Ma'lumot
- ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim,
hosil qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar
majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi
pedagogik jarayonda sodir bo‘ladi.
Pedagogik jarayon – pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, ma'lum bir
maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy
shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda “...tarbiyachining yo'naltiruvchi
va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy
ettirishidir”
7
Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga
muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta
yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turidir.
O‘z-o‘zini anglash – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun
jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish. Taniqli rejisser K. Stanislavskiyning: “
Teatr qaerdan boshlanadi? –Albatta, – kiyim ilish joylaridan boshlanadi”,-degan
iborasi mashhur bo‘lsa, pedagogikada - “pedagogik faoliyat – oiladan boshlanadi”,
deyish mumkin.
Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy
bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga
qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz ta'lim
tizimida, pedagogika fanining umumiy va metodologik asoslari va mazmunida
7
Tursunov I. I. , Nishonaliev U. N. Pedagogikai. - Toshkent: "O'qituvchi",2007.- 17-bet.
19
ta'lim-tarbiya
nazariyasida,
ta'limning
tashkiliy
shakllarida,
shaxsning
barakamollik darajasi hamda sifatlarini aniqlashda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim-
tarbiya jarayoniga tatbiq etishga yo‘l ochdi.
Bugun mamlakatimizda ko‘plab o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar
targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas,
balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka,
erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari
tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol
g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy
pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini
qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim
sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va
kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish,
ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. “Faqatgina
zamonaviy
asnoda
ta'lim-tarbiya
olgan,
jahonning
manaman
degan
mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy
jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi
bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi
8
”. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining milliy
ma'naviyatida insonparvarlik, bilimdonlik, axloqiylik, vatanparvarlik, ilmga
chanqoqlik, bunyodkorlikka, ijodkorlikka intilish fazilatlari yetakchi o‘rinda
turadi. Bugungi kunda respublikamiz yoshlari orasidan jahon olimpiada g‘oliblari,
“Nihol” mukofoti sovrindorlari, sport sohasidagi g‘oliblar, davlat va nomdor
stipendiatlarining yetishib chiqishi mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga e'tibor kuchli
ekanligidan dalolat beradi. Yosh avlodga ta'lim berayotgan o‘qituvchilar bugungi
kunda o‘zlari zamonaviy ta'lim-tarbiya sirlaridan voqif bo‘lishlari, innovatsion
texnologiyalarni egallagan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan oqilona
8
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir . - Toshkent:
Ozbekiston, NMIU, 2015. -255-bet
20
foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu jihatdan olganda,
pedagogika aynan shu dolzarb masalalarning yechimini topishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |