Umumiy yer bilimi


Quruqlik relyef shakllari



Download 1,06 Mb.
bet2/5
Sana16.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#493646
1   2   3   4   5
Bog'liq
22-вариант

2. Quruqlik relyef shakllari.
Relyef-Yer yuzasidagi kattaligi, shakli, kelib chiqishi, tarixi, yoshi
va rivojlanish bosqichlari turlicha bo'lgan shakllar yig'indisidir. Yer
yuzasidagi barcha relyef shakllari uzoq vaqt davom etgan ichki va
tashqi kuchlarning hosilalaridir.
Yer yuzasi relyefi katta va kichikligi, morfologik tuzilishiga qarab
quyidagi guruhlarga (turlarga) bo'linadi:
1. Planetar relyef turlari, bunga materiklar, okean tubi kiradi.
2. Megorelyef turlari - tog'lar tizimi, tekisliklar, okean botig‘i va
suv osti tizmalari kiradi.
3. Makrorelyef turlari - ayrim tog' va tog' oraliq botiqlari kiradi.
4. Mezorelyef turlari - vodiy, balandliklar kiradi.
5. Mikrorelyef turlari - kichik tepaliklar, karst voronkalari, barxanlar, jarlar va boshqalar karadi.
Yer yuzasi relyefi kelib chiqishi jihatidan endogen (tektonik, vulqonik) va ekzogen (erozion) turlarga boMinadi. Endogen yo'l bilan vujudga kelgan relyef shakllari-morfostrukturali tog‘ deb yuritiladi.
Tektonik yoM bilan vujudga kelgan togMar yana, burmali va burmali-palaxsali (uzulmali) togMarga bo'linadi. Tektonik burmalanishda
vujudga kelgan tog'lar davriga ko'ra baykal, koledon, gersin, kimmiriy, laramiy, alp bosqichlariga bo'linadi.
Baykal, koledon, gersin burmalanishida vujudga kelgan togMar qadimiy (keksa), mezazoy va alp burmalanishida vujudga kelgan tog'lar yosh
tizmalar hisoblanadi. Yosh hisoblangan toglar balandligi, yonbag'rining
tikligi, cho'qqilarining o'tkir, g'arrasimonligi, muz hosil qilgan relyef
shakllarining mavjudligi, daryo o'zanlarining tor va nishab bo'lib, tez,
shiddat bilan oqishligi jihatidan tog'lardan ajralib turadi.
Palaxsa (uzilma) tog'lar qadimiy qattiq tog' jinslaridan tashkil
topgan, elastiklik xususiyatini yo'qotgan mintaqalarda takroriy tektonik
jarayonlar sodir boMishi oqibatida burmalanmasdan ayrim-ayrim palaxsalarga ajraladi, ularning bir qismi ko'tarilib gorst hosil qilsa, ikkinchi
qismi cho'kib grabenlarga ajralanadi.
Relyefning shakllanishiga ta’sir etuvchi ekzogen omillarga: yer
usti va yer osti suvlarining ishi, shamolning ishi, gravitatsion omil, qor
va muzliklarning ishi; okean, dengiz, ko'l, suv to'lqinlari ta'sirida
vujudga kelgan relyef turi; insonning xo'jalik faoliyati bilan bogMiq shakllangan, o ‘zgargan relyef turlari; organizmlar ta ’sirida vujudga
kelgan relyef va boshqalar kirib, ularni bir nom bilan morfoskulptura
turi deb ataladi. Yer yuzasi quruqlik qismining eng katta relyef shakli
tekislik va tog‘lardan iborat boMib, togMar quruqlik umumiy maydonining 40 % ni, tekisliklar esa 60 %i ni egallaydi. Bu ko'rsatkich materik
va qit’alar bo'yicha bir xil emas. Osiyo hududlarining 43%, Afrikaning
86%, Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya
hududlarining 60-70 % ni tekisliklar tashkil etadi. Shunday qilib, materiklar ichida Afrika yer yuzasi nisbatan yassi boMib, togMar umumiy
maydonining faqat 14 % ni tashkil etadi.
Materiklar yuzasida tog‘lar va tekisliklar bir xil joylashmagan.
Ko'pchilik materiklar yuzasining chekka qismida baland togMar, ichki
qismlarida esa tekislik va past tekisliklar, platolar, balandliklar, yassi
togMar joylashgan. Yevrosiyo materigining janubida Alp, Karpat,
Kavkaz, Pomir, Himolay togMari, sharqiy chekkasida esa Chukotka,
Anadir togMari, o lrta qismida Rossiya, G ‘arbiy Sibir, Turon tekisliklari
joylashgan. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining chetki qismida Kordilera, And togMari, o ‘rta qismida esa La-Plata, Amozonka,
Missisipi pasttekisliklari joylashagan.
Quruqlikning asosiy relyef shakllari morfologik tuzi 1 ishiga ko‘ra
quyidagi turlarga bo'linadi:
- Botiqlar yoki depressiyalar;
- Pasttekisliklar;
- Qirlar va platolar (tekisliklar);
- Past toglar;
- O'rtacha baland toglar;


- Baland toglar;
Tog larva ularning turlari
T og‘ deb, Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland k o ‘tarilib
turgan qismlariga aytiladi. TogMarning asosiy qismlari quyidagilardan
iborat: yonbag'ir, tog‘ etagi, cho'qqi, tog1 qirrasi, dovonlar, tog‘
yoMaklari. Tog‘ni har tomondan o ‘rab turgan qiya yuzaga yonbag'ir
deb ataladi. YonbagMrni tekislikka og'ish qismiga tog‘ etagi deb ataladi. Ikkita qarama-qarshi yonbagMrlarning kesishgan joyi tog‘ qirasi
yoki tepasi (agar oMkir qirrali boMsa tog' cho'qqisi) deb ataladi. Bunga
Himolaydagi Jomalungma (8848 m), Kavkazdagi Elbrus (5642 m), Alp
togMaridagi Monblan (4807 m) tog‘ tepalari va cho'qqilari misoldir.
Tog' qirralarini pasaygan qismlar dovon deb ataladi. Masalan, Matchoh
dovoni, Beyk dovoni, Qamchiq dovoni va b. T og‘larning chuqur
o‘yilgan qismlari tog'yo'laklari deb ataladi.
TogMar joylanishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: togMi oMka, tog‘ massivi, tog‘ tuguni. TogMar
hosil boMishiga ko'ra burmali togMar, burmali-palaxsali togMar, vulqon
togMarga boMinadi.
TogUi o'kalar deb, Yer yuzasining 500 m dan baland juda katta
qismlariga aytiladi. TogMi oMkalarning balandligi qisqa masofada keskin
o‘zgaradi. TogMi oMkalar bir necha ming km ga cho‘zilib ketadi.Togli
oMkalarning relyef shakllari xilma-xil boMadi. Bular orasida eng
xarakterlisi tog‘ tizmalaridir. Tog' tizmasi yoki «tizma» atamasi tor va
keng m a’noda qoMlaniladi. Bir y o ‘nalishda cho‘zilgan, bir tog‘ni ham,
butun bir togMi oMkani ham tog‘ tizmasi deb aytiladi. Ko‘pincha Ural
togMi oMkasini Ural tizmasi, Katta Kavkazni esa Kavkaz tog‘ tizmasi deb
yuritiladi. Aslida esa Ural ham, Kavkaz ham haqiqiy m a’noda juda ko‘p
tog' tizmalariga boMinib ketgan. Masalan, Tyanshan tog‘ tizmasi
Shimoliy, G ’arbiy, Markaziy va Sharqiy Tyanshan kabi tizmalarga
ajraldi. Ularning har biri, masalan, G ‘arbiy Tyanshandan Talas Olatovi, undan Sandalash, Piskom, Ugom, Qorjantog' va h.k. kabi tog' tizmalari
ajraladi. Tog' tizmalari togMar zanjirini tashkil etadi. Tog' zanjiri - birbiri bilan bog'langan bo'lib, uzun. burmalanish zonasining yo'nalishi
bo'yicha juda katta masofaga cho'ziladi. Har bir tog' zanjiri boshqasi
bilan tog‘ vodiysi orqali ajralib turadi. Tog'li oMkalarda yassi tog'liklar
va togMi oMkalar ko'p uchraydi.
Yassi tog‘ deb, nisbatan bir xil yuzaga ega bo'lgan oMkan
hududlarga aytiladi. Yassi tog 41 iklar qadimgi tog'li o'lkalarning uzoq
denudatsiya jarayonida yassilanib qolgan qismlaridir. Yassi togMik
relyefi Afrika, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, Markaziy Osiyoda
katta-katta maydonlarni egallaydi.
Tog'liklar - tog' tizmalari va yasi togMiklarni o 'z ichiga olgan
juda katta togMi hududlardir. Masalan, Cherskiy, Eron, Tibet, Katta
havza togMiklari.
Tog‘ massivlari - togli oMkalarning alohida ajralib qolgan (tog‘
vodiylari bilan) qismi. Deyarli bir xil uzunlikka va kenglikka ega
(Monblan, Mo'g'uliston va h.k.).
Tog' tugimi deb, ikki va undan ortiq tizmalarining kesishgan
joyiga aytiladi. Masalan, Xontangri tog‘ tugunidan Tyanshan tog'
tizimiga kiruvchi togMar ajralib chiqqan yoki Matchoh tog' tugunidan
Oloy tog' tizmasiga kiruvchi Turkiston, Zarafshon. Hisor tog' tizmalari
ajralib chiqadi.
4.2.1. Tog‘ relyefining vertikal mintaqalanishi
Quruqlik yuzasidagi tog'lar asosan meridional va parallel holda
joylashagan. Yevrosiyodagi Alp, Kavkaz. Pomir, Tyanshan, Hindikush, Himolay, Oloy, Sayan va boshqa tog' tizmalari parallel holda
joylashagan bolsa, aksincha, Amerikadagi Kordilera va And tog'lari
meridional holda o'rnashgan. Quruqlik yuzasida togMar katta maydonni egallamaydi. Dunyo tabiiy xaritasidan maMumki, quruqlik yuzasining eng ko'p qismini (133 mln. km2) dengiz sathidan 2000 m
balandlikkacha bo'lgan hududlar (tekislik va past tekisliklar, qir yoki


platolar, yassi va past togMar) ishg4ol qiladi. Aksincha, balandligi 2000
m dan yuqori bo'lgan maydoni kam bo'lib, butun quruqlik maydonining 16 mln. k n r qismini egallaydi.
TogMar balandligiga ko'ra uch guruh (mintaq)ga bo'linadi: past
(1000 m gacha), o'rtacha balandikdagi (1000-2000 m) va baland (2000
m dan yuqori) tog'lar.
Quruqlik yuzasining dengiz sathidan 500-1000 in boMgan hududini past tog'lar deb ataladi va ular yer umumiy maydoning 5,3 % (27
mln. km 2) ni egallaydi. Past togMarning yon bag'irlari yotiq, yemirilgan, qiyaligi 5° dan 10° atrofida boladi, ch o ‘qqilari deyarlik yo'q,
baland qismi bilan pastlik qismining, ya’ni parchalangan qismining
chuqurligi 200-500 m. Lekin qattiq jinslardan tashkil topgan qismi
nisbatan qoyali. Bunday tur togMarga O'zbekistondagi Sulton Uvays,
T om ditog\ Q uljuqtog1, OvminzatogMar misol bo'ladi.
Mutloq balandliklari 1000-2000 m atrofida boMgan togMar o'rtacha balandlikdagi tog'lar deyilib, Yer shari umumiy maydonining
4,7% ni (24 mln. km2 ) tashkil etadi. Bu togMarning yonbagMrlari tikroq, qiyaligi 10°-25°. TogMar parchalangan boMib, chuqurliklari 500-
1000 m ga yetadi. Bunday togMarga Ural, Kapetdog‘, M ug‘ojar. Qrim
kabi ko'plab tog'lar misol bo'ladi. O'rtacha balandlikdagi togMarning
yonbagMrlari past togMarga nisbatan tikroq (10°-20°) boMib, qoyali va
qirrali cho‘qqilar ham uchrashi mumkin.
Mutloq balandligi 2000 m dan yuqori tog'lar baland tog'lar deyilib, Yer shari umumiy maydonining 3,2 % (16 mln. knr)ni tashkil
etadi. Baland togMarning yonbag'ri tik bo'lib, qiyaligi 25° ga yetadi.
