©
Yuqumli kasalliklar haqida nimalarni bilasiz?
Immunitet nima?
Tabiiy va sun’iy immunitet qanday hosil bo‘ladi?
Fanda immunitet haqidagi tushunchani kimlar asoslagan?
OITS haqida nimalarni bilasiz?
laboratoriya mashg‘uloti | Odam qonining shaklli elementlarini o‘rganish
Zarur asbob va jihozlar: mikroskop, odam qonidan tayyorlangan mikropreparatlar.
Ishni bajarish tartibi
0‘qituvchi qonning shaklli elementlari ifodalangan rasmlardan foydalanib qisqacha tushuncha beradi.
Mikroskop ish holatiga keltiriladi.
Odam qonidan tayyorlangan mikropreparat mikroskop ostiga joylashtiriladi.
0‘quvchilar mikroskop ostidagi mikropreparatni ko‘rib, undagi qonning shaklli elementlari, ya’ni eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsit- larni aniqlaydilar.
Mikroskopda ko‘rgan qonning shaklli elementlari rasmini daftarga chizib oladilar. Ularni jadvaldagi eritrotsit, leykotsit va trombotsitlar shakli hamda tuzilishi bilan taqqoslaydilar.
Sog‘ yuray desang ozoda bo‘I.
Sog'lom tan da — sog‘ aql.
0‘zbek xalq maqollari
Do'stlaringiz bilan baham: |