos bo‘ladi. Istorizm esa tilning tasvirlanayotgan davri lug‘atiga xos bo‘lmaydi, balki o‘tmish davr lug‘atiga xos birlikdan vaqtincha foydalanish voqe bo‘ladi.
Arxaizm o‘zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan yonma-yon yashaydi. Istorizm esa odatda o‘zi anglatadigan voqelikning yagona nomi bo‘ladi.
Arxaizm leksik birliklarning o‘zaro sinonimik munosabati bilan bog‘liq holda baholanadi. Istorizmda esa bu yo‘q.
Arxaizm bugungi kunda odatdagi deb qaraluvchi leksik birlikning uslubiy sinonimi bo‘ladi. Istorizmda bunday holat yo‘q.
Arxaizm sinonimiya bilan bog‘liq bo‘lgani sababli bir sinonimik uyaga mansub birliklarning qiyosiga asoslanadi, nutqda shu sinonimlardan eng o‘rinlisi tanlab ishlatiladi. Istorizm esa yakka bo‘lib, keragida shu leksik birlikning o‘ziga murojaat qilinaveradi.
Arxaizm, nominativ vazifadan, davrni gavdalantirish vazifasidan tashqari, uslubiy vosita bo‘lib ham xizmat qiladi. Bunday vazifa – arxaizmning lug‘at boyligida saqlanib turishiga asosiy sabablardan biri. Istorizm odatda uslubiy vosita bo‘lib kelmaydi.
Arxaizmning paydo bo‘lishi leksik birliklarning yangicha uslubiy munosabatga kirishuvi bilan bog‘liq; bunday munosabat natijasida lug‘at hech narsa yo‘qotmaydi: ayni bir voqelikni nomlovchi birliklardan ba'zisida eskilik bo‘yog‘i hosil bo‘ladi xolos. Istorizm esa lug‘atdan ma'lum bir leksik birlikning tushib qolishiga teng: voqelikning yo‘qolishi shu voqelikning nomi bo‘lgan leksik birlikni keraksiz qilib qo‘yadi.
Arxaizm har bir til uchun xususiy bo‘ladi. Istorizmda esa tillararo ma'lum umumiylik borligi ko‘zga tashlanadi.
Arxaizm – asosan tilning o‘z taraqqiyot qonunlari bilan izohlanuvchi hodisa; bunday izoh lingvistik omilga asoslanishi kerak. Istorizm esa birinchi galda jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy taraqqiyoti tarixiga ekstralingvistik omilga) ko‘ra izohlanadi; shu sababli istorizmning paydo bo‘lishini izohlash nisbatan oson.
Arxaizmning va istorizmning lug‘at boyligiga odatdagi leksik birlik sifatida qaytishi juda oz uchraydi. Shunda ham arxaizmning qaytishi bilan istorizimning qaytishi mohiyat jihatidan keskin farq qiladi: arxaizm eskilik bo‘yog‘ini yo‘qotadi-yu, odatdagi leksik birlikka aylanib ketadi, leksik ma'noda katta o‘zgarish sodir bo‘lmaydi; istorizmning qaytishida esa uning leksik ma'nosi tubdan o‘zgaradi, ma'no jihatidan yangilanadi, go‘yo yangi leksik birlikka aylanadi.
Xullas, davrni gavdalantirish vazifasini nazardan soqit qilsak, arxaizm bilan istorizm orasida umumiylik qolmaydi. Demak, neologizm bilan bir qatorga arxaizm-gina qo‘yilishi kerak, istorizm esa alohida hodisa sifatida ayrim baholanishi lozim.
Tilning avvalo ikki asosiy funksional vazifaviy) ko‘rinishi ta'kidlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |