V-VII asrlarda Makkada arablaming quraysh qabilasi hukmron
bo'lib, bulaming yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida
ancha boyib ketgan;
pul muomalasi, sudho‘rlik rivojlangan,
shuningdek, qul savdosi va qullaming mehnatidan foydalanish ham
ancha kengaygan.
SHarqshunos olimlaming tadqiqotlari shundan dalolat beradiki,
qadimiy Yamanni istisno qilgan, Arabiston yarimorolida yashovchi
qablalar uchun V-VI asrlami iqtisodiy urug‘-qabilachilik tuzumi
emirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan
davr, deb tavsiflash mumkin va lozim. 0 ‘sha
davrda kuchli
imperiyalar bo‘lgan Vizantiya va Eron o‘rtasida Yamanni qo‘lga
kirtish va karvon yo‘llarida o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun kurash
davom etgan. Yaman sosoniylar hukmronligiga o ‘tgan davrlarda (572-
628 yilar) Eron ko‘rfazi orqali Hindistonga boradigan yel tez rivojlana
boshlagan va shu munosabat bilan Hijoz orqali o‘tgan karvon yo‘li
inqirozga uchragan. Bu hoi faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki
barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta’sir ko'tsatgan va
Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab
bo‘lgan. Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida
quraysh zodagonlari o‘rtasida sudho‘rlik avjga chiqqan; qullar,
kambag‘allami ezish kuchaygan Makka va Hijozning boshqa
shaharlarida mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarashiliklar
keskinlashgan.
Bir tomondan, qul egalari bilan qullar o ‘rtasida,
ikkinchi
tomondan,
qabila
zodagonlariga
nisbatan
oddiy
mehnatkashlaming noroziligi kuchaygan.
Qabilalaming yuqori
tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qo‘shni mamlakatlami bosib
olib katta boylik, o‘ljani qo‘lga kiritish va shu orqali hokimiyatni
mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutilish haqida tez-tez o‘ylay
boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish,
uchun barcha arab qabilalarini, ulaming iqtisodiy va harbiy
imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi.
Markaziy va SHarqiy Arabiston yarimoroli sahrolarida yashagan
arab badaviylari o‘rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo‘lgan
politeistik
majusiylik diniy tasawurlari hukmron edi.
V-VI asrlarda bu qabilalaming diniy e’tiqodlari totemizm,
fetishizm va animizm kabi diniy tasawurlaming qorishig‘idan iborat
edi. Ko‘p qabilalar alohida toshlarga e ’tiqod qilar, insonga yordam
beradigan ezgu ruhlar, yovuz va ayyor shaytonlar to‘g‘risidagi
92
tasawurlar keng tarqalgan edi. Har bir qabila o‘z xudosining
sanamiga sig‘inar, topinar edi. Bu xol dinshunoslikda ko‘p
xudolikning arablarga xos ko‘rinishi deb, tavsiflangan. Qur’onda
bunday e’tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari arab qabilalari
o‘rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi. Bu yoritgichlarga
topinish qadimiy Bobil (Vavilon)dan kelib chiqqan bo‘lib, bu e’tiqod
keyinchalik ko‘p halqlar o‘rtasida tarqalgan.43 Buning ta’siri ostida
o'rta asrlarda SHarq va G‘arb xalqlari o'rtasida
astrologiya degan
asosan diniy ta ’limot sistemasi - SHarq “ilmi nujiun” vujudga kelgan.
Ilmi nujumga asosan turk xalqining ham ilk davrlarida Oyxon,
Yulduzxon, Kunxon, Kuntug‘mish, Qyto'ldi, Oysuluv, Kunsuluv,
Kuntug‘di kabi ismlar qo‘yilgani va ula^ning ba’zilari hozirgacha etib
kelgani ma’lum. Kunchiqar -Sharq, Kunbotar -G 'arbni bildirgan.
Yoki yil davomida quyosh aylanadigan falak doiralarining har biri
turkiy nom bilan atalgan: Qo‘zi-Hamal, Ud-Savr, Erangiz-Javzo,
Quchiq-Saraton,
Arslon-Asad,
Bo‘ g‘ doyboshi-Sunbuma,
Ulg'u-
Mezon, Chayon-Aqrab, Yoy-Qavs, 0 ‘g‘loq-Jadi, Qo‘noq-Dalv, Baliq-
Hutdir. Demak, ilmi nujumga e ’tiqod qilishning qadimgi turkiy
xalqlar hayotida ham muayyan o'rin bo'lgan. Ilmi nujumga binoan
sayyoralar va yulduzlaming holatiga
qarab voqea va hodisalami
oldindan aytib berish mumkinligiga e’tiqod qilingan. Bu bilan
shug‘ullanuvchi astrolog (munajjim)lar saroylarda muhim mavqega
ega bo'lganlar. Ana shunday ma’budalardan uchtasining nomi al-
Uzza, al-Lot va Manot Qur’onda ham zihr etilgan. Makkaning o ‘z
atrofidagi arab qabilalariga ta’sirinig kuchayishi Ka’ba bilan bog‘liq
bo‘lgani yuqorida ta’qidlab o‘tildi. Miloddan aw al vujudga kelgan bu
qadimiy ibodathonada ko‘p qabila xudolarining sanamlari saqlanar
edi.
Milodgacha
arab
qabilalari
e’tiqod
qilgan
xudolardan
sakkiztasining nomi al-Lot, al-Uzza, Manot, Vadd, Suva’, Yag‘us,
Yag'uq, Nasr Qur’onda ham keltirilgan, sanab o'tilgan. Arabiston
yarimorolida yahudiy,
xristian, otashparast va sobiylar ham yashar
edilar. Iudaizm YAman arablari o ‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib,VI asr
boshlarida xim’yariylar podshohiligida u davlat dini deb e’tirof
etilgan. Iudaizmga e’tiqod qiluvchi arab qabilalari Markaziy va
43
Собийлар - 6оши,а динларга эъти^од килувчилар к,атори Н,уръонда ш лгаолинган; б у эл а г Цуйи
М есоп отам и яд а яшаган. М ан д а й л ар (баъзи харранлар) \ а м дейилган. У лар о см он ёритгичларига
си ^ н ган л ар .
G‘arbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham yashar edilar. Bu dinga
e ’tiqod qiladigan arablar - koptlar hali ham anchagina.
Xristianlik asosan yarimorolning shimoliy qismida - Suriya,
Falastin, Mesopotamiya hududida yashaydigan
arab qabilalaridan
ba’zilari o‘rtasida tarqalgan edi. Bu erlar ayrim davrlarda Vizantiya
tarkibiga kirgan yoki uning siyosiy tazyiqi ostida bo'lgan hududlar
edi. Arab qabilalari o‘rtasida ko‘pincha xristianlikning ayrim sektalari
tarqalgan
edi.
SHarqshunos
olimlarning
fikricha,
xristianlik
Arabistonga G ‘assoniylar va Laxmiylar davlatlari orqali kirib kelgan.
SHunday qilib, yahudiylik va xristianlik hamda ulaming ayrim
sektalari islom paydo bo‘lishi arafasida arab qabilalari orasida
muayyan darajada tarqalgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: