242
REJA:
1.Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan
zamonaviy talablar
2.
Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar
3. Ta'limda tizimli yondashuv yo‘nalishi
Tayanch tushunchalar:
ta'lim sifati, zamonaviy talablar, ta'lim tizimini
boshqarish, ta'limda tizimli yondashuv,
boshqaruv, rejalashtirish, faoliyatni
tashkil etish, nazorat, tahlil, jarayon.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga
kelayotgan zamonaviy talablar
. Mamlakatimizda
Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining qabul qilinishi va uning asosida amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim
tizimidagi islohotlar rivojlanishning bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga
kelayotgan raqobat muhitida ustuvor ahamiyat kasb etib, ta'lim sifatini
takomillashtirish borasida yangi talablarni yuzaga keltirdi.
Ta'lim tizimining sifat darajasini oshirish ta'lim standartlari va o‘quv
dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda
yangilash bilan bir qatorda, ta'lim muassasalarida pedagogik
jarayonlarni tashkil
etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi
kunda ta'lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan
samarali foydalana oladigan, o‘z ishiga nisbatan talabchan, ta'lim muassasasi, oila
va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, chuqur bilimli hamda o‘zini-o‘zi
rivojlantiruvchi rahbar va pedagog kadrlarning faoliyat ko‘rsatishini talab
qilmoqda.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan
zamonaviy talablar sifatida: pedagogik jarayonlar ishtirokchilarida o‘zaro
munosabatlarni, sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini tahlil qilish va
muvofiqlashtirish; kompetensiyaviy diagnostika; ta'lim
sifati boshqaruvining
zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish; xalq ta'limi (rahbar, pedagog
va mutaxassis) xodimlarida malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, tahlil
qilish va ob'ektiv baholash; xalq ta'limi xodimlarining kasbiy kompetentligini
243
rivojlantirish; ta'lim sifati boshqaruvi tizimini shakllantirish va muntazam
takomillashtirib borish masalalarini keltirish mumkin.
Bu nafaqat ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi
muammolarni, balki xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish,
sifatni
ta'minlashning innovatsion usullarini amaliyotga tatbiq etish, bir so‘z bilan
aytganda, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ilgari surmoqda.
Uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar ta'lim jarayonlarini tashkil etish va
boshqarish
mexanizmlarini
takomillashtirishni,
ya'ni
ta'lim
sifati
va
samaradorligini oshirishning an'anaviy metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishlar va zamonaviy talablarga mos keladigan,
demokratik tamoyillarga
asoslangan ta'lim boshqaruvini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu nafaqat
boshqaruv muammolari, balki ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish va
ularni muvofiqlashtirish asosida, eng avvalo, ta'lim sifati boshqaruvini
takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini
aniqlash, kompetensiyaviy yondashuvlar
asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi.
Ta'lim o‘z tarkibiga turli tashkil etuvchilarni qamrab olgan murakkab
ijtimoiy tizim sifatida uni boshqarishga alohida yondashishni talab qiladi. Shu bilan
birga, ta'lim jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining bir qismi sifatida, jamiyat
boshqaruvining umumiy qoida va tamoyillarini ta'lim boshqaruvida ham qo‘llash
imkoniyatini rad etmaydi. Shuning uchun ham ta'lim
tizimini boshqarishga doir
tadqiqotlarda ijtimoiy sohalarni boshqarishni tahlil qilishda qo‘llaniladigan
metodologik yondashuvlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: