Umumiy yer bilimi



Download 1,06 Mb.
bet1/5
Sana16.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#493646
  1   2   3   4   5
Bog'liq
22-вариант


UMUMIY YER BILIMI
fanidan topshiriqlar


22-Variant



  1. Topshiriq.

Quyidagi savollarga yozma javob bering.


1. Yerning o'z o ‘qi atrofida aylanishi.
Yer shari sayyora sif'atida bir vaqtning o'zida bir necha xil (o‘z
o ‘qi atrofida. Quyosh tizimi bilan birga galaktika atrofida) harakatlarni
amalga oshiradi. Lekin ular ichida Yer yuzasida sodir boMadiganbarcha tabiiy jarayonlar, xususan, geografik qobiqda boMadigan o‘zgarishlar eng avvalo Yerning o'z o ‘qi va Quyosh atrofida aylanishiga
bogMiq.
Yer o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqqa tomon soat strelkasiga
qarshi yoMialishda sekundiga 29,8 km tezlikda harakat qiladi. Yer bir
tekisda aylanadi. Yer o'z o ‘qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda bir
marta aylanib chiqadi va kecha-kunduz hosil boMadi. Hisoblashga
qulaylik tug'dirish uchun yaxlitlab bir kecha kunduz 24 soat deb qabul
qilingan.
Yer aylanishining burchak hisobidagi tezligi hamma kengliklar
uchun bir xildir. Nuqta bir soat davomida (360°:24 soat=15°) 15°
siljiydi, y a ’ni yoM bosadi. Sekundiga metr hisobidagi tezlik kengliklarga qarab o'zgaradi. Bu tezlik ekvatorda 464 metrga teng boMsa,
qutblar tomon kamayib boradi. Yer o'qining uchida joylashgan shimoliy va janubiy qutb sutkalik harakat jarayonida bir joyda harakatsiz
turadi.
Insonlar Yer sharida yashasalarda uning sutkalik harakatini sezmaydilar. Chunki, Yerdagi hamma narsa havo, suv, o ‘simlik va insonlar ham Yer bilan birga aylanadi. Lekin bizga go‘yoki osmon jismlari aylanayotgandek tuyuladi. Aslida esa osmon jismlari emas, balki
Yer Quyosh atrofida harakat qiladi. Natijada kecha va kunduz almashib
turadi, ya’ni Yerning Quyoshga qaragan tomonida kunduz, teskari
tomonida kechasi boMadi.
Yer sharining o ‘z o ‘qi atrofida aylanishining quyidagi isbotlari va
undan kelib chiqadigan geografik oqibatlari mavjud:
1. 1851 yili fransuz olimi Fuko Yer sharining o ‘z o'qi atrofida
aylanishini birinchi boMib tajribada isbotlagan. U Parij shahridagi eng
baland bino Panteoning gumbaziga ingichka sim osib, uchiga ogMr
metall shar bogMaydi. Uning tagiga doira yasab qum sepib, soMigra
mayatnikni (sharni) harakatga keltiradi. M a’lum vaqt oMgach u hosil
qilgan dastlabki chiziq bilan so‘ngi chiziq orasida burchak hosil
boMadi. Oqibatda mayatnik bir soatda 15°, 24 soatda esa 360° hosil
qiladi. Chunki Yer o ‘z o ‘qi atrofini 24 soatda bir marta aylanib chiqadi.
2. Yer geoid shakliga ega, y a ’ni qutblari siqiq ekvator atrofi
qavarib chiqqan. Bu Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli hosil
bo'ladigan markazdan qochirma kuch natijasidir. Chunki ekvator
ustida markazdan qochirma kuch katta, qutblarga tomon esa kamayib,
qutblarda nol (0)ga teng bo'ladi.
763. Yuqoridan tashlangan jism yer yuziga tekkuncha sharq tomonga
bir oz og'adi: 158 m balandlikdan tashlangan narsa yer yuziga
tushguncha 27,5 mm sharqqa tomon buriladi. Buning sababi Yerning
g‘arbdan sharqqa qarab aylanishidir.
4. Yerning o 'z o'qi atrofida sutkalik aylanishi natijasida gorizontal
harakat qiladigan hamma jismlar shimoliy yarim sharda o'ngga,
janubiy yarim sharda chapga buriladi. Yer aylanishining buruvchi
kuchi (Koriolis) havo massalarini, dengiz oqimlarini, daryolarni yo'nalishiga ta’sir etadi
5. Agar Yer o ‘z o'qi atrofida harakat qilmaganda edi, Quyoshga
qaragan tomon qizib ketgan, teskari tomon esa sovib qolgan bo'lar edi.
Oqibatda tirik organizmlarning yashashi uchun mutlaqo noqulay tabiiy
sharoit vujudga kelar edi.
6. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi hamda Oyning tortishish
kuchi natijasida bir kecha-kunduzda okeanlar ikki marta ko'tariladi va
ikki marta pasayadi.
7. Yerning o ‘z o'qi atrofida aylanishi oqibatida uning shimoliy va
janubiy qismida ikkita o‘zgarmas nuqta-qutblar vujudga keladi. Bu hoi
sharda meridianlar, parallellar va ekvatorni o'tkazishga imkon beradi.
0‘sha ikki qutbni birlashtiruvchi yarim aylana chiziqlar - geografik


