parastlik- umumtil neologizmlaridagi, sho‘xshanlan- G‘afur G‘ulom, "Baxt tongotari"), kuzaytir- kuzga aylantir- - G‘afur G‘ulom, "Biz tinchlik istaymiz") individual nutq neologizmlaridagi kabi.
Mavjud leksemaga parallel ravishda yasash yo‘li bilan paydo bo‘ladi. Bu yo‘l bilan asosan individual nutq neologizmi hosil bo‘ladi: sezim- sezgi- leksemasiga nisbatan; G‘afur G‘ulom, "Qalblarning mojarosi"), shaklcha- shaklan- leksemasiga nisbatan), mazmuncha- mazmunan- leksemasiga nisbatan: .. shaklcha ko‘p sodda, mazmuncha salmoqdor qarorlar.. - G‘afur G‘ulom, "Hech qanday bir qo‘rg‘on bormikan...") hollaridagi kabi.
Leksemaning leksik ma'no taraqqiyoti yo‘li bilan paydo bo‘ladi. Masalan, bekat- leksemasining transport vositalarining to‘xtash joyi ma'nosi kabi. Bu leksema asli uzoq qatnov yo‘lidagi to‘xtab, dam olib, tunab o‘tiladigan joy ma'nosini anglatadi.
O‘zlashtirish orqali paydo bo‘ladi: detal- leksemasining tafsilot , mayda-chuyda ma'nosi kabi: Qiladigan ishlaringizning ba'zi detallari haqida mana bu kishi ma'lumot beradi. Detal- leksemasining qism ma'nosi hozir neologizmlikdan chiqqan.
Eskilik bo‘yog‘i bor til birligi arxaizm deyiladi yunoncha arshaios - qadimgi ). Leksemalardagi turiga leksik arxizm deyiladi. Leksik arxaizm o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki guruhni tashkil qiladi:
Leksema yaxlitligicha arxaizm bo‘ladi. Buni arxaizm-leksema deb nomlash mumkin: sas- G‘afur G‘ulom, "Avval o‘qi"), yit- G‘afur G‘ulom, "Biz tinchlik istaymiz"), zamla- G‘afur G‘ulom, "Ozarbayjonlik paxtakor qardoshlarga") kabi.
Leksema emas, balki uning sememalaridan biri arxaizm bo‘ladi. Buni arxaizm-semema deb nomlash mumkin: tik- ek- ma'nosida - G‘afur G‘ulom, "Terimchi qizlarga") kabi.
Leksik arxaizmning har ikki turi leksik ma'noga asoslanadi. Shunga ko‘ra arxaizmning bu turlarini "leksik arxaizm", "semantik arxaizm" deb nomlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Arxaizm-leksema monosemem leksemaning eskirishi natijasida, arxaizm-semema esa polisemem leksemaga xos sememalardan birining eskirishi natijasida yuzaga keladi.
Har ikki turdagi arxaizmning voqe bo‘lishi tilning o‘z taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liq arxaizmga aylanuvchi leksik ma'noni o‘z leksema yoki o‘zlashgan leksema anglatishidan qat'i nazar).
Arxaizm-sememaga nisbatan arxaizm-leksema ko‘p bo‘ladi.
Leksemaning sememaning) eski bo‘lishi boshqa-yu, eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lishi boshqa. Arxaizm hozirgi tilning lug‘atiga xos bo‘lib, boshqa lug‘aviy birliklardan eskilik bo‘yog‘i borligi bilan farqlanib turadi.
Hozir ishlatishdan umuman chiqib ketgan, til taraqqiyotining o‘tmish bosqichiga mansub bo‘lgan leksik birliklarni bugungi kun nuqtayi nazaridan arxaizm deb baholash mumkin emas. Bular o‘tmishning leksik birliklari bo‘lib, arxaizm yoki arxaizm emasligi til taraqqiyotining o‘sha bosqichiga ko‘ra belgilanadi. Masalan, ulus- xalq ), oqcha- pul ), qusur- kamchilik , nuqson ) kabi leksemalar, nuqta- leksemasining o‘rin, tomon ma'nosi, et- leksemasining go‘sht ma'nosi Bu ma'no ba'zi dialektlarda, shuningdek maqol va matallar tarkibida saqlangan) – o‘tmish lug‘atiga mansub birliklar. Bunday leksik birliklar o‘tmishda yaratilgan yoki o‘tmish tasvirlangan asarlarda ishlatiladi. Bular o‘sha davr koloritini hosil qilish uchun hozir yaratilgan asarlarga ham kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |