3. Materiklarni joylashishi va vujudga kelishi
Agar siz globus yoki yarim sharlar kartasiga nazar tashlasangiz,
materiklar shimoldan janubga qarab cho‘zilgan hamda kenglik bo'yicha ikki qator boMib joylashgan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikadan iborat shimoliy qator va Janubiy Amerika, Afrika hamda
Avstraliyani o ‘z ichiga olgan janubiy qator. Shimoliy qatorda joylashgan materiklarning relyef shakllari murakkab boMib, baland tog‘
tizmalar joylashgan, aksincha, janubiy qatorda materiklarning relyef
shakllari nisbatan pastroq. Shimoliy qatorda joylashgan materiklar
tropik kengliklardan boshlanib, o ‘rtacha kengliklardan o ‘tib qutb
kengliklarigacha boradi. Janubiy qatordagi materiklar esa ekvatorning
har ikki tomonida joylashib, subtropik mintaqasi doirasidan nariga
(Antarktida bundan mustasno) o ‘tmaydi. Materiklar va okeanlar birbiriga qarama-qarshi(antipad) joylashgan: Shimoliy Amerikaning
qarama-qarshi tomonida Hind okeani, Yevrosiyo bilan, Afrikaning
qarshisida Tinch okeani joylashgan.
Materiklar shimoldan janubga cho'zinchoq boMib, shu y o ‘nalishda
torayib boradi. Aksincha, shimol tomonga kengayib Shimoliy Muz
okeanini o krab oladi. Antarktidadan tashqari barcha materiklar juft-juft
boMib joylashgan. Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika, Yevropa
bilan Afrika, Osiyo bilan Avstraliya. Har bir juft materikni Yer po'stini
singan» (cho'kkan) mintaqasi ajratib turadi. Bu mintaqa o'tgan joylar
faol seysmik rayonlar jumlasiga kiradi.
Materiklarning joylashish tartibi fanda aniq va yetarli dalillar bilan
to'liq isbotlanmasada. ko'pchilik olimlar ularni joylashishini materiklarning vujudga kelishi bilan bog'laydilar.
Materiklarning vujudga kelishi (paydo bo'lishi) haqida bir qator
g'oyalar (gepotezalar) mavjud. Ularning eng muhimlari qisilish
g'oyasi, Vegener g'oyasi va plitalar tektonikasi g'oyasidir.
Materiklarni vujudga kelishidagi qisilish g'oyasiga ko'ra, Yer
sharining ichki qismi sovigan sari qisilib boradi. Natijada yadro bilan
Yer po'sti orasida bo'shliqlar paydo bo'ladi. Yer po'sti og'irlik
kuchiga binoan cho‘kadi. Cho'kkan joylarga suv to"Iib okeanlar paydo
bo'lgan, ko'tarilib qolgan joylarda materiklar vujudga kelgan.
XX asrning boshlarida nemis geografi Alfred Vegener va
amerikalik olim F.V.Teylor bir-biridan behabar holda materiklar dreyfi
g'oyasini ilgari suradi. Nemis geofizigi A.Vegener gepotezasi
materiklarning siljishi yoki surilishi gepotezasi deb ataladi. Vegener
gepotezasiga ko'ra Yer po'stining ustki qismi silikat va allyuminiy kabi
yengil jinslardan iborat Sial (sial) qavt qoplab olgan. Uning ostki qismi
esa og'irroq silikat magniy Sima (sima) qatlamidan iborat. Yer
po'stining bir muncha yengil Sial qavati og'irroq Sima qavati ustida
«suzib» (siljib) yurgan. Dastlabki davrlarda butun yer sharining Sial
qatlami ustki qismida yoppasiga suv bilan qoplangan edi. Uning
o'rtacha chuqurligi 2600 m bo'lgan. Bu davrda Yer sharida quruqlik
bo'lmagan.
Yer sharini g'arbdan sharqqa qarab aylanishi oqibatida yengil sial
qatlam g'orizontal ravishda asta-sekin sima qatlami ustida «sirg'ana»
boshlagan. Markazdan qochish kuchi ta'sirida yer po'sti yoriqlari
kengaya borgan natijada ba'zi yerlarda (hozirgi Tinch okeani o'rnida)
sima qatlami ochilib qolgan va okean yanada chuqurlashgan. Aksincha,
Yer po'stining sial qatlamida yerning burmalanishi takrorlanavergan va
bundan 250 mln. yil burun hozirgi Eski Dunyo o'rnida yaxlit Pangeya
degan super quruqlik vujudga kelgan. Keyinchalik karbon davridadan
(180 mln.yildan keyin) to to'rtlamchi davrgacha (2.5 mln. yil avval)
quruqlik ikkiga ajralib. Shimoliy qismida Lavraziya, janubiy qismida
Gondvana materiklari ajralib chiqqan.
Pangeya quruqligi bundan 180 mln. yil ilgari ikkita materikka -
Lavraziya va Gondvana deb atalgan superkontinentga bolingan.
So'ngra Lavraziyani siljishi natijasida Shimoliy Amerika, Grenlandiya,
Yevrosiyo ajralib chiqqan. Gondvana materigidan esa Janubiy Amerika, Afrika, Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib
chiqqan. Materiklarning siljishi davom etib, natijada yaxlit suv havzalari materiklar orqali alohida okeanlar sifatida shakllanib, hozirgi qiyofasiga kelgan.
Materiklar dreyfi gipotezasi
Materiklarning siljishi hozir ham davom etmoqda. Chunki Grenlandiya har yili Yevropadan 20 sm, Arabiston yarimoroli Afrikadan 3
sm uzoq 1 ashib bormoqda.
Amerikalik olimlar materiklarni bir-biriga tutashib, jipslashganligini elektron hisoblash mashinasida tekshirib ko‘rdilar. Olingan
m a’lumotlarga ko‘ra materiklar umumiy qirg‘oq chizig4ining 93% birbiriga to‘g‘ri kelib, jipslashgan.
Hozirgi kunda A.Vegener nazariyasini yanada takomillashtirish
negizida materiklarning paydo boMishi haqida yangi g ‘oya «plitalar
tektonikasi» yoki «Litosfera plitalarining tektonikasi» yaratildi. Bu
g ‘oyaga ko‘ra litosfera bir necha plitalardan (palaxsalardan) -
Yevrosiyo, Afrika, Hind-Avstraliya, Amerika (shimoliy, janubiy),
Tinch okeani, Antarktida kabi plitalardan iborat boMib, ular vulqonlar
va zilzilalar boMib turadigan mintaqa hisoblangan yoriqlar orqali bir
aksincha, subduktsiya zonasida Yer po'sti astenosferaga siljib cho'kib so‘ngra erib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |