Uning salomatligi



Download 1,47 Mb.
bet38/109
Sana19.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#869214
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
Bog'liq
Uning salomatligi

r asm. A tananing arteriya tomirlari yuza joylashgan qismlari;

В — pulsni sanash.
tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. Minimal bosim yurak qorinchasi kengaygan (diastola) vaqtda yuzaga kelganligi uchun diastolik bosim deb ham ataladi. Qon bosimi sfigmomanometr yoki tonometr asbobi yordamida yelka arteriyasida 0‘lchanadi.
Odatda, arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayislii gipotoniya deb ataladi, ya’ni maksimal bosim 125—130 mm dan ko‘tarilsa va minimal bosim 85 mm dan oshsa gipertoniya deb ataladi. Maksimal bosim 110 mm dan va minimal bosim 70 mm dan pasaysa gipotoniya deb ataladi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati nerv -gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Simpatik nerv yurak faoliyatini tezlashtiradi, parasimpatik nerv, aksincha, yurak faoliyatini sekinlashtiradi. Shunday qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo‘l bilan ham boshqariladi. Buyrakusti bezining miya qismida ishlab cliiqariladigan adrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o‘xshab, yurak ishini tezlashtiradi va arterial bosimni oshiradi. Gipofiz bezining orqa bo‘lagidan ishlanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi.

  1. Tomir urishi qanday paydo bo‘ladi?

  2. Qon bosimi qanday hosil bo‘ladi va qaysi asbob yordamida olchanadi?

  3. Odamning qanday holatlarida arterial bosim o‘zgaradi?

  4. Y
    49
    urak va qon tomirlar faoliyati qaysi nervlar orqali boshqariladi?


  1. — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov






Odam organizmi o‘zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob- havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligiga, uning melmat qobiliyatiga va ruhiy kayfiyatiga ta’siri qadimdan ma’lum. Ob- havoning noqulay o‘zgarishlari, ayniqsa, yurak va qon tomir kasal- liklari bilan og‘rigan odamlarga ko‘proq ta’sir etadi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining barcha bo‘shliqlaridagi bosim o‘rtasida farq paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda, ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurak­ning boshqa kasalliklari bilan og‘rigan odamlarda bosh og‘rig‘i, bo‘g‘inlarda, yurakda og‘riq seziladi. Arterial qon bosimi ko‘tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko‘tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilislii mumkin. Buning natijasida qo‘l-oyoqlar shol bo‘lib qolishi, odam gapirish qobi- liyatini yo‘qotishi mumkin.
Balandlikka ko‘tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam gavdasining ichki bo‘shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog‘larga chiqqanda odamlarda ,,tog‘ kasalligi“ deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to‘qimalarda to‘planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko‘payadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug‘lanishi orqali amalga oshadi.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari torayadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa, yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining ko‘p uchraydigan turlariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining icliki yuzasida yog‘ va tuz moddalari to‘planislii oqibatida tomirlar qattiqlasliib, mo‘rtlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimining ko‘tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanisliining buzilislii tufayli sodir bo‘ladi), miokard infarkti (qon aylanishi buzilislii tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilislii) kabilar kiradi. Bulardan tashqari, maktab yosliidagi bolalarda ko‘p uchraydigan angina, surunkali tonzillit (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi)

va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig‘lanish kasallik- lari tufayli odam yoshlik chog‘idanoq ish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan munta- zam shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir.
Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir sistemasiga zararli ta’siri. Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo) va spirtli ichimliklar iste’mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va organlariga, jumladan, yurak-qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko‘rsatib, ateroskleroz, gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og‘ir xastaliklar yuzaga kelisliiga sabab bo‘ladi. Tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shulardan nikotin, karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qo‘rg‘oshin, margimush kabilar yurak-qon tomir sistemasiga zaharli ta’sir ko‘rsatib, odamning sog‘lig‘ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi.

  1. Atmosfera bosimi va havo harorati o‘zgarishi yurak-qon tomir faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  2. Spirtli ichimliklar va chekish yurak-qon tomir sistemasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish