3. Parolning saqlanishi 3.1. Foydalanuvchi Tizimga kirish uchun o'zi o'rnatgan parolning saqlanishi hamda mazkur paroldan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlar uchun javobgar hisoblanadi. Foydalanuvchi o'zi o'rnatgan parolning maxfiyligiga rioya qilish majburiyatini oladi. KOMPANIYA XIZMATLARDAN UCHINCHI SHAXSLAR NOQONUNIY FOYDALANGANLIGI UCHUN JAVOBGAR HISOBLANMAYDI VA BUNING OQIBATIDA YETKAZILGAN ZARARLARNI QOPLAMAYDI.
3.2. Foydalanuvchi “Korporativ Internet-Yordamchi” tizimida ishlash chog'ida uchinchi shaxslarning shaxsiga doir ma'lumotlardan (ismlar, manzillar, telefonlar va h.k.) foydalanganligi uchun mustaqil ravishda javobgar hisoblanadi.
4. Tizim Xizmatlaridan foydalanish 4.1. Foydalanuvchi Xizmatlardan faqat ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi shart.
4.2. Foydalanuvchi o'z qurilmasini sozlashda uchinchi shaxslar uning manbalaridan noqonuniy tarzda foydalanishiga qarshilik qiladigan tegishli choralarni ko'rishi, shuningdek bunday foydalanish holatlari aniqlanganida tezkor munosabat bildirishi shart.
4.3. Foydalanuvchi Tizimga qilingan barcha murojaatlari hamda o'zining identifikatsiya qiluvchi ismi va parolini kiritish chog'ida Tizimga murojaat qilish orqali amalga oshirilgan hatti-harakatlari uchun to'liq javobgarlikni zimmasiga oladi.
4.4. Foydalanuvchi, salbiy balans hosil bo'lishi hamda shaxsiy hisobvaraq bo'yicha barcha xizmat ko'rsatuvchi ilovalar o'chib qolishining oldini olish maqsadida, xizmatlarni qo'shishdan avval shaxsiy hisobvarag'idagi mablag' qoldig'i va qo'shmoqchi bo'lgan xizmatlarining umumiy qiymatini taqqoslab ko'rishi kerak.
4.5. Tizim Foydalanuvchisining faoliyati Kompaniya uyali harakatdagi elektr aloqasining abonentlari hamda O'zbekiston Respublikasidagi boshqa operatorlar uyali harakatdagi elektr aloqasining abonentlari ishiga halaqit qilmasligi zarur.
4.6. Foydalanuvchi tomonidan abonentlarning shikoyatiga sabab bo'ladigan, ushbu Qoidalar shartlarining buzilganligini isbotlaydigan har qanday hatti-harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi hamda ushbu Qoidalar shartlarining buzilishi sifatida tan olinadi.
4.7. Foydalanuvchi Tizim Xizmatlaridan amaldagi qonunchilikka zid bo'lgan har qanday hatti-harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanmaslik majburiyatini oladi.
4.8. Foydalanuvchi ushbu Qoidalarda belgilangan majburiyatlarni buzganligi, shuningdek bunday qoida buzishlarning barcha oqibatlari (jumladan, Kompaniyaga yetkazilishi mumkin bo'lgan har qanday zararlar) uchun javobgar sanaladi.
4.9. Foydalanuvchi ushbu Qoidalarning shartlariga amal qilishi yoki Tizimdan foydalanishni darhol rad etishi shart.