Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana19.12.2022
Hajmi4,52 Mb.
#891113
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.

Haniflar harakati. 
Hanif arabcha so‘z bo‘lib, chinakam e ’tiqod 
qiluvchi taqvodor ma’nosini bildiradi. Haniflar o‘sha davrda arab 
qabilalari o‘rtasida keng tarqalgan mushrikiylikka qarshi yakka 
xudolikni, oxiratni yaqinlashib qolganini targ‘ibot qilib chiqqanlar.
V-VI asrlarda arab qabilalari urug‘-qabilachilik tuzumi emirila 
boshlagan, ibtidoiy diniy tasaw urlar tanazzulga yuz tutgan edi. 
Qabilalar o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan intilishning g‘oyaviy 
in’iqosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalaming kurtaklari 
shakllana boshlagan. Yakka xudolik to‘g‘risidagi bunday diniy 
ta’limot islomdagina emas, balki u paydo bo‘lmasdan birmuncha vaqt 
ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ‘ib qilina boshlagan edi. 
Ammo haniflar harakati, ya’ni ulaming arablami yagona din atrofida 
birlashtirish g‘oyasini muvoffaqiyatli yakunlamagan.
Islomdan ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to‘g‘risida 
targ‘ibot yuritgan, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan shaxslar tarixiy 
manbalarda “haniflar”, ya’ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan 
ma’lum. Islomning paydo bo‘lishi arab qabilalari o ‘rtasidagi ijtimoiy- 
iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Islom monoteistik din sifatida, ya’ni yakka xudoga e ’tiqod 
qiluvchi ta’limotni yaratib, unga qadar bo'lgan arab qabilalaridagi 
ko‘p xudolikning barcha ko‘rinishlarini shirk deb atab, ulami 
taqiqlagan.
Islomda, shunday qilib, yagona Allohga, e’tiqod qilish bu diniy 
ta’limotning asosini tashkil etgan. Alloh - arabcha so‘z bo‘lib, 
o‘zbekchaga taijima qilsak, Tangri degan ma’nosini bildiradi. 
Forsiyda Xudo deyiladi. Alloh, Tangri, Xudo so‘zlariga odatda sifat
94


qo‘shilib, Alloh taolo, Xudo Taolo shaklida ham ishlatiladi. Taolo -
ulug‘, oliy degan ma'noni £inglatadi. Alloh taoloning Qur’onda va 
Hadislarda qayd etilgan ismlari 99 tadir. Bulardan tilimizda eng ko‘p 
qo‘llaniladigani: Rahim - juda rahimli; Rahmon - o‘ta mehriboni; 
Mo‘min - omon va omonlik beruvchi; Karim - karamli, sahovatli
kechirimli, Sattor, Akbar buyuk kabi sifatlarida qo‘shib aytiladi.
“H anif’ atamasi Ibrohim bilan bog‘langan holda tilga olingan 
o‘rinlarda ham, o‘zi alohida kelgan joylarda ham “Haqiqiy 
musulmon”, “astoydil e’tiqod qiluvchi” ma’nosida tushunilganligi 
ravshan. SHuning uchun bo‘lsa kerak, keyingi davr islom an’anasida 
bu atamani “musulmon” atamasi bilan bir m a’noda tushunish odat 
bo‘lib qolgan. Aslida islomda musulmon shaxsni anglatdi. 0 ‘tgan asr 
o‘rtalarida Qozonda bosilgan Qur’onning 3- surasi 89 - oyatga 
berilgan izohda “hanif hozirgi musulmonning o‘zidir”, - deyilgan.
“H anif’ atamasi faqat Qur’onga xos bo‘lmasdan, u islom din 
sifatida vujudga kelmasdan ancha ilgari ham yakka xudoga e’tiqod 
etishni targ‘ib qiluvchi shaxslaming nomi sifatida ma’lum bo'lgan. 
Yakka xudolilik qabilalari o‘rtasida ma’lum bo‘lgan. Bu qabilalaming 
nomi ham “banu xanif’ o ‘rtasida ham qandaydir mazmunan 
bog‘lanish bo‘lishi mumkin. Allohning cheksiz qudrati haqida Qur’oni 
karimning 55 - Ar -rahmon surasida o‘z ifodasini topgan, ya’ni “Ar- 
rahmon” Allohning go‘zal nomlaridan biri. Surada Alloh Taolo 
insoniyat va jinlarga bu dunyo va ohiratda ato etgan va etajak 
ne’matlaridan ba’zilarini eslatib, o‘ttiz bor: “Bas, Rabbingizning qaysi 
bir ne’matlarini inkor etasizlar?! - deb ularga xitob qilgan”.44
Arab qabilalarini yagona din atrofida birlashtirish va yakka 
xudolikka e ’tiqod qilishdan iborat bo‘lgan haniflar orzusi faqat 
Muhammad payg‘ambar davrida islom dinini vujudga kelishi va qaror 
topishi bilan amalga oshdi. Shuning uchun Muhammad ibn Abdulloh
- din da’vatchisi va davlat arbobidir.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish