Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   227
Bog'liq
-.-

Valeologiya
» lotincha so‘z bo‘lib, 
“aloe”-«salomatlik», «sog‘lom bo‘lish»
ma'nosini anglatadi. Bu atamani birinchi 
bo‘lib 
K.I.Brexman 
1987 yilda fanga kiritdi. Valeologiya fan va o‘quv predmeti 
sifatida keng e'tibor qozonmoqda. Bugungi kunda valeologiya darsliklari chop 
etilmoqda.
Darslik mualliflaridan biri 
V.N.Vayner
(2001) ning fikricha «Valeologiya» 
oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. 
Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil 
mashg‘ulotlariga ongli barqaror va pozitiv munosabatlarini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan 
bo‘lib 
salomatlikni 
yaxshilaydi, o‘quv 
jarayonlarining 
unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi.
 
 
 
 
 
 
 
 
9
 
www.google.ru
. 21.10.2015. 
10
 
www.google.ru
. 21.10.2015. 
Умумий педагогика 
Ёшлар педагогикаси 
Мактабгача таълим 
педагогикаси 
Катта ёшдагилар 
педагогикаси 
Махсус 
педагогика 
Педагогик фанлар 
тизими 
Методика 
Мактабгача таълим 
методикаси (услубияти) 
Умумтаълим методикаси 
Касб-хунар таълими 
методикаси 
Мактаб педагогикаси 


23 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-rasm. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari 
Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi guruhning 
uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan bo‘lsak, bularning 
uchalasi boshqa pedagogik fan tarmoqlariga asos bo‘lib, o‘zaro aloqadordir. 
Didaktika va umumiy pedagogikada ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar, 
qoidalar va maxsus tushunchalar maktab hamda maxsus pedagogika guruhlaridagi 


24 
pedagogik fan tarmoqlari, didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-
qoidalarni, ta'lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘zgartiradilar 
va o‘z sohasiga moslashtiradilar. 
Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga 
ta'sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o‘ziga 
xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta'sirini o‘rganadi. Shu bilan 
birga, pedagogika o‘quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina 
masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va 
jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi. 
«Pedagogika» fani tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy 
ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. Pedagogika (fan sifatida) 
falsafa fani zamirida rivojlandi. Har qanday fan yakka holda o‘zi mukammalikka 
erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan 
holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek pedagogika fani ham hozirgi 
kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi 
ma'lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi 
ma'lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning 
ijtimoiy kamolotiga xizmat kiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya
sotsiologiya, etika, estetika, biologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va 
boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir . 
Falsafa -
jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil 
etadigan, ya'ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy 
manbadir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan 
ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham 
barobar mavjuddir. 
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; 
dunyoqarashni, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; 
shaxs va jamoa munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda 
bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq 


25 
Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa 
pedagogikani ilmiy uslublar bilan boyitadi, ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv qonun-
qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi. 
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi sohasi bo‘yicha 
ma'lumot beradi. Bu fanlar o‘quvchining axloqi, odobi, xulqi me'yorlarini aniqlash, 
belgilash hamda nafosatli qilish uchun hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita 
rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir.
Etika 
falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. 
Ularni xal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi. 
Estetika
(nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish
madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu 
asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go‘zallikni xis qila olish, 
tushunishga o‘rganish vositalari va yo‘llarini belgilab beradi. 
Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, hal 
etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy xususiyati
uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta'kidlab turadi. Tarbiyaning hamma 
muammolarini boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda hal etish 
zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma'lumotli qilish, tarbiyalash 
maqsadida ularga tizimli ta'sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga 
asoslanadi. Ya'ni ta'sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, 
tasavvur, dikkat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga 
asoslanib, ta'sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniksa, yosh davrlari 
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda 
tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta'sir ko‘rsata oladi. Bunda 
psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish