таълимот.
Jon va ruhlaming o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik
tasawurlarning elementlari
hozirgi
barcha dinlarda saqlanib
qolmoqda. Masalan, dindorlar tasawurlarida o ig an kishilaming
arvohini yo‘qlash, ulami tirik odamlar singari hamma narsadan
xabardor, deb tushunish mavjud. Shu tufayli jon va ruhlarga atab
qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlar hamon uchrab
turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar
qo‘yish odatlari ham animizmning ko‘rinishidir. O'zbeklarda arvohlar
haqidagi tasawurlar, ulami eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq
yoqish, qabristonlarga borib Qur’on suralaridan o‘qish anamizmga
bo‘lgan e ’tiqodning shakllaridir.
Anemistik va totemistik e ’tiqod va ibodatlar ibtidoiy davr
jamoasining g'oyat murakkab va qiyinchiliklami engib yashashi
uchun kurashining ular ongidagi in’iqosidir. Ular illyuziyali -
fantastik qarashlarga asoslangan bo‘lib, ular real holat bilan bog‘lash
funksisini magik harakatlar o‘ziga xos holatda bajarishga harakat
qilgan.
Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga
g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta ’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-
harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, magiya moddiy manfaatlarga
erishish uchun g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir o ‘tkazish bilan bog‘liq
turli xil ibodatlar yig'indisidir.
Eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan magiya ming yillar
davomida rivojlanib kelayotgan harakatlar turidir. Magik harakatlar
bilan odatda, maxsus tayyorganlikka ega bo‘lgan koldunlar (folbunlar)
va insonlar shug‘ullanadilar. Ular o ‘zlarini ruhlarga murojaat qilib,
jamoaning iltimosini etkazish qobiliyatiga ega ekanliklariga astoydil
ishonadilar. Buning uchun ular muayyan magik harakatning turli
so‘zlar, ashula, raqslami dombra va kolokollami (qo‘ng‘irolar) ishga
solishdan kompleks ibodatini bajarish bilan amalga oshiradilar.
Bunday harakat natijasida shomon ekstaz (xushdan ketish) darajasiga
yetadi va uni kuzatuvchilarda kuchli ta’surot qoldiradi. Shu tariqa
odamlar oldida shomon yoki koldunlar ruhlar bilan aloqa qila olish
qobiliyati borligiga ishontiradi.
Sehrgarlik (magiya) harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular
turmushning har xil sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi,
davolash magiyai, ishlab chiqarish magiyasi, dushman engish
magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan.
77
Mehnat bilan bog‘liq, bo‘lgan magik harakatlar ibtidoiy odamlar
hayotila alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan
narsalami topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan
magik harakatlarni bajarganlar.
Ishlab
chiqarish
muvaffaqiyatiga
bag‘shlangan
sehrgarlik
harakatlari, ishlab chiqarish xarakteriga qarab, turli shakllarda va har
xil maqsadlarga o‘tkzilar edi. Bunday harakatlar ibtidoiy jamoa
a’zolaming umumiy manfaati yo‘lida qilinar edi.
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi
pastligi, kishilar hayotining urug‘ va qabila munosabatlari tor doirasi
bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk
shakllarida o‘z in’iqosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda,
yuzaki
tasawurlarga
asoslangan
sohta,
sehrgarlik
usullarini
qo‘llanishiga majbur etgan. Ojizlik, qadimgi odamlaming har doim
mo‘jizaga ishonish bilan hayoldagina maqsadga erishishga madad
bergan.
Ibtidoiy dinlardagi hayoliy in’iqos mahsuli bo‘lgan tog1, suv,
bo‘ron, quyosh, momaqaldiroq Xudosi kabi tasawurlar turli-tuman
bo‘lsa-da, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday
ajratish jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga o‘tilgandan
so‘ng yuz bera boshladi.
Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kuchlar
ham o‘zgarib, rivojlanib borgan. Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi va
boshqaruvchi kuchlar - kishilar ham tabaqalanishda davom etgan,
dunyoqarashlari kengaya borgan.
Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo
bo‘lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan
qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos xususiyati -
kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan
shomonlar qobiliyatga ishonishdir.
SHomonlarga,
shuningdek,
kelajakni oldin aytib berish, kasalni uzatish, o‘lganlarni oxiratga
kuzatish, tabiatda hahlagancha o‘zgartirishlar qilish kabi xususiyatlar
ham xosdir. 0 ‘tmishda shomonlaming ruh bilan aloqasi shomon
do'mbirasi yoki mo‘jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlami
bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan.
Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi hollarda uchrab turadi.
Fetishizm ibtidoiy jamoa tuzumi odamlarida diniy tasawurlar
kompleksmi yakunlovchi bosqichini tashkil etdi.
78
Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi “fetiko” - yasalgan tumor,
but, sanam degan so‘zlaJrdan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy
xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy
odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya,. tosh, daraht,
keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va
hokazolarda g ‘ayritabiiy kuchlar bor degan tasaw ur paydo bo‘lgan.
0 ‘zlari
vujudga keltirgan bunday kuehlarga o ‘zlari sig‘ina
boshtaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha
xalqlarda diniy tasaw urlar shaklianishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka
xudolik), dinlarida hozircha saqlanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda
krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana,
ko'ztikan, kalampirmunchoq, achchiq, qalampir, isiriq, chilonjiyda,
daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va boshqalar bilan
muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga
ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasaw ur paydo bo‘lgan.
Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan
g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda
ba’zi soddadil, mutaassiblaming turli tumor, ko‘zmunchoq va
hokazolaming taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is
chiqarishi shunday jismlami ilohiy lashtirish» e ’tiqoddagi eng
xarakterli ko'rinishidir.
3. «Avesto»dagi
Do'stlaringiz bilan baham: |