C hokqqilari qoyali, qirrali, arrasimon bo'lib, qor chizig'idan balandda
turadi. Ularning yon bag‘rlarida tik (25°dan ortiq), chuqur daryo
vodiylari mavjud. Baland togMarga materiklardagi eng baland tog'lar -
Himolay, Hindikush, Pomir, Tyanshan, Oloy, Sayan, Alp, Karpat, And,
Kordilera, Kamchatka kabi togMar kiradi.
Baland togMarning yuqori qismlarida havo siyrak, Quyosh radiatsiyasi ham, tungi nur tarqatishi ham kuchli boMadi. Shu sababli bu
yerlarda harorat keskin o'zgarib turadi, unga bogMiq ravishda fizik
nurash ham juda kuchayadi. YonbagMrlarning tik ekanligi esa yemirilgan mahsulotlarni pastga juda tez tushib ketishiga irnkon beradi.
Uncha tik bo'lmagan yon bag'irlarni qurumlar, toshloqlar va tosh
oqimlari yoppasiga olrab oladi. Qoyalar, o'tkir cho'qqilar va tog'tepalari, silliqlangan tik yonbag'irlar, toshloqlarning ko‘pligi. doimiy qor
va muzlar-baland tog'lar relyefining xarakterli xususiyatlaridir.
Qor chizigdan pastdagi relyefning rivojlanishida oqar suv asosiy
va yetakchi rol o‘ynaydi. Tog ‘ daryolarining eroziya bazasi pastda bo'ladi, shuning uchun ham ularda chuqurlama eroziya rivojlanadi va
ular tik yonbag‘irli tor vodiylar hosil qiladi. Binobarin, tog' daryolarning shiddat bilan tez oqishi energiya zahirasini ko'p boMishiga
sabab boMadi. Tog4 vodiylarining shakli yonbagMrning yuzalama yuvilishining kuchi va tezligiga bogMiq. Quruq iqlimli va tik
devor hosil qiladigan tog1 jinslari tarqalgan joylarda yon bag‘ri tik tor
vodiylar va zovlar hosil boMadi. Agar yon bagMrlarni yomgMr yoki jilg'alar yuvib ketsa, yuqoriga tomon kengayuvchi daralar vujudga keladi. Ko'pincha daralar tagini daryolar to'liq egallagan bolib, tog1
daryolarining bo'ylama profili nihoyasiga yetmagan bo'ladi.
29-rasm. Tog‘ vodiylarining sxematik plani:
a-tangi, b-konzon, v-dara (Shubayev L.P. m a’lumoti bo'yicha)
Daryo eroziyasi natijasida togMarda katta va chuqur vodiylar,
vodiylarning yon bagMrlarida esa kichik jo‘yakchalar hosil bo'ladi.
Vodiylarning orasida tog‘ tizmalari, tog4 massivlari kabi ko4plab tog‘
relyefi shakllari saqlanib qolib, togMi o'lkalaming o'ziga xos relyefini
vujudga keltiradi.
O'rtacha balandlikdagi togMar mintaqasida firn va muz ishi,


muzlik relyef shakllari yo'q. Shuningdek, sovuqdan nurash u qadar
kuchli boMmaydi. Yon bagMrlarning qiyaligi kamayadi, vodiylar kengayadi, daryolar oqimi tezligining kamayishi taglama emas, balki yon
eroziyaning kuchayishiga sabab boMadi. Kimyoviy va organik nurashning roli ortadi.
O'rtacha baland togMarning relyefi baland togMarning relyefidan
ancha farq qiladi. 0 ‘rtacha baland togMarda yalang qoyali toshlar kam
uchraydi, yon bag'irlari yotiqroq, bukilgan joy lari yoysimon, tizmalar
tepasi esa gumbazsimon shaklda bo'ladi. Deyarli hamma joyida nurash
po'sti, tuproq va o ‘simlik qoplami mavjud.
Past tog‘lardagi relyef o ‘rtacha baland va baland tog' relyefidan
farq qilib. ko'proq tekislik relyefiga o'xshab ketadi. Daryolar sokin
oqadi, vodiylari kengayadi, tagi yassi bo'ladi, katta-katta terrasalar hosil qiladi. TogMarning mutloq balandligi ko'tarilima tektonik harakatlar
bilan denudatsiya jarayonlarining nisbatiga bogMiq.
Har bir tog'li o'lkada tog" tepa (cho'qqi)lari m a’lum balandlikka
ega (9-jadval)
9-jadval
B a’zi bir togMi o'lkalarda tog‘ tepa (cho‘qqi) larining balandligi
TogMi
o'Ikalar
O'rta chizigMning
geografik kengligi
(daraja his.)
Eng asosiy tog' tepalari
N om i Balandligi. m his.
Hi m o lay 30
Jomunglama 8848
Kanchenjanga 8585
Lxotsze 8545
Makalu 8470
Pomir 42
Ismoil Som oniv 7495
G'alaba 7439
1 bn Sino (2006 yildan
Shunday nomlanadi)
7134
Xontangri 6995
K avkaz 43
Elbrus 5633
D ixtov 5203
Shxara 5058
Kazbek 5047
G'arbiy Alp
togMari
46
M onblan 4807
M onte Roza 4634
Dom 4545
Veysxorn 4502
Oltoy 50
Beluxa 4506
M unx-Xavrhon 4362
Nayramdal (TabinBogdo-O la )
4356
Otgon Tangri 4031
Skandinaviya 65
G alxepping 2469
Glittertin 2452
K ebnekavse 2123
Sarekchokka 2090
T o g ‘ tepalarining o'rtacha balandligi Himolay togMarida 8400 m,
Tyanshanda 7200 m, Kavkazda 5200 m, Alp togMarida 4200 m,
Skandinaviya togMarida esa 2300 m.
Tog' tepalari, shuningdek, tizmalarining balandligi taxminan bir
xil boMishi ularning geologik tuzilishidan qat’iy nazar denudatsiyaga
bogMiq. Tog' massivi tektonik harakatlar natijasida qancha baland
koMarilsa, denudatsiya shuncha kuchli bo'ladi. T og‘ tepasi atrofdagi
togMarga nisbatan qancha baland boMsa, u shuncha kuchli yemirilib,
tez pasayib qoladi, pastroq joy lari esa sekinroq yemiriladi. Asta-sekin
geologik jihatdan qisqa vaqt davomida tog' tepalari balandligi tenglashadi. Bunda eng baland tog'lar togMi o'lkalarning yog'in kam,
denudatsiya sust ro‘y beradigan ichki qismidagi joylardagina qoladi.
Atmosfera namini to'sib qoladigan chekka tog'larda denudatsiya sathi
past bo'ladi.
Yer sharidagi togMarning joylashishiga e'tibor qaratadigan bo'lsak
(31-rasm), baland tog'lar tropik oMkalarda joylashib, balandligi 7000
m, 8000 m dan baland tog'lar esa faqat Osiyoda ekanligini ko'ramiz.
Bu bir jihatdan, yer po‘stining 0 ‘rta dengiz yer yoriqlari mintaqasida
juda kuchli ko'tarilganligi bilan, ikkinchi jihatdan quruq tropik iqlimda
nurash jarayoni u qadar shiddatli bo'lmasligiga bog'liq. Yog'ingarchilik ko'p boMgan iqlimli ekvatoial mintaqada nurash va denudatsiya jadal boradi, shu sababli bu yerdagi tog'lar tropik kengliklardagi togMarga qaraganda ancha past boMadi.
O'rtacha geografik kengliklarda joylashgan togMar yanada past, qutbiy
o'Ikalarga yaqinlashgan sari ularning o'rtacha va mutloq balandligi
sezilarli darajada pasaya boradi. Bunga asosiy sabab o'rtacha geografik
kengliklarda orogenik harakatlar u qadar shiddatli emasligi va yog'inlar
miqdorining ortishi hamda harorat amplitudasining katta ekanligidir.
Shimoliy yarim shaming 61-62° kengliklarida joylashgan tog'larda
denudatsiya jarayoni butun mo'tadil mintaqadagi kabi kuchli bo'lsa-da,
lekin tog'larning balandligi kamaymaydi, aksincha ortadi. Bu jarayon
Sharqiy Sibir va Kordilera tog'larida kuzatiladi. Bunga yer po'stining
61-62° sh.k. laridagi tektonik faollik sababdir.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish