260
-
ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, ta'lim
muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya
qilishni jopiy etish;
-
kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta'lim, fan va ishlab
chiqapishning samapali integpatsiyasini, milliy standaptlap talablapining
xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi mazmunini, ta'lim va
tapbiyaning o‘zapo bog‘liqligini, uzluksiz ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash
kabi qator vazifalar belgilangan.
Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan
asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum
(Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab-quvvatlash va sifatni
yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality
Control) tushunchasini kiritdi.
Bugungi kunga kelib TQCning bir nechta asosiy (Yaponiya, Amerika,
yevropa) “maktab”lari mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak,
TQC asosini
belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr yo‘q.
Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi:
1.
Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi.
2.
Rahbarlikning roli.
3.
Xodimlarni jalb etish.
4.
Jarayonli yondashuv.
5.
Boshqarishga tizimli yondashuv.
6.
Muntazam takomillashtirish.
7.
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish.
8.
Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va
jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan hukumat, firma va
kompaniyalar rahbariyatining ulkan sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish
milliy g‘oyaga aylandi.
Mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar ta'lim
muassasalarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, sifatli ta'lim
xizmatini
261
ko‘rsatishga rag‘batlantirishni kuchaytirish va natijada, ta'lim xizmatlari sifatini
boshqarish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, boshqarishning strategik
rejalashtirishga, sifat menejmenti tizimiga asoslangan yangi tamoyillarini
shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Sifat –
korxona va tashkilot, shu jumladan, ta'lim muassasalarining
mavqyeini mustahkamlash maqsadida ichki va xalqaro bozorda mablag‘
sarflashning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani butun dunyoda sifatni
ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Ta'lim sifati ta'lim oluvchilar tomonidan faqatgina akademik bilimlarni
o‘zlashtirganlik
darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari
bo‘yicha kompetensiyalarning shakllanganligi, bir umr o‘qib-o‘rganishga
tayyorlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg‘unlanish
darajasi bilan o‘lchanadi.
«Ta'lim sifati – bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli
ehtiyojlar, davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga muvofiqligi; ta'limning ierarxiya
(yuqoridan quyiga) tamoyillari asosida tashkillashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega
xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi».
31
Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi
(Total Quality Management – TQM) konsepsiyasi shakllandi.
Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi boshqaruvning tashkilot, uning
xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab
sifat sohasidagi
uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha xodimlarning
uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi. Tashkilotdagi menejment sifatini
yaxshilashda birinchi rahbarning mas'uliyatini kengaytirish tamoyilini ilgari surgan
va asoslagan A.Feygenbaum TQM tamoyillari ishlab chiqilishiga katta hissa
qo‘shgan.
31
Yuldashev M.A.
Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.-Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.
262
Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam
shaxsiy ishtiroki – ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat
garovi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: