Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari
Boshqaruvning umumiy
qonuniyatlari
Boshqaruvning xususiy qonuniyatlari
Ustuvor samaradorlik va ongli
rejali boshqarish qonuniyati
Boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi
qonuniyati
Boshqaradigan
va
boshqariladigan
tizimlarning,
boshqarish ob’ekti va sub’ektining
o‘zaro munosabati qonuniyati
Boshqaruv
bosqichlari
sonining
maqbullashtirilishi
Boshqaruvda mehnat taqsimoti
va
kooperatsiya
jarayonlarini
kuchaytirish qonuniyati
Boshqaruv funksiyalarining jamlanishi
(boshqaruv xodimlari sonining ko‘payib
borishi) qonuniyati
Nazoratning keng tarqalishi qonuniyati
Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa,
xususiylari ayrim ta'lim muassasalariga nisbatan amal qiladi(1-jadval).
Boshqaruv qonuniyatlari ta'limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda
to‘liq hisobga olinadi. Ta'limni boshqarish tamoyillari, bu – boshqaruv tizimi,
253
tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi
qoidalardir. Boshqaruv tamoyillari ham qonuniyatlar singari umumiy va
xususiylarga bo‘linadi.
Ta'limni
boshqarishning
umumiy
tamoyillari:
aniq
maqsadga
yo‘naltirilganlik; ta'limni rejali boshqarish; rag‘batlantirish; pog‘onaviylik.
Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib,
boshqaruvning barcha sohalariga ta'sir ko‘rsatadi.
Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy
bog‘liqdir.
Ta'limni boshqarish funksiyalari, bu – ular boshqaradigan kichik tizim
boshqaruv ob'ektiga ta'sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turidir.
Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy funksiyalarga bo‘linadi.
Menejmentga tatbiqan rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish, nazorat
kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi.
Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib
chiqqan holda ta'lim sifati va ta'lim muassasasini boshqarishga metodologik
yondashuvlar vujudga keltiriladi.
Ta'limni boshqarish metodlari, bu – boshqaruv sub'ektining muayyan
maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir ko‘rsatish
metodlaridir.
Ta'limni boshqarish metodlari xilma-xil (boshqaruvning iqtisodiy metodlari,
tashkiliy-boshqaruv metodlari va boshqalar), ammo ularning xodimlarga (umuman
ta'lim muassasasi va alohida har bir xodimga) ta'siri motivatsiya vositasida qaror
topadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z tadqiqotlarimizda boshqaruvni
boshqaruv sub'ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchil faoliyat
sifatida qaraymiz.
Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga
ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va voz
kechish bilan tugaydi.
254
Ushbu o‘rinda boshqaruv siklini rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va
nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida
tushunamiz.
Rejalashtirish, bu – faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni bajarish
natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda
tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi
muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya'ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga
oshirilishi lozimligi belgilanadi.
Ijrochilarning birgalikdagi samarali faoliyati uchun kim va qanday ishlarni
bajarishi (funksional vazifalari, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim
bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash
(taqsimlash) kerak. Bunday vazifalarni amalga oshirish boshqaruvni tashkil qilish
deb ataladi.
Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi,
buning uchun esa bu haqda tegishli axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni
olish va faoliyat jarayoniga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat
qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur.
Nazorat boshqaruvning “ko‘zini ravshan” va o‘zgarishlarga nisbatan
ta'sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish
va rahbarlik qilishga yana qaytish, ya'ni teskari aloqa orqali amalga oshiriladi.
Natijada boshqaruv davri yopiq holga keladi.
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat hokimiyat munosa-batlarini
amalga oshirishi tufayli boshqaruv yoki boshqarish deb ataladi.
Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik, bu –
muayyan vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq harajatlar
o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi xususiyatdir.
Ta’lim sifati – bu ta’limni Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim
dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi
255
Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan
unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.
Ta'limni va ta'lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab
boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega –
xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, xalq ta'limini
boshqarishning umumiy turkumida alohida ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya
jarayonini boshqarish xususiy turkumni tashkil etadi.
Jumladan, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim jarayonini boshqarishning
umumiy tuzilmasi takribiga kiradi. Bunda sifatni boshqarish umumiy
boshqaruvning o‘z samaradorligini namoyish qilgan chiziqli tuzilmasini buzmaydi,
aksincha, sifatni boshqarishning joriy etilishi rahbar bilan xodimlar va jamoatchilik
vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish orqali ta'limning umumiy boshqaruvi
samaradorligi keskin oshishini ta'minlashi mumkin. Alohida usullar va faoliyatlar,
vositalar, jarayonlar va jarayonlar amalga oshirilishi ketma-ketligining batafsil
bayoni qayd etilgan tartib(reglament)lar ta'lim sifatini ta'minlashga asos bo‘lishi
bilan birga qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samarali ijrosini ham yuqori
darajada kafolatlaydi.
Agar tizimda yangi tarkibiy elementlar yuzaga kelsa yoki ilgari mavjud
bo‘lgan elementlar yo‘qolsa, shuningdek tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasida
yangi munosabatlar vujudga kelsa yoki mavjudlari yo‘qolib borsa, bu holatlar tizim
faoliyat ko‘rsatayotganidan darak beradi. Bunda ta'lim tizimida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar:
-
uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlar
tabaqalashuviga va boyishiga olib kelsa, u holda tizimning rivojlanayotgani haqida
gapiriladi;
-
uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning yo‘qolib
ketishiga va birlashishiga olib kelsa, u holda tizimning inqirozga uchrayotgani
haqida gapiriladi.
256
Agar ta'lim tizimining rivojlanishi uni ijobiy baholanadigan muayyan
idealga olib kelsa, u holda bunday rivojlanishni taraqqiyot deb baholash mumkin
bo‘ladi.
Ta'lim jarayonlari boshqaruvi muammolari yo‘nalishidagi tadqiqot-larni va
yuqorida keltirilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida olingan
natijalarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim jarayonlarini boshqarishda ixtiyoriy
yondashuvlarni ta'lim jarayoni sub'ekti va ob'ektining shunchaki o‘zaro ta'siri
shaklida amalga oshirish samara bermaydi.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar
muhim ahamiyat kasb etib, ular asosida boshqaruv faoliyatini ilmiy tarzda tashkil
etish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlash-tirish, ijtimoiy amaliyot va
ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning samaradorligini hamkorlikda
tahlil qilishni nazarda tutadi.
Demak, ta'lim samaradorligini ta'minlashda ta'lim jarayonini ilmiy asosda
tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya'ni ta'lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil
etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash kabi qator boshqa
vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa mazmun-mohiyatiga
ko‘ra boshqaruvni ifodalaydi.
Shunday ekan, boshqaruv ob'ekti sifatida ta'lim jarayonini tashkil etish,
boshqarish, sifat va samaradorligini ta'minlashda boshqaruv funksiyalari va
ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv
algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari,
rahbarlik uslublari va ularni qo‘llash kabi qator tushunchalarga ega bo‘lish zarur
hisoblanib, mazkur tushunchalarni menejment fani tadqiq etadi.
Demak, ta'lim jarayonlari ham boshqaruv ob'ekti bo‘lib, ta'lim sifati va
samaradorligini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, ya'ni ta'lim
sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ham boshqaruv
ob'ektlari hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va
257
ob'ektiv baholash jarayonlari ta'lim sifati boshqaruvini ifodalaydi deb aytish
mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim
sifatini boshqarish jarayonlarini ham boshqaruv ob'ekti sifatida asoslash va mazkur
yo‘nalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish ta'lim sifati va ta'lim sifati
menejmenti tushunchalarining mazmun-mohiyatini hamda mazkur yo‘nalishlar
bo‘yicha pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi yondashuvlarni o‘rganish va
tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |