Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet169/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   227
Bog'liq
-.-

Ta'lim sifati
bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiq 
boshlang‘ich, umumiy, kasbiy va qo‘shimcha ta'lim tizimi tomonidan (turli 
yoshdagi, jinsdagi, jismoniy va ruhiy holatdagi) aholiga taqdim etilayotgan ta'lim 
xizmatlarining qamrovi va darajasini aks ettiruvchi majmuaviy tavsif. Sifatli ta'lim 
har bir shaxsga uning manfaatlariga muvofiq ta'limni davom ettirish imkoniyatini 
bermog‘i lozim . 
Ta'lim sifati
, – nafaqat tahsil oluvchilar bilimining davlat standartlariga 
mosligi, balki ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, 
shuningdek, har bir pedagog va rahbarning ta'lim xizmatlari sifatini ta'minlashdagi 
faoliyati hamdir. Shuningdek, zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifati 
erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining darajasini, ta'lim jarayonini tashkil etish 
va mazkur jarayon amalga oshadigan sharoitlarni aks ettiruvchi tavsiflar to‘plamida 
ifodalanadigan maqsad va natijalarning nisbati sifatida aniqlanadi. 
Mamlakatimizda ta'lim sifatini ta'minlashning huquqiy asoslari sifatida 
xizmat qilayotgan “Ta'lim to‘g‘pisida”gi Qonuni (7-modda), Kadrlap tayyoplash 
milliy dastupiga muvofiq pespublikada idopaviy bo‘ysunishi va mulkchilik 
shakllapidan qat'iy nazap ta'lim muassasalapining bapcha tuplapi uchun majbupiy 
bo‘lgan Davlat ta'lim standaptlapi (DTS) joriy qilinishi, standaptlashtipish 
ob'ektiga nisbatan me'yoplap va talablapning belgilanishi, “Standaptlashtipish 
to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanishi “Davlat 
ta'lim standaptlapi to‘g‘pisida”gi nizomda qayd etilgan, shuningdek, mazkur 
nizomda, DTS: 
-
kadplap 
tayyoplash 
sifati, 
ta'lim 
mazmuni, 
ta'lim 
oluvchilap 
tayyopgapligining zapup va yetapli dapajasi, bitipuvchilapga, o‘quv 
yuklamasining hajmiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;


260 
-
ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, ta'lim 
muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya qilishni jopiy etish;
-
kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta'lim, fan va ishlab 
chiqapishning samapali integpatsiyasini, milliy standaptlap talablapining 
xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi mazmunini, ta'lim va 
tapbiyaning o‘zapo bog‘liqligini, uzluksiz ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash 
kabi qator vazifalar belgilangan.
Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan 
asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum 
(Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab-quvvatlash va sifatni 
yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality 
Control) tushunchasini kiritdi. 
Bugungi kunga kelib TQCning bir nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, 
yevropa) “maktab”lari mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak, TQC asosini 
belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr yo‘q. 
Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi: 
1.
Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi. 
2.
Rahbarlikning roli. 
3.
Xodimlarni jalb etish. 
4.
Jarayonli yondashuv. 
5.
Boshqarishga tizimli yondashuv. 
6.
Muntazam takomillashtirish. 
7.
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. 
8.
Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat. 
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va 
jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan hukumat, firma va 
kompaniyalar rahbariyatining ulkan sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish 
milliy g‘oyaga aylandi.
Mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar ta'lim 
muassasalarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, sifatli ta'lim xizmatini 


261 
ko‘rsatishga rag‘batlantirishni kuchaytirish va natijada, ta'lim xizmatlari sifatini 
boshqarish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, boshqarishning strategik 
rejalashtirishga, sifat menejmenti tizimiga asoslangan yangi tamoyillarini 
shakllantirishni ko‘zda tutadi. 
Sifat – korxona va tashkilot, shu jumladan, ta'lim muassasalarining 
mavqyeini mustahkamlash maqsadida ichki va xalqaro bozorda mablag‘ 
sarflashning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani butun dunyoda sifatni 
ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. 
Ta'lim sifati ta'lim oluvchilar tomonidan faqatgina akademik bilimlarni 
o‘zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari 
bo‘yicha kompetensiyalarning shakllanganligi, bir umr o‘qib-o‘rganishga 
tayyorlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg‘unlanish 
darajasi bilan o‘lchanadi. 
«Ta'lim sifati – bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli 
ehtiyojlar, davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga muvofiqligi; ta'limning ierarxiya 
(yuqoridan quyiga) tamoyillari asosida tashkillashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega 
xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi».
31 
Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi 
(Total Quality Management – TQM) konsepsiyasi shakllandi.
Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi boshqaruvning tashkilot, uning 
xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab sifat sohasidagi 
uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha xodimlarning 
uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi. Tashkilotdagi menejment sifatini 
yaxshilashda birinchi rahbarning mas'uliyatini kengaytirish tamoyilini ilgari surgan 
va asoslagan A.Feygenbaum TQM tamoyillari ishlab chiqilishiga katta hissa 
qo‘shgan. 
31
Yuldashev M.A.
 
Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.-Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet. 


262 
Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam 
shaxsiy ishtiroki – ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat 
garovi hisoblanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish