§. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi
Ovqat hazm qilish organlari lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da, o‘n ikki barmoq ichak, ingiclika va yo‘g‘on
i chaklar hamda me’daosti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan (41- rasm).
Lablar. Yuqori va pastki lablar mus- kullardan iborat bo‘lib, ular og‘izning kirish qismini hosil qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida tislilar, til va so‘lak bezlarining kanalchalari joylashgan.
rasm. Ovqat hazm qilish organlari:
1— tomoq-halqum; 2— quloqoldi so‘lak bezi; 3— qizilo‘ngach; 4— me’da; 5— o‘n ikki barmoq ichak; 6 — jigar va o‘t pufagi;
7— me’daosti bezi; 8 — ingichka ichak; 9— ko‘richak; 10 —ko‘richakning chuval- changsimon o‘simtasi; 11 — yo‘g‘on ichak;
— to‘g‘ri ichak.
42- rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i:
1
43- rasm. Katta oziq tishning tuzilishi:
1— emal qavati; 2— dentin qavati; 3 — segment qavati;
4 — qon tomirlari; 5 — nerv tolalari.
— yuqorigi jag‘ tishlar; 2— pastki jag‘ tishlar; 3— tomoqdagi bodom- simon bez; 4— til; 5— yumshoq tanglayning tilchasi; 6 —yumshoq tanglay; 7 — qattiq tanglay.
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo‘ladi: sut tislilari — 20 ta, doimiy tishlar — 32 ta. Sut tislilari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola olti yoshligidan to o‘n ikki yoshigacha sut tislilari tusliib, ulaming o‘miga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo‘lib, yuqori va pastki jag‘da 16 tadan, jag‘laming o‘ng va chap tomonida 8 tadan bo‘ladi. Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tislilardir. Doimiy tishlaming 28 tasi 12—14 yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag‘lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin cliiqadi (42- rasm).
Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), bo‘yni va ildizi. Tishning ko‘rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiya- tini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo yin qismi deb ataladi. Tishning Udiz qismi jag‘ suyaklariga birikkan bo‘ladi. Tishning ichki qismida bo‘shliq bo‘lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan (43- rasm). Zararlangan tish o‘z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o‘tib, yurak, buy- rak, jigar va miya kabi hayotiy muliim organlarda og‘ir kasallik- lami keltirib chiqarishi mumkin (44- rasm).
2 3 4
Do'stlaringiz bilan baham: |