Birinchi bosqich. Dizaynerlik sohasida vazifa berish tartiblari. Bu bosqichda vazifaning mazmuni va mohiyatini to'g'ri talqin etish, ya’ni bajarilishi rejalashtirilayotgan vazifani o'quvchi to'liq anglab yetishi lozim. Shuningdek, dizaynerlikning turli yo'nalishlariga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda vazifalar tafsilotlarini shakllantirish lozim bo'ladi. Bunda o'quvchilarning individual va gender xususiyatlari ham inobatga olinishi lozim.
Ikkinchi bosqich. Berilgan topshiriq yuzasidan kerakli ma'lumot to'plash hamda mavjud material (ma’lumot) ni anglash va ijodiy umumlashtirish. Zero, aynan anglash jarayoni dizaynerlik Ioyihasining psixologik asosini tashkil etadi. Anglanganlik darajasi esa didaktik imkoniyatlardan foydalanish samarasini belgilab beradi. Bu jarayonda to'garak rahbarining pedagogik mahorati, ya’ni uning vazifani o'quvchilarga tushunarli tarzda bayon eta olishi, to'g'ri yo'llanma berishi, o'quvchi faoliyatini metodik boshqarib borishi; o'quvchining berilgan topshiriqni bajarish borasidaga kuzatishlari natijasida shakllangan taassurotlari, to'plagan shaxsiy tajribasini dizayn Ioyihasini yaratish jarayoniga tatbiq etish malakalari, unga beriladigan qo'shimcha tavsiyalar muhim metodik ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi bosqich. To'plangan materiallar asosida Ioyihalashtiriladigan dizayn yechimini izlashga yo'naltirilgan ijodiy jarayon. Bunda o'quvchi bir necha eskizlar ishlash vositasida buyum dizaynining badiiy-konstruktiv yechimini ijodiy izlaydi. Eskiz variantlarini tengdoshlari, ustozlari bilan muhoka- ma qiladi, yakuniy xulosa chiarishga tayyorgarlik ko'radi.
To'rtinchi bosqichda esa homaki Ioyihalar asosida dizaynerlik yechimi originalda bajaradi. Bu original Iibos dizayni (imkoniyat va sharoit mavjud bo'lgan taqdirda Iibos natural tarzda tayyorlanadi), buyumning yakuniy eskizi, maketi, etiket- ka, nishon va boshqa grafik simvollarning tasvirlari ishlanadi, muhokama etiladi hamda Ioyiha himoya qilinadi. Demak, tajribaiar, manbalarning tahliliga asoslangan holda o'quvchilarning dizaynerlik qobiliyatlari rivojlantirishda ko'pbosqichli metodik ko'rsatmaga asoslangan ijodiy jarayon sodir bo'ladi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarida o'quvchilarning dizaynerlik tafakkurini shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan nazariy tahlillarimizning dastlabki natijalari quyidagi xulosalarga kelish imkonini berdi:
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi (tasviriy san’at, chizmachilik) darslarida o'quvchilarning dizaynerlik tafakkurini shakllantirish sohasida mustaqillik yillarida o'zbek
pedagogikasida ma’lum tadqiqotlar oshirilgan bo'lsada, ularda o'quvchilarning dizaynerlik tafakkurini shakllantirish bo'yicha maxsus monografik tadqiqot amalga oshirlmaganligiga ishonch hosil qildik.
Tadqiqotimizda zamonaviy metodologik manbalarni, tegishli davlat ta’lim siyosatiga doir qarorlarini, muammoning pedagogik amaliyotdagi (milliy va chet el) holatini tahlil qilish asosida tadqiqotimizning umumiy o'rta ta’lim muassasalari uchun dolzarbligi va talabga ega ekanligiga amin bo'ldik.
Muammoning metodologik-pedagogik, psixologik- pedagogik jihatlari aniqlandi hamda pedagogik asoslari ishlab chiqildi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarning dizayn ijodkorligini dars jarayoni hamda darsdan tashqari sharoitlarda shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari ko'rsatib berildi.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarning dizayn ijodkorligi orqali dizaynerlik tafakkurini shakllantirishning mohiyati, xususiyatlari, o'ziga xosliklari ko'rib chiqildi hamda ushbu tadqiqot mazmunida uning talqini, shuningdek, ijtimoiy, ijtimoiy-pedagogik ahamiyati ko'rsatib berildi.
Nazariy-pedagogik asoslar va asosiy qoidalar bilan bir qatorda muammoni hal qilishning nazariy-amaliy ko'rsatmalari ham ishlab chiqildi.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilar dizayn ijodkorligini shakllantirish va rivojlantirishning tarixiy, nazariy hamda amaliy holatlarini o'rganish, tahlil qilish, umumlashtirish orqali uning mezonlari, omillari, algoritmlari variantlari hamda ko'rsatkichlari ishlab chiqildi.
Shuningdek muammoni hal qilishning pedagogik tamoyillari, omillar, shartlar, rag'batlari belgilab berildi hamda muammoni to'g'ri hal qilish qonuniyatlari aniqlandi.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarida o'quvchilarning dizaynerlik tafakkurini shakllantirish bo'yicha bilim zahiralari oshirildi, ko'nikma hamda malakalari takomillashtirildi.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilar dizayn ijodkorligini rivojlantirish orqali dizaynerlik tafakkurini shakllantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi:
Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonlarini muvofiqlashtirish;
O'quvchilarning dizayn ijodkorligiga bo'lgan ishtiyoqini oshirib borish;
Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonlarida o'quvchilarning ilgarigi egallagan bilimlarini inobatga olish hamda o'quvchilarning tashabbus va majburiyatlarini qo'llab- quwatlash;
Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda ikki tomonlama fikr-mulohazalar almashuvini tashkil qilish;
Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonlarida o'qituvchi-o'quvchilar uchun o'quv jarayonini yengillashtirish hamda o'quv jarayonini baholab borish.
Shunday qilib, umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilar dizay ijodkorligi orqali dizaynerlik tafakkurinini shakllantirish faoliyati yaxlit va tizimli tashkil etilsagina samarali natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |