“Universal Mobile Systems” MCHJ saytida “Korporativ Internet-Yordamchi” tizimidan foydalanish qoidalari “Universal Mobile Systems” MCHJ (keyingi o'rinlarda – Kompaniya), Bosh direktor S.X. Aripov nomidan Kompaniya saytida ushbu “Korporativ Internet-Yordamchi” tizimidan foydalanish qoidalari (keyingi o'rinlarda - Qoidalar)ni chop etadi. Ushbu Qoidalarning bandlari avvalroq Kompaniya bilan Mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma (keyingi o'rinlarda - Shartnoma) tuzgan yuridik shaxslar (keyingi o'rinlarda - Foydalanuvchilar) uchun ommaviy oferta hisoblanadi:
1. Qo'llanilish sohasi Kompaniya ushbu Qoidalar bilan www.ums.uz rasmiy saytida Foydalanuvchiga o'zi o'rnatgan parol orqali “Korporativ Internet-Yordamchi” tizimidan (keyingi o'rinlarda - Tizim) foydalanish imkonini taqdim etadi. Bunda Foydalanuvchi o'z hisobvarag'i va Tizimda ko'rsatib o'tilgan xizmatlar to'plamini (keyingi o'rinlarda - Xizmatlar) mustaqil boshqarishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu Qoidalarning shartlarini qabul qiladi, o'z parolining maxfiyligi uchun javobgar sanaladi hamda Shartnoma doirasida shaxsiy hisobvarag'ida mavjud mablag'lar evaziga amaldagi Tarif rejasi shartlariga muvofiq, Tizim yordamida ko'rsatilgan Xizmatlar uchun to'lovni amalga oshiradi.
2. Ushbu Qoidalarning shartlarini qabul qilish 2.1. Yuridik shaxsning Kompaniya saytidagi Tizim Foydalanuvchisi sifatida ro'yxatdan o'tishi (keyingi o'rinlarda – Ro'yxatdan o'tish) ushbu Qoidalar shartlarning to'liq va so'zsiz qabul qilinganini anglatadi. Foydalanuvchi Kompaniya bilan bir qatorda ushbu Qoidalarning tomoniga aylanadi.
2.2. Foydalanuvchi o'zi o'rnatgan parol yordamida Tizimga muvaffaqiyatli kirgan vaqtdan boshlab, Tizimda ro'yxatdan o'tgan hisoblanadi. Foydalanuvchi, Kompaniya Tizimdan foydalanish holatini tegishli vaqtdan boshlab ushbu Qoidalar Shartlarining to'liq va so'zsiz qabul qilinishi sifatida baholashini, tushunadi va bunga rozilik bildiradi.
2.3. Foydalanuvchi Kompaniyaning bir tomonlama tartibda ushbu Qoidalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqini e'tirof etadi. Mazkur o'zgartirishlar Foydalanuvchining holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan bo'lsa, Kompaniya Internet tarmog'idagi rasmiy saytida (http://www.ums.uz) elektron shakldagi tegishli axborotni joylashtirish orqali Foydalanuvchini o'zgarishlar kuchga kirishidan kamida 10 (o'n) kun oldin xabardor qilishi kerak.