meridianlar deb yuritiladi. Meridian tekisligi gorizont tekisligiga tik
bo'ladi. Bu ikkala tekislik kesishgan chiziq tush chizig'i deyiladi. Yer
sharidagi ikki qutbdan teng masofada turadigan doira o'tkaziladi va bu
doira ekvator deyiladi. Bu chiziq (ekvator) Yer sharini ikki yarim
sharga shimoliy va janubiy yarim sharlarga ajratib turadi. Ekvatordan
har ikki tomonda unga parallel holda o'tkazilgan doira chiziqqa
parallellar deb yuritiladi. Parallel chiziqlar uzunligi ekvatordan qutblarga tomon kichrayib boradi. Meridianlar geografik uzunlikni, parallellar esa geografik kenglikni bildiradi. Bosh meridiandan berilgan
nuqtagacha bo'lgan parallel yoyining daraja hisobidagi masofasi
geografik uzunlik deb ataladi. Ekvatordan berilgan nuqtagacha bo'lgan
meridian yoyining uzunligi geografik kenglik deb ataladi (15-rasm).
Geografik kenglik va geografik uzunlikning kesishishidan daraja to'ri
hosil bo'ladi.
8. Yerning o 'z o'qi atrofida aylanishi tufayli vaqt birligi kecha va
kunduz vujudga keladi. Bunda Yerning Quyoshga qaragan tomoni
kunduz, teskari tomoni kechasi bo'ladi 9. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli turli meridianlarda
sutka vaqtlari har xil bo‘ladi. Lekin bir meridianning boshidan oxirigacha hamma joyida vaqt bir xildir. Chunki Yer shari 24 soat vaqt
ichida o 'z o'qi atrofida bir marta aylanib chiqishida 360° ni hosil qiladi.
Binobarin har 15° geografik uzunlik bir soatga (360°:24=15°), 1°
geografik uzunlik esa 4 minutga (60:15=4 minut) teng.
Yer sharida Xalqaro kelishuvga ko'ra, mintaqa vaqti qabul qilingan. Bunga ko'ra vaqt soat mintaqalariga muvofiq hisoblanadi va Yer
shari 24 soat mintaqasiga bo'lingan. Har bir mintaqa 15° uzunlikka
teng. Boshlang‘ich meridian o 'z ichiga (0° li meridian chizig'i London
shahridagi Grinvich observatoriyasi ustidan o'tgan) sharqiy uzunlikdan
7,5° va g'arbiy uzunlikdan 7,5°ni oladi. Boshlang'ich mintaqadan - 7,5°
bilan 22,5° sharqiy uzunliklar o'rtasida ikkinchi mintaqa joylashgan va
h.k. O'zbekistan, xususan Toshkent 5-mintaqasida joylashgan.
Xalqaro kelishuvga ko‘ra 12 soat mintaqasi sutkaning boshlanishi
deb (bu mintaqa Yer sharining o ‘rtasidan, y a ’ni 180° sharqiy uzunlikdan o'tgan) qabul qilingan.
10. Yerning o 'z o'qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birl igi bo'lgan
sutkani hosil qiladi.